Xomidov Soxibmalik Olimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farmasevtika sanoatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish va prognozlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.06 - Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt231.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bazarbay Berkinovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xatamov Ochildi Qurbonovich, Termiz davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sauxanov Janibek Kazievich, Qoraqalpoq davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika farmasevtika sanoatining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini modellashtirish va prognozlash metodologiyasini takomillashtirish hamda shu asosida uning barqaror rivojlanishini ta’minlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
farmasevtika sanoatining yaxlit iqtisodiy tizim sifatidagi “muhit” va “obekt” tizimiga kiruvchi unsurlarini tarmoqdagi uzoq muddatli barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan va shu asosida farmasevtika bozorida talab hajmi shakllanishini prognozlash takomillashtirilgan;
foyda, baho, soliq tushumlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, dori vositalarining farmasevtika bozorida tezda namoyon bo‘lishi kabi parametrlarni o‘z ichiga olgan to‘liq mamlakatimizda ishlab chiqariluvchi, to‘liq import qilinuvchi hamda yig‘ma ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning muqobil variantlarini asoslash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
respublika hududlarining farmasevtika sanoati rivojlanishini ifodalovchi tanlab olingan ko‘rsatkichlari asosida hududlarda mazkur tarmoq rivojlanishini ifodalovchi yig‘ma indeks ishlab chiqilgan va ushbu indeks asosida hududlarni “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” toifadagi tabaqalashgan guruhlarga ajratish bo‘yicha turli o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarini tasniflashning ko‘p o‘lchovli statistik algoritmi takomillashtirilgan;
farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari faoliyatiga sifat nazorati bo‘yicha xalqaro qoida va talablarni o‘z ichiga olgan GMP-standartini (“Zarur ishlab chiqarish amaliyoti”) joriy etish ularning eksport hajmi o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sir samaradorligini eksperimental baholash imkoniyatini beruvchi uslubiyot taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi asosiy farmasevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz variantlari va maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
farmasevtika sanoatining yaxlit iqtisodiy tizim sifatidagi “muhit” va “obekt” tizimiga kiruvchi unsurlarini tarmoqdagi uzoq muddatli barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan va shu asosida farmasevtika bozorida talab hajmi shakllanishini prognozlash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 04/26-1-2-4058-son ma’lumotnomasi). Modellashtirish natijalari asosida olingan ilmiy xulosalar va asoslantirilgan iqtisodiy takliflar tarmoqni istiqbolda rivojlantirish va uning faoliyatini tahlil qilishda foydalanish imkonini bergan;
foyda, baho, soliq tushumlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, dori vositalarining farmasevtika bozorida tezda namoyon bo‘lishi kabi parametrlarni o‘z ichiga olgan to‘liq mamlakatimizda ishlab chiqariluvchi, to‘liq import qilinuvchi hamda yig‘ma ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning muqobil variantlarini asoslash bo‘yicha uslubiy yondashuvdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan iqtisodiy o‘sishni tahlil qilish va prognozlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 04/26-1-2-4058-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuv mazkur tarmoq iqtisodiyotiga xos bo‘lgan strategik qarorlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
respublika hududlarining farmasevtika sanoati rivojlanishini ifodalovchi tanlab olingan ko‘rsatkichlari asosida hududlarda mazkur tarmoq rivojlanishini ifodalovchi yig‘ma indeks ishlab chiqilgan va ushbu indeks asosida hududlarni “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” toifadagi tabaqalashgan guruhlarga ajratish bo‘yicha turli o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarini tasniflashning ko‘p o‘lchovli statistik algoritmidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 04/26-1-2-4058-son ma’lumotnomasi). Ushbu algoritm farmasevtikaga ixtisoslashgan iqtisodiy zonalarning rivojlanish samaradorligini baholash uchun moslashuvchan vosita sifatida foydalanish imkonini bergan;
farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari faoliyatiga sifat nazorati bo‘yicha xalqaro qoida va talablarni o‘z ichiga olgan GMP-standartini (“Zarur ishlab chiqarish amaliyoti”) joriy etish ularning eksport hajmi o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sir samaradorligini eksperimental baholash imkoniyatini beruvchi uslubiyot O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan farmasevtika sohasida yangi siyosatni joriy qilishning samaradorligini istiqbolda baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 04/26-1-2-4058-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning qabul qilinishi farmasevtika sohasida yangi siyosatni joriy qilish samaradorligini baholash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi asosiy farmasevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz variantlari va maqsadli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘sish ko‘rsatkichlarini prognozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 04/26-1-2-4058-son ma’lumotnomasi). Ushbu parametrlar farmasevtika sanoatining iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini prognozlashda foydalanish uchun qabul qilingan.