Xoshimova Nodira Sharofiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalari diagnostikasida nur diagnostika usullarining ahamiyati», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2278.
Ilmiy rahbar: Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi, DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Nodir Maxamatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ablyazov Otabek Vaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini tashxislashda MSKT va MRT usullarining diagnostik samaradorligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MSKTni o‘tkazishda «lunjlarni shishirish» (puffed cheek) usulidan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining erta bosqichlarini baholashda diagnostikaning aniqligini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining MRT belgilarining xususiyatlari, jumladan T1-, T2-VI signallarining intensivligi va DVI/IKD da diffuziya ko‘rsatkichlari aniqlangan;
yumshoq to‘qimalar tuzilmalarini baholashda, ayniqsa perinevral invaziya, yog‘ to‘qimalari va mushaklar infil`tratsiyasini aniqlashda MRTning ustunligi, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini to‘liq vizualizatsiya qilish usullarini integratsiyalash zarurligi isbotlangan;
MSKT va MRT ma’lumotlari asosida og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining asosiy diagnostik belgilarini tavsiflash uchun standartlashtirilgan nazorat varaqlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini tashxislashda MSKT va MRT usullarining diagnostik samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: MSKTni o‘tkazishda «lunjlarni shishirish» (puffed cheek) usulidan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining erta bosqichlarini baholashda diagnostikaning aniqligini sezilarli darajada oshirishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-pl68-son bilan tasdiqlangan «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum saratonining MSKT vizualizatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 16T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo  filiali  bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 41T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 27 iyuldagi 04/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum sohasidagi o‘smalarni erta aniqlash orqali aholi orasida onkologik kasalliklarning og‘ir bosqichda aniqlanish holatlari kamayadi, nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu usulni amaliyotga joriy etish orqali diagnostikada teng imkoniyatlar yaratildi, tibbiy xizmat sifatini oshirishga va sog‘liqni saqlash tizimi yukini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: «lunjlarni shishirish» (puffed cheek) usulini MSKT diagnostikasida joriy etish orqali og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini erta bosqichda aniqlash orqali bemorlarning ish qobiliyatini saqlab qolish va nogironlik holatlarini oldini olish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining MRT belgilarining xususiyatlari, jumladan T1-, T2-VI signallarining intensivligi va DVI/IKD da diffuziya ko‘rsatkichlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-pl68-son bilan tasdiqlangan «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum saratonining MSKT vizualizatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 16T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo  filiali  bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 41T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 27 iyuldagi 04/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining MRT belgilarini tahlil qilish orqali erta tashxis qo‘yish imkoni paydo bo‘ldi, bu esa bemorlarning davolash jarayonini tezlashtirdi va ularning hayot sifatini yaxshilagan. Kechiktirilgan tashxislar tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy va tibbiy oqibatlarni kamaytirdi, nogironlik holatlarini oldini olishga yordam bergan. Buning natijasida aholi sog‘lig‘ini saqlashga yo‘naltirilgan yo‘nalishlarning samaradorligi oshgan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining MRT belgilarini tahlil qilish orqali erta tashxis qo‘yish, davolash jarayonini optimallashtirish va bemorlarga samarali, kam xarajatli davolash imkonini yaratish orqali kechiktirilgan tashxislar va davolashning og‘ir shakllari tufayli keladigan qimmatbaho va uzoq muddatli terapiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qimalar tuzilmalarini baholashda, ayniqsa perinevral invaziya, yog‘ to‘qimalari va mushaklar infil`tratsiyasini aniqlashda MRTning ustunligi, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini to‘liq vizualizatsiya qilish usullarini integratsiyalash zarurligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-pl68-son bilan tasdiqlangan «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum saratonining MSKT vizualizatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 16T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo  filiali  bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 41T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 27 iyuldagi 04/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini to‘liq vizualizatsiya qilish uchun usullarni integratsiya qilish orqali erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash yo‘nalishlarini belgilash imkoniyati yaratgan. Bu ijtimoiy darajada bemorlarning hayot sifatini yaxshilab, ularning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ishonchini oshirib va kasalliklarning kechiktirilgan yoki noto‘g‘ri tashxislar tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy va tibbiy oqibatlarni kamaytirishga xizmat qilgan. Shuningdek, erta tashxis va samarali davolash orqali nogironlik holatlarini oldini olish imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarini to‘liq vizualizatsiya qilishda turli tashxis usullarini integratsiya qilish yuqori aniqlikka ega tashxis qo‘yish imkonini yaratish orqali qimmatbaho va uzoq muddatli terapiyalarga ehtiyojning pasayishi, shuningdek, kasalliklarning og‘ir shakllarga aylanishini oldini olish orqali sog‘liqni saqlash tizimi uchun muhim iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: MSKT va MRT ma’lumotlari asosida og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining asosiy diagnostik belgilarini tavsiflash uchun standartlashtirilgan nazorat varaqlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-pl68-son bilan tasdiqlangan «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum saratonining MSKT vizualizatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 16T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo  filiali  bo‘yicha 28.06.2024 yildagi 41T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 27 iyuldagi 04/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MSKT va MRTda og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqum o‘smalarining standartlashtirilgan nazorat varaqlari orqali baholanishi shifokorlar o‘rtasida yagona tushuncha va yondashuvni shakllantirilgan. Bu aholi orasida erta va aniq tashxis qo‘yilishini ta’minlab, bemorlarning o‘z vaqtida va samarali davolanish imkoniyatini oshirgan. Shu bilan birga, noto‘g‘ri tashxis yoki kechikish natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni, nogironlik holatlarini va bemorlarning hayot sifatining pasayishini oldini olishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tomografik vizualizatsiya usullarini tanlashni optimallashtirish natijalari tashxis va davolash jarayonlarida iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga hamda bemor uchun nurli yuklamani pasaytirishga olib kelgan. Xususan, ishlab chiqilgan standartlashtirilgan nazorat varaqlari va algoritmlar qo‘llanilishi natijasida bir nafar bemorga sarflanadigan 4760,0 ming so‘m byudjet mablag‘lari va 1190,0 ming so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish