Shamansurova Zilola Abduvaxitovnaning
fan doktori (DCs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt237 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida Innovasion loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlaridan foydalanish hamda metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovasiyalarni moliyalashtirish» tushunchasining iqtisodiy mazmuni ilmiy tadqiqotlar va yangi ishlanmalardan hosil bo‘lgan yangilikni amaliyotga joriy qilish orqali iqtisodiy, ijtimoiy yoki texnik samaradorlikni oshirishni ta’minlovchi ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb qilish, taqsimlash va boshqarish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining innovasion loyihalarni moliyalashda loyiha rentabelligi ichki me’yori darajasining barcha moliyalashtirish manbalari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasidan yuqori bo‘lgan (IRR>WACC) tengsizlik holatini ta’minlash orqali jalb qilingan kapitalning samaradorligiga erishish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish maqsadidagi innovasion loyihalariga davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizini yo‘naltirish orqali innovatsion loyihalarni moliyalashtirish barqarorligini oshirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari yillik daromadlarining maqbul chegarasi (10%<IP<20%)dagi mablag‘larni innovasion loyihalarga moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali davlat tomonidan ajratilgan grant va subsidiyalar hajmini kamayish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag‘larini ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga ta’sirini baholashda avtoregressiv taqsimlangan lag ekonometrik modeli asosida «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda innovatsion loyihalarga jami xarajatlarning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida innovasion loyihalarni moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovasiyalarni moliyalashtirish» tushunchasining iqtisodiy mazmunini ilmiy tadqiqotlar va yangi ishlanmalardan hosil bo‘lgan yangilikni amaliyotga joriy qilish orqali iqtisodiy, ijtimoiy yoki texnik samaradorlikni oshirishni ta’minlovchi ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb qilish, taqsimlash va boshqarish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2024 yil 25 maydagi 250-POʻ-son buyrug‘i, 250-POʻ-004 raqamli guvohnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda aksiyadorlik jamiyatlarida innovasion loyihalarni moliyalashtirishda mazkur tushunchalarga mazmunan to‘g‘ri yondashish, ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda xususiyati jihatlarni to‘liq hisobga olish imkoni yaratilgan;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining innovasion loyihalarni moliyalashda loyiha rentabelligi ichki me’yori darajasining barcha moliyalashtirish manbalari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasidan yuqori bo‘lgan (IRR>WACC) tengsizlik holatini ta’minlash orqali jalb qilingan kapitalning samaradorligiga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarori bilan tasdiqlangan «2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida»ga qarorga muvofiq 2023-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishda qo‘llanilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 19 martdagi BM-0276-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida uzoq muddatli innovasion loyihalar daromadli ekanligi, yirik kapital talab qilinadigan innovasion loyihalarni pul oqimlari aniqlash imkonini berib, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning aktivlar rentabelligi (ROA) ko‘rsatkichi 2023 yilda 5 foizga oshgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish maqsadidagi innovasion loyihalariga davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizini yo‘naltirish orqali innovatsion loyihalarni moliyalashtirish barqarorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarori bilan tasdiqlangan «2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida»ga qarorga muvofiq 2023-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishda qo‘llanilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 19 martdagi BM-0276-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari innovasion loyihalarga mablag‘ jalb qilish va  loyiha doirasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnologiyalarni o‘zlashtirishda davlat ilmiy dasturlarining 10 foizgacha mablag‘larini moliyalashtirishga yo‘naltirish imkonini berib, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda 2024 yil 26 ta innovasion loyihalarni davlat ilmiy dasturidan moliyalashtirish amalga oshirilgan;  
aksiyadorlik jamiyatlari yillik daromadlarining maqbul chegarasi (10%<IP<20%)dagi mablag‘larni innovasion loyihalarga moliyalashtirishga yo‘naltirish orqali davlat tomonidan ajratilgan grant va subsidiyalar hajmini kamayish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarori bilan tasdiqlangan «2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2023-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishda qo‘llanilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 19 martdagi BM-0276-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi aksiyadorlik jamiyatlarini operasion daromadini 20 foizgacha  ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish va aksiyadorlik jamiyatlarini innovasion loyihalarini moliyalashtirishda davlat grant va subsidiyalari orqali ajratilgan mablag‘larni kamayishiga imkon bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag‘larini ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga ta’sirini baholashda avtoregressiv taqsimlangan lag ekonometrik modeli asosida «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda innovatsion loyihalarga jami xarajatlarning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ amaliyotiga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 19 martdagi BM-0276-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag‘larni o‘sishiga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari ta’sirining qisqa va uzoq muddatda o‘zgarishini, aksiyadorlik jamiyatlarining innovatsion loyihalarga qilingan xarajatlarni oshishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish