Azimova Shaxlo Nizomovnaning falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompozit gruntlar tarkibini ularning mexanik ko‘rsatgichlariga ta’siri”, 05.09.02 - Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Zayniddin Sirojiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti”.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
PhD 26/26.01.2023.T.109.02
Rasmiy opponentlar: f. m. f. doktori prof. Sultanov Karim Sultanovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Madatov Abdurahim Madatovich.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA ” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qurilish amaliyotida keng qo‘llaniladigan o‘rtacha yiriklikdagi va yirik qum bilan strukturasi buzilgan gilli grunt aralashmasidan tashkil topgan kompozit gruntlarni samarali tarkiblarini, hamda ularning fizik ko‘rsatgichlariga bog‘liq holda me’yorlashtirilgan deformatsiya, mustahkamlik va suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatgichlarini me’yoriy va hisobiy qiymatlarini aniqlashga imkon beradigan usullarni yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qum va tuproq aralashmasidan hosil bo‘lgan kompozit gruntlarning optimal tarkibi aniqlangan;
kompozit gruntlarning optimal tarkibi uchun fizik-mexanik ko‘rsatgichlarining turli ehtimoliy chegaralarda me’yorlashtirilgan (jadvallashtirilgan) qiymatlari aniqlangan va asoslangan;
kompozit gruntlarning optimal tarkibi uchun kompressiyali deformatsiya moduli yordamida haqiqiy (dala sharoitida aniqlanadigan) deformatsiya modulini aniqlash uchun “o‘tish koeffisienti” taklif etilgan;
kompozit gruntlarni amaliyotda an’anaviy gruntlar oʻrniga qoʻllaganda, ularni samarali ekanligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kompozit gruntlarning aniqlangan optimal tarkibi va namligi, ularning maksimal mustahkamlik va deformatsiya ko‘rsatgichlariga erishishiga imkon berdi, ishlab chiqilgan uslub quyidagi loyihalarda joriy qilindi:
Samarqand shahridagi Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi qurilgan tonnelning tirgovuch devorlari orqa bo‘shliqlarini tavsiya etilgan kompozit grunt bilan to‘ldirilganda, tirgovuch devorning turg‘unligi oshishiga erishildi;
Samarqand tumani “Qaynama” mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli 52- xonadonli 7 qavatli turar - joy binosi asosini barpo etishda qo‘llanilib, asos cho‘kishining, hamda poydevor o‘lchamlarini kamayishiga erishildi;
Samarqand shahar H. Abdullaev ko‘chasi yo‘l to‘shamasi rekonstruksiyasida qo‘llanilib, taklif qilinayotgan variant bo‘yicha yo‘l qurilishi arzonlashgan.
Bundan tashqari, dissertatsiya ishi yuzasidan «Express-Projekt» MChJ, “Mardi Bunyodkor Qurilish” MChJ, “Samarqandyo‘lloyihalash” MChJ tomonidan ilmiy-tadqiqot ishi natijalarining amaliyotga qo‘llanilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidan ma’lumotnoma taqdim etilgan.
Bundan tashqari o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Ilmiy-texnik kengashining qarori bilan qabul qilingan (2025 yil 25 Fevraldagi №04/06 -son ma’lumotnoma)