Soatov Yusuf Xo‘jayor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarda ekologik turizmni samarali rivojlantirishda tabiiy resurslar salohiyatini baholash (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.17 — «Turizm va mehmonxona faoliyati» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3939.
Ilmiy rahbar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Ikrom Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, prof; Yo‘lchiev Asilbek Ortiqali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida ekologik turizmni rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik turizm salohiyatini omilli baholashning mualliflik yondashuvi asosida
«tabiiy-iqlim salohiyati» omillari guruhi (TIS = 3,5 ball), «tarixiy-madaniy salohiyat» omillari guruhi (TMS > 3,6 ball), «infratuzilmaviy salohiyat» omillari guruhi (IS = 2,9 ball), «kadrlar (mehnat) salohiyati» omillar guruhi (KS = 1,8 ball) orqali Surxondaryo viloyati tumanlarida ekologik turizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash taklifi asoslangan;
Surxondaryo viloyatida joylashgan ekoturistik hududlarda festivallar o‘tkazish, trek yo‘llari, off-road marshrutlar tashkil etishdan iborat ekstremal turizm (Boysun, Darband, Sangardak), dor yo‘llar, turistlar uchun xavfsiz platformalarni o‘z ichiga olgan jamping (Darband, Bobotog‘ atrofidagi tog‘lar), gidlar tayyorlash, ekologik yoritish, ilmiy turizmni ko‘zda tutuvchi speleoturizm (Teshik-Tosh, Zarautsoy, Amir Temur g‘ori) turlarini kengaytirish istiqbollari asoslangan;
Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi zonalari tabiiy-rekreatsiya, tarixiy- madaniy resurs salohiyatini baholash orqali barqaror rivojlantirish imkoniyatlariga ko‘ra tumanlarning resurs salohiyatini «yuqori», «o‘rta» va «o‘rtachadan past» salohiyatli hududlarga ajratgan holda «birinchi guruh – birinchi bosqich», «ikkinchi guruh – ikkinchi bosqich», «uchinchi guruh – ikki bosqich tajribalarini o‘rganish asosida» sxemasi bo‘yicha kichik turizm zonalarini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatiga ekoturizm yo‘nalishida tashrif buyurayotgan turistlar oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ekologik turizm salohiyatini omilli baholashning mualliflik yondashuvi asosida
«tabiiy-iqlim salohiyati» omillari guruhi (TIS = 3,5 ball), «tarixiy-madaniy salohiyat» omillari guruhi (TMS > 3,6 ball), «infratuzilmaviy salohiyat» omillari guruhi (IS = 2,9 ball), «kadrlar (mehnat) salohiyati» omillar guruhi (KS = 1,8 ball) orqali Surxondaryo viloyati tumanlarida ekologik turizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonining 1-ilovasi II – Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi
farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 58-maqsadi va 59-maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 20 maydagi 03-10-17-42-63 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida ekologik turizm salohiyatini omilli baholashning ko‘p omilli tizimi orqali Surxondaryo viloyati tumanlarida ekologik turizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash imkoni yaratilgan;
Surxondaryo viloyatida joylashgan ekoturistik hududlarda festivallar o‘tkazish, trek yo‘llari, off-road marshrutlar tashkil etishdan iborat ekstremal turizm (Boysun, Darband, Cangardak), dor yo‘llar, turistlar uchun xavfsiz platformalarni o‘z ichiga olgan jamping (Darband, Bobotog‘ atrofidagi tog‘lar), gidlar tayyorlash, ekologik yoritish, ilmiy turizmni ko‘zda tutuvchi speleoturizm (Teshik-Tosh, Zarautsoy, Amir Temur g‘ori) turlarini kengaytirish istiqbollaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonining 1-ilovasi II – Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 58-maqsadi va 59-maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 2025 yil 20 maydagi 03-10-17-42-63 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida Surxondaryo viloyatining turistik faoliyat turlarini kengaytirish va ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar hajmini 1,8 baravar oshirishga imkon bergan;
Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi zonalari tabiiy-rekreatsiya, tarixiy- madaniy resurs salohiyatini baholash orqali barqaror rivojlantirish imkoniyatlariga ko‘ra tumanlarning resurs salohiyatini «yuqori», «o‘rta» va «o‘rtachadan past» salohiyatli hududlarga ajratgan holda «birinchi guruh – birinchi bosqich», «ikkinchi guruh – ikkinchi bosqich», «uchinchi guruh – ikki bosqich tajribalarini o‘rganish asosida» sxemasi bo‘yicha kichik turizm zonalarini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonining 1-ilovasi II – Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 58-maqsadi va 59-maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 2025 yil 20 maydagi 03-10-17-42-63 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida Surxondaryo viloyatidagi ekoturistik hududlarda barqarorlik tamoyili asosida reytingi baholash orqali samarali boshqaruv dasturlari ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Surxondaryo viloyatiga ekoturizm yo‘nalishida tashrif buyurayotgan turistlar oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonining 1-ilovasi II – Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 58-maqsadi va 59-maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 2025 yil 20 maydagi 03-10-17-42-63 -sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida viloyatda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, sog‘lomlashtirish, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, sanatoriy va xalqaro umummavsumiy kurort zonalarini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishning uzoq muddatli istiqbollari aniqlangan