Mirzaeva Matluba G‘aybulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xususiy banklarning kapitallashuv darajasini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2771
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimardonov Ilhom Muzrabshohovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Aloqabank” ATB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi xususiy banklari kapitallashuv darajasini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shimcha kapitalning asosiy tarkibi hisoblangan uzoq muddatli subordinar qarzni chiqarish amaliyotini «yashil subordinar obligatsiyalar» va «fintex asosidagi tokenlashtirilgan subordinar moliyalashtirish vositalari» hisobiga kengaytirish orqali xususiy banklar kapitallashuv darajasini (3%≤KDXB≤5%) oshirish hamda resurs bazasini mustahkamlashga asoslangan;
xususiy banklarning o‘z mablag‘lari manbalari tarkibida aksiyalarning an'anaviy chiqarilishi bilan birga innovatsion moliyaviy instrumentlar – konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar, steykling (staked) aktivlar orqali mablag‘ topish usullarini diversifikatsiya qilish asosida emission daromad hajmini oshirish hisobiga banklarning kapitallashuv darajasini 25 foizgacha oshirish imkoni aniqlangan;
xususiy banklarning qo‘shimcha kapitali tarkibida mustaqil balansga ega bo‘lmagan sho‘’ba korxonalariga qilingan moliyaviy qo‘yilmalar hajmini sho‘’ba korxonalarining raqamli bank xizmatlari va fintex startaplar bilan integratsiyalashgan yangi formatda rivojlantirish orqali kapitallashuv darajasini (5%≤KDXB≤10%) oshirish chegaralari asoslangan;
xususiy banklar foydasini reinvestisiya qilishda “smart reinvestisiya strategiyalari”, ya’ni, o‘ziga qaytariladigan sarmoyali loyihalarga foydani qayta tiklash asosida moliyaviy oqimlarni maqsadli yo‘naltirish vositasida joriy moliyaviy yil foydasining 30 foizini bank ustav kapitaliga yo‘naltirish orqali bank kapitallashuv darajasini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xususiy banklar kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shimcha kapitalning asosiy tarkibi hisoblangan uzoq muddatli subordinar qarzni chiqarish amaliyotini «yashil subordinar obligatsiyalar» va «fintex asosidagi tokenlashtirilgan subordinar moliyalashtirish vositalari» hisobiga kengaytirish orqali xususiy banklar kapitallashuv darajasini (3%≤KDXB≤5%) oshirish hamda resurs bazasini mustahkamlash asoslangan taklif “Davr bank” XATB kredit siyosatiga kiritilgan (“Davr bank” XATB 2024- yil 25-sentyabrdagi 21425-son ma’lumotnomasi), mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bankning qo‘shimcha kapitali hajmini 15,65 mlrd. so‘mga oshishiga xizmat qilgan;
xususiy banklarning o‘z mablag‘lari manbalari tarkibida aksiyalarning an'anaviy chiqarilishi bilan birga innovatsion moliyaviy instrumentlar – konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar, steykling (staked) aktivlar orqali mablag‘ topish usullarini diversifikatsiya qilish asosida emission daromad hajmini oshirish hisobiga banklarning kapitallashuv darajasini 25 foizgacha taklifi XAB “Trastbank” va ATB “Mikrokreditbank“ kredit hamda xisob siyosatida o‘z aksini topgan (XAB “Trastbank” 2024-yil 24-avgustdagi 01-04/2805 - sonli hamda “Davr bank” XATB 2024-yil 25-sentyabrdagi 21425 - son ma’lumotnomalari), mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bankning aksiyalari, asosan oddiy aksiyalari bozor bahosini 15-17 foizga oshirishga erishilgan;
xususiy banklarning qo‘shimcha kapitali tarkibida mustaqil balansga ega bo‘lmagan sho‘’ba korxonalariga qilingan moliyaviy qo‘yilmalar hajmini sho‘’ba korxonalarining raqamli bank xizmatlari va fintex startaplar bilan integratsiyalashgan yangi formatda rivojlantirish orqali kapitallashuv darajasini (5%≤KDXB≤10%) oshirish taklifi XAB “Trastbank” amaliyotiga joriy qilingan. (XAB “Trastbank” 2024-yil 24-avgustdagi 01-04/2805 -son ma’lumotnomasi). Natijada bank qoshida konsolidatsiyalashgan 2 ta "Trast Muamalat" MChJ va «Trast Leasing» MChJ sho‘ba korxonalarini tashkil etilib, ularga 2023-yilda 39 mlrd so‘mlik moliyaviy mablag‘larni yo‘naltirilishi hisobidan bankning qo‘shimcha kapitalini 21,2 foiz bo‘lishiga erishilgan;
Bank kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida joriy yil foydasining 30 foizini bank ustav kapitaliga yo‘naltirish taklifi XAB “Trastbank” va “Davr bank” XATB xisob siyosatida o‘z aksini topgan (XAB “Trastbank” 2024-yil 7-avgustdagi 01-04/2805-sonli hamda “Davr bank” XATB 2024-yil 25-sentyabrdagi 21245-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida banklarning kapitali mos ravishda 2024-yilning 1-yanvar holatiga 2043,8 mlrd. so‘m hamda 1 006 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
xususiy banklar foydasini reinvestisiya qilishda “smart reinvestisiya strategiyalari”, ya’ni, o‘ziga qaytariladigan sarmoyali loyihalarga foydani qayta tiklash asosida moliyaviy oqimlarni maqsadli yo‘naltirish vositasida joriy moliyaviy yil foydasining 30 foizini bank ustav kapitaliga yo‘naltirish orqali bank kapitallashuv darajasini oshirish taklifi XAB “Trastbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (XAB “Trastbank” 2024-yil 24-avgustdagi 01-04/2805-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida bankning jami kapitallashuv darajasi 2023-yilda 2043,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga oshishiga erishilgan.