Muratbaeva Aziyza Bazarbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy malumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston matbuotida millatlararo totuvlik munosabatlari: tarix va tendensiyalar (1991 – 2021 yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1116
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna – tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Seytimbetova Nargiza Minsizbaevna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991 – 2021 yillar Qoraqalpog‘istonda millatlararo munosabatlar tarixi va ularning davriy matbuotda aks etilish tendensiyalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yaratish mamlakat siyosatining asosiy maqsadi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonning Qoraqalpog‘iston ommaviy axborot vositalarida, jumladan, davriy matbuotida yoritilishi yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini shakllantirishda asosiy omil bo‘lganligi isbotlangan;
Respublika xalqlarining birligi va hamjihatligini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarining muhim yo‘nalishi sifatida Qoraqalpog‘iston davriy matbuotida milliy madaniy markazlari faoliyatining keng yoritilishi Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyalari ruhidagi ijtimoiy qadriyatlar tizimining yangi mazmunining shakllanishi va ushbu madaniy markazlari faoliyatining faollashiga olib kelgani asoslanadi;
Qoraqalpog‘iston matbuotida aholining turli etnik guruhlari o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni davriy matbuot saxifalarida targ‘ibot va tashviqot qilish respublikada istiqomad qiluvchi xalqlarning madaniy-ma’naviy merosini asrab-avaylash, mintaqa xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga hissa qo‘shishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan; 
“Dostiq uni”, “Mekan”, “Amu Tongi” gazetalari faoliyati natijasida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari o‘z ona tillarida axborot olish va materiallarni o‘qish bilan birga o‘z ona tili, milliy madaniy meroslari va qadriyatlarini saqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi, respublikamizda xalqlar do‘stligi va bag‘rikenglik asosida milliy iftiqor hamda vatanfarvarlik tuyg‘ularini mustahkamlanishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Mavzuni har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari, ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarning  joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Tadqiqot natijalari va unda keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 noyabrdagi №723-son «Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini Qoraqalpog‘iston sharoitida ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyatining 2024 yil 26 iyundagi №08-09/11 – 06/542 ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarda Vatanga sadoqat va qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, psixologik va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksaltirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda, ushbu sohada ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etishda, shuningdek, bu boradagi ilmiy-ma’rifiy va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda foydalanildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2024 yil iyun – dekabr oylarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sohani rivojlantirish hamda targ‘ibot-tashviqotini tashkil qilishga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasining «IV. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish» borasidagi 25-bandida ko‘rsatilgan Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Qonliko‘l, Kegeyli va Shumanoy tumanlarida millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash, rivojlantirish maqsadida «Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz» shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024 yil 1 noyabrdagi № 01-13/161 ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda milliy madaniy markazlar faoliyati ko‘p millatli respublikamiz xalqining hamjihatligi va totuvligining targ‘ibot-tashviqot qilish shaklining ahamiyatli ko‘rinishi sifatida mahalliy matbuot sahifalarida keng yoritilishi jamiyatimizdagi qadriyatlar tizimining yangi mazmunini yaratishini tarixiy nuqtai-nazardan o‘rganish dolzarbligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2018 – 2020 yillarda bajarilgan PZ-20170915198 – «Qoraqalpog‘iston jamiyatida ijtimoiy munosabatlarning transformatsiyasi: tarix va amaliyot» mavzusidagi amaliy loyihasining Qoraqalpog‘istonda millatlararo munosabatlarga tegishli bo’lgan masalalarini o’rganishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 1 noyabr kungi №511/1 ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston matbuotida yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari orasidagi adabiy-madaniy do‘stlik aloqalarining targ‘ibot va tashviqot qilinishi ularning madaniy va ma’naviy meroslarini saqlab qolish bilan birga qo‘shni xalqlar bilan do‘stlik aloqalarining kuchayishiga ham ta’sir qilishi tendensiya sifatida asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Assalawma-áleykum Qaraqalpaqstan» ko‘rsatuvida, «Qayırlı tań», «Kúsh bilimde», «Kúnniń teması» eshittirishlari orqali Qoraqalpogʻiston matbuoti tizimining evolyusiyasi jarayonida «Dostiq uni», «Mekan» va «Amu tongi» gazetalari faoliyati va olingan ilmiy xulosalar keng ommaga targ'ib qilindi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024 yil 15 noyabr kungi №05-22/498-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillarining o‘z ona tilida axborot olish bilan birga o‘z tili, milliy madaniy merosi va qadriyatlarini saqlab qolishi va rivojlantirishiga imkoniyat yaratganligi, bu esa o‘z navbatida xalqlar do‘stligi va tolerantlik tuyg‘ularini mustahkamlashi asoslab berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish