Madaminova Nodiraxon Samandar qizining
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Spastik turdagi miya falaji bo‘lgan bolalarda tish va tish qatori nuqsonlarini ortopedik stomatologik davolash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3602
Ilmiy maslahatchi: Gafforov Sunatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Kalbaev Abibilla Akburaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti (Kozog‘iston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Spastik turdagi miya falajli bolalarda tizimli xamda maxalliy adaptatsiya-kompensator reaksiyalarini muvofiqlashtirish xisobiga tish qatori nuqsonlarini tashxislash va stomatologik ortopedik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlarda yuz-jag tizimi suyaklari shakllanishi davriga bog‘lab tish qatori nuqsonlari, parodont to‘qimasi, shilliq qavat patologiyalarini og‘irroq va o‘ziga xos kechishi aniqlangan;
bolalar serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlar orasida ilk bor, aralash so‘lak tarkibidagi – SOS, rN ko‘rsatkichi, qovushqoqlik, tishlar mineralizatsiyasidagi – Sa, R, Sa/R nisbati, yuz-jag‘ tizimi xamda chaynov mushaklari faoliyat buzilishlarida - to‘qimalar gipoksiyasi va yog‘larning oksidlangan maxsulotlarining axamiyati isbotlangan;
bolalar serebral falajining spastik turi mavjud bolalar va o‘smirlarning ruxiy-fiziologik (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, o‘z faoliyatini o‘zi nazorat qila olmaslik, e’tiborga muxtojlik) xususiyatlarini inobatga olgan holda ortopedik stomatologik tish protezlari va xomashyo turlari davolashdan oldingi va keyingi og‘iz bo‘shlig‘idagi mahalliy immun ko‘rsatkichlar (IgA, IgG, IgM, lizotsim, IL-1, IL-4, IL-6 lar) aniqlangan;
stomatolog mutaxassisning xar bir serebral falajli bolalar tashxisiga tayanib qabul jarayonidagi yondashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, tish protezlari konstruksiyalari va xomashyolarining samaradorligi (biomosligi, yallig‘lanish chaqirmasligi, tayyorlash bosqichlarini takomillashtirilshi) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 15 yanvardagi 11/51-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlarda yuz-jag‘ tizimi morfometrik ko‘rsatkichlari, rivojlanish normativlarini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar asosida tug‘ma miya falaji mavjud bolalar va o‘smirlarda yuz-jag‘ sohasi a’zo va to‘qimalarini klinik-morfometrik xususiyatlarini baholashga yondashuv usullari ishlab chiqilgan. Amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasiga (1.11.2024 y.;№697-son) hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga (4.11.2024 y.; №466-son) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral falajli bolalar va o‘smirlarda yuz-jag‘ tizimi suyaklari shakllanishi davriga bog‘lab tishlarning almashinuv va doimiy prikus davrida, tish qatorlari, parodont to‘qimasi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarini erta diagnostika usullari samaradorligini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlar orasida yuz-jag‘ soxasi va og‘iz bo‘shlig‘i a’zo va to‘qimalari kasalliklarining tarqalishi o‘rtacha darajasi 60,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, bu o‘z navbatida asoratlarni oldini olish uchun imkonini yaratgan bo‘lib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan; poliklinikaga tashrif qilish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga iqtisod qilingan;
ikkinchi ilmiy yangilik: BSFning spastik turi mavjud bolalar va o‘smirlar orasida aralash so‘lak tarkibidagi – stimullanmagan og‘iz suyuqligi, so‘lakning rN-muhiti, qovushqoqligi, tishlar mineralizatsiyasi (Sa, R, Sa/R nisbati misolida), yuz-jag‘ tizimi, chaynov mushaklar faoliyat buzilishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qima gipoksiyasini keltirib chikarishi natijasida kechishi isbotlandi. Ijtimoiy samaradorligi: spastik turdagi serebral falaji mavjud bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qima va a’zolar faoliyatini qiyosiy o‘rganish, chaynov mushaklaridagi salbiy o‘zgarishlar nafaqat maxalliy, balki tanadagi boshqa a’zo va to‘qimalardagi patologiyalari asoratining omili sifatida qaralishi asoslandi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning poliklinikada tashxislash muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi)serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlar orasida yuz-jag‘ soxasi va og‘iz bo‘shlig‘i a’zo va to‘qimalari kasalliklarining tashxislash byudjet mablag‘larini 221000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlarda tish qattiq to‘qimasini edirilish darajasiga ko‘ra (IROPZ indeksiga asoslangan xolda) olinmaydigan tish protezlari bilan protezlash asoslari, bolalarda protezlashning o‘ziga xos xususityalari, ishlatiladigan turli xomashyolarning og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligiga ta’siri, stimullanmagan og‘iz suyuqligi tarkibining davolashdan oldingi va keyingi ko‘rsatkichlarining ilmiy natijalar ishlab chiqilgan. Amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiyot birlashmasiga (1.11.2024 y.;№697-son) hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga (4.11.2024 y.; №466-son) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalar serebral falaji mavjud bolalar va o‘smirlarda tish qatori nuqsonlarini olinmaydigan tish protezlari orqali protezlashdan so‘ng bolalarda chaynov funksiyasi tiklanishi xisobiga so‘lakning qovushqoqligi, rN-darajasi kislotali tomonga o‘zgarishi, so‘lak tarkibidiagi lizotsim va laktoferrin miqdori oshishi xisobiga luqmaning birlamchi xazm jarayonlari yaxshilanishiga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: serebral falaji mavjud bolalar orasida yuz-jag‘ soxasi va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining tarqalishi o‘rtacha darajasi 68,0% holatda qayd etilgan, bemorning poliklinikada tashxisoti muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan; poliklinikaga tashrif qilish bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga erishilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Shu sababli davolash jarayonlarida byudjet mablag‘larini 275000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalar serebral falajining spastik turi mavjud bolalar va o‘smirlar uchun stomtaolog mutaxassis qabul jarayonidagi yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari, tish protezi konstruksiyalari va xomashyolarining samaradorligiga asoslanib kompleks davo rejasi ishlab chiqildi, bu yakin va uzoq kuzatuv sharoitida yuqori klinik samaradorlikka erishish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ilmiy-amaliy natijalar bolalar serebral falaji mavjud bolalarning hayot sifatini yaxshilash, ushbu kasallikni kechishidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stomatologik kasalliklar xamda buning natijasidagi meda ichak trakti, tana o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarni ijobiy echimiga erishish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: serebral falaji mavjud bolalarda tish va tishqatori nuqsonlari tarqalishi o‘rtacha darajasi 65,0% holatda qayd etilgan, intensivligi ishonarli darajada yuqori bo‘lgan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini tashxislash usullaridan foydalanish uchun imkon yaratgan bo‘lib: bemorning poliklinikada tashxisoti muddatini 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 138000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan. Umumiy hisobda byudjet mablag‘larini 295000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan.