Xabilov Davron Nig‘mon ug‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligi tufayli yuqori jag‘ning osteomieliti bilan kasallangan bemorlarni protezlashni optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib865.
Ilmiy maslaxatchi: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Astashina Natalya Borisovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shomuradov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navarra Universiteti (Ispaniya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Covid-19 o‘tkazganligi tufayli jarrohlik davolashdan so‘ng orttirilgan yuz-jag‘ sohasi nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni stomatologik ortopedik davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
LDF-metriya usulida polivinilsiloksan va akril materiallardan tayyorlangan kombinatsiyalangan protezlardan foydalanganda og‘iz bo‘shlig‘idagi arterial qonning mikrotsirkulyator oqimidagi qon hajmi, mikrotsirkulyator bosim, qon tomir devorining o‘tkazuvchanligi kabi mikrotsirkulyasiya ko‘rsatkichlari me’yoriy darajada qolishi isbotlangan;
yumshoq qistirmasiz akril olinadigan protezlar va kombinatsiyalangan olinadigan protezlardan foydalangan bemorlarda patogen mikroflora vakillari Bacteroidis sp., Prevotella sp., Veillonella sp.ning miqdori 43% ga kamayishi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazganligi sababli yuqori jag‘i to‘liq va qisman rezeksiya qilingan, kombinatsiyalangan protezlardan foydalangan bemorlarda protez o‘rnatilganidan bir oy o‘tgach, hayot sifati o‘rtacha 23 balni tashkil etganligi isbotlangan;
Magner sinamasi yordamida himoyalovchi ajratuvchi plastinka va doimiy ajratuvchi protez bilan protezlashning ikki bosqichli texnikasidan foydalanishda nutq talaffuzining total nuqsonlarda 60% ga va qisman nuqsonlarda 85% ga yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
kombinatsiyalangan protezning ishlab chiqilgan konstruksiyasi protez to‘shagi uchun zarur bo‘lgan qirralarni aniqroq chegaralashi natijasida uning yaxshiroq barqarorlashuviga yordam berishi va muvaffaqiyatli reabilitatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 15 yanvar` 11/10– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: LDF-metriya usulida polivinilsiloksan va akril materiallardan tayyorlangan kombinatsiyalangan protezlardan foydalanganda og‘iz bo‘shlig‘idagi arterial qonning mikrotsirkulyator oqimidagi qon hajmi, mikrotsirkulyator bosim, qon tomir devorining o‘tkazuvchanligi kabi mikrotsirkulyasiya ko‘rsatkichlari me’yoriy darajada qolishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: qo‘llanilgan akrlidan tayyorlangan yumshoq taglikli va kombinirlangan protez asosidagi shilliq qavat mikrotsirkulyasiyadagi qon xajmi va qon tomirlari o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari, protezlashdan so‘ng, bir oy muddat davomida normal ko‘rsatkichlarga yaqinlashadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi -Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 19.12.2024 yildagi 562-sonli buyruq hamda Chilonzor tumani - 36-son oilaviy poliklinika 19.12.2024 yildagi 48- sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yuqori jag‘ nuqsonlari, Covid-19 kasalligi bo‘lib o‘tganligi sababli, bemorlarni olinadigan protezlar yordamida protezlash jarayoni va undan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish, bu esa o‘z navbatida bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirishga yordam berdi. Davolash rejasini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida bir bemorning davolanishiga o‘rtacha 1,4 baravar kam sarmoya tejash imkonini beradi. Xulosa: Covid -19 fonida yuqori jag‘ning ikki tomonlama rezeksiyasidan so‘ng bemorlarda LDFdan foydalanish mavjud davolash rejimlarini optimallash imkon beradi va shu bilan qon oqimi sifatini oshirishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yumshoq qistirmasiz akril olinadigan protezlar va kombinatsiyalangan olinadigan protezlardan foydalangan bemorlarda patogen mikroflora vakillari Bacteroidis sp., Prevotella sp., Veillonella sp.ning miqdori 43% ga kamayishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qo‘llanilgan akrlidan tayyorlangan yumshoq tagliksiz va kombinirlangan protezlar asosida patogen mikroflorani, to‘planish miqdori, ikki yil davomidagi tekshiruvida, kamligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ nuqsonlari, Covid-19 kasalligi bo‘lib o‘tganligi sababli bemorlarni olinadigan protezlar yordamida protezlash jarayoni va undan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish aniqlandi. Xulosa: Covid-19 o‘tkazgan yuz-jag‘ sohasi orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda yumshoq qistirmasiz akril echiladigan protezlar va kombinatsiyalangan echiladigan protezlardan foydalanganda, protezlashdan keyingi 14-kuni patogen mikroflora vakillari soni 23% ga kamaygan;
uchinchi  ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazganligi sababli yuqori jag‘i to‘liq va qisman rezeksiya qilingan, kombinatsiyalangan protezlardan foydalangan bemorlarda protez o‘rnatilganidan bir oy o‘tgach, hayot sifati o‘rtacha 23 ballni tashkil etganligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori jag‘ total nuqsonlarida olinadigan protezlar yordamida protezlash davrida og‘iz bo‘shlig‘da kelib chiqishi mumkin bo‘lgan patologik xolatlar va ularni davolash, oldini olish usullari keltirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi -Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 19.12.2024 yildagi № 48 buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Xulosa: Covid-19 fonida yuqori jag‘ning ikki tomonlama rezeksiyasidan so‘ng bemorlarni taklif etilayotgan kompleks davolash va ortopedik reabilitatsiya usullaridan foydalanish uzoq muddatda tish-jag‘ tizimning yo‘qolgan funksiyalarini tiklashda ijobiy natijalarga erishish va bunday bemorlarning jamiyatga yanada muvaffaqiyatli moslashishiga hissa qo‘shadi, bu esa ularning faol hayotga qaytishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: magner sinamasi yordamida himoyalovchi ajratuvchi plastinka va doimiy ajratuvchi protez bilan protezlashning ikki bosqichli texnikasidan foydalanishda nutq talaffuzining total nuqsonlarda 60% ga va qisman nuqsonlarda 85% ga yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlarini olib qo‘yiladigan protezlar bilan davolashda,og‘iz bo‘shlig‘idagi asoratlarni kamayishida kombinirlangan protezdan foydalanish salbiy asoratlarni kamaytirdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ nuqsonlari, Covid-19 kasalligi bo‘lib o‘tganligi sababli bemorlarni olinadigan protezlar bilan bilan davolashda bemorlarning kombinirlangan protezlarga moslashinuv davri 5-7 kunga qisqartirishga qaratilgan. Xulosa: To‘g‘ri tanlangan olinadigan protez turi yuqori jag‘ nuqsoni bo‘lgan bemorlarning talaffuzning tiklanish samaradorligi va tezligi to‘g‘ri natlangan protez turiga va olib borilgan tayyorgarlik bosqichlariga bevosita bog‘liqligi aniqlandi. 
beshinchi ilmiy yangilik: kombinatsiyalangan protezning ishlab chiqilgan konstruksiyasi protez to‘shagi uchun zarur bo‘lgan qirralarni aniqroq chegaralashi natijasida uning yaxshiroq barqarorlashuviga yordam berishi va muvaffaqiyatli reabilitatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori jag‘ nuqsonlari, Covid-19 kasalligi bo‘lib o‘tganligi sababli bemorlarni olinadigan protezlar yordamida protezlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, protezlash jarayonida kelib chiqishi mavjud bo‘lgan patologik jarayonlarni o‘rta hisobda 45% kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi -Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 19.12.2024 yildagi 562-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi №11-son xulosasi). Xulosa: Kombinatsiyalangan konstruksiyadagi funksional to‘liq obturator protezini ishlab chiqarish asosiy tadqiqot guruhidagi bemorlarning 98% protezning protez maydoniga aniq moslashishiga, chaynash paytida yuqori jag‘ nuqsoni sohasiga kuchaygan bosimni bartaraf etishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish