Jumaev Buron Ulug‘murotovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda gastronomik turizmning shakllanishi va holati (1991–2024 yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi va 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar906
Ilmiy rahbar: Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zRFA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha  Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori, professor; Juraeva Sanobar Nurmatovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2024-yillarda O‘zbekistonda gastronomik turizmning shakllanishi va holatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Zamonaviy dunyoda gastronomik turizm juda tez rivojlanib borayotgan sohaga aylanayotganligi, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur yo‘nalish “Xalq dirlomatiyasi”ning asosiy jihatlaridan biri ekanligi, gastrodirlomatiyani rivojlantirish orqali madaniy hamkorlikni yuksaltirish imkoniyatlari mavjudligi asoslangan; 
O‘zbekistonda gastronomik turizm tashqi va ishki tuizmni rivojlantirishga hissa qo‘shayotganligi, mamlakatda gastrotolerantlik asosida xorijiy oshxonalar faoliyatining  rivojlanib kelayotganligi, Resrublika hududlarining tabiiy va geografik nuqtai nazardan o‘ziga xos taomlari mavjudligi, ularni tayyorlash texnologiyasida ekologik toza mahsulotlardan foydalanish jarayoni asosida Resrublika va viloyatlar kesimida O‘zbekistonning gastronomik turizm xaritasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turizm bo‘yicha kadrlar tayyorlash muammolari mavjudligi, mamlakat oliy ta’lim muassasalarida mazkur yo‘nalishda oily toifali  kadrlar tayyorlash masalasida xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmaganligi  isbotlangan;
 Gastronomik turizm O‘zbekistonning xalqaro turizm brendlaridan biri ekanligi, ushbu yo‘nalishda xalqaro targ‘ibot va tashviqotni rivojlantirish zarurligi, gastronomik turizm orqali mamlakat iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda gastronomik turizm tarixi: holati, muammolari va rivojlanish masalalariga oid tadqiqoti natijasida olingan ilmiy yangiliklar va amaliy takliflar asosida: 
Gastronomik turizmning shakllanishi va asosiy xususiyatlari, gastronomik turizm rivojlanishining jahon tajribasi, O‘zbekiston Respublikasidagi turizm xususan, gastronomik turizmning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, gastronomik turizm sohasida kadrlar tayyorlash jarayonlari, ushbu sohani rivojlantirish imkoniyatlari, turli xorijiy telekanallar, ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston gastronomik turizmining targ‘ibot qilinishi, hududlarida gastronomik turizm holati, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdagi istiqbolli masalalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 19-maydagi 02-31-786-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi O‘zbekistonda gastronomik turizm sohasining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini tahlil qilish va ko‘rsatib berish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida turizmning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, sohani rivojlantirishning huquqiy asoslari takomillashtirilishi hamda ushbu yo‘nalishda davlat tuzulmalarining yaratilishiga oid hujjatlar, turizm sohasida kadrlar tayyorlash jarayonlari, ushbu sohani rivojlantirish imkoniyatlari, turli xorijiy telekanallar, ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston turizm, xususan, gastroturizmning targ‘ibot qilinishi kabi masalalarni ochib berish, O‘zbekiston hududlarida turizm holati, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdagi istiqbolli masalalarni tahlil qilish bilan bog‘liq ilmiy xulosalar va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining “Ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi” ishlarini rejalashtirish va bajarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 6-iyundagi 1/101-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy etilishi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining targ‘ibot ishlarini tashkil etishda amalda keng foydalanilgan hamda majmuaning ilmiy fondini, targ‘ibot materiallarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan. 
Gastronomik turizmning shakllanishi va asosiy xususiyatlari, gastronomik turizm rivojlanishining jahon tajribasi, O‘zbekiston Respublikasining gastronomik turizm yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, gastronomik turizm sohasida kadrlar tayyorlash jarayonlari, mamlakatimizning gastronomik turizm holati, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdagi istiqbolli masalalarning tahlili bilan bog‘liq ilmiy xulosalar shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda gastronomik turizm imkoniyatlaridan, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirishda va tashkiliy-iqtisodiy omillaridan samarali foydalanishga oid takliflar, turli mintaqalarni rivojlantirishga oid kompleks chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishda va “Toshkent viloyatining turizm mahallalari” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 19-iyuldagi 05-12-15-5267-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar orqali 1991-2016-yillarda O‘zbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanish dinamikasi ko‘rsatib berilgan.
Ilmiy safarlar asosida Respublikaning barcha viloyatlaridagi o‘rganilgan gastronomik hududlar, u erlardagi sohaga oid aniqlangan kamchiliklar asosida berib o‘tilgan takliflar, O‘zbekistonning boy mehmondo‘stligi, madaniy merosi va tarixiy va milliy majmualarini qamrab oluvchi gastronomik turizm ob’ektlarning reklamasini mahalliy va xalqaro darajada ommalashtirish, mamlakat mintaqalarida ichki turistlar oqimini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar, gastronomik turizmni rivojlantirishda xalqaro ilg‘or tajribalardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladigan tabiiy hududlarda, xususan Toshkent viloyati misolida gastronomik turizmni samarali tashkil qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bajarilgan “Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish loyihasida” amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 4/17-4/4-1254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida turizmning hozirgi holatiga baho berilgan va sohani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy omillari, ichki zahira va imkoniyatlari, shart-sharoitlarini baholash asosida ishlab chiqilgan SWOT tahlili orqali mintaqada gastronomik turizmni rivojlantirish tendensiyalari va Toshkent viloyati hamda boshqa viloyatlarda gastronomik turizm yo‘nalishlarini samarali shakllantirishni ilmiy tahlil qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish