Obidov Kamoliddin Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta tozalash korxonalarida energetik servis tizimi samaradorligini oshirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3965
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich texnika fanlari doktori, professor; Xaliknazarov Urolboy Abduraxmanovich PhD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonalarida elektr uskunalarining ishdan chiqishini, ularning texnik holatini va ishlatish samaradorligini baholash, monitoring qilish, prognozlash va texnik xizmat ko‘rsatish asosida energetik servis tizimi samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxta tozalash korxonalari elektr uskunalarining ish rejimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash usuli va algoritmi ularni asosiy va yordamchi guruhlarga tasniflash asosida ishlab chiqilgan;
elektr uskunalarining ishdan chiqish vaqtini, ularning texnik holatini va ishlatish samaradorligini baholash imkonini beruvchi prognozlash usuli sun’iy neyron tarmoqlar asosida ishlab chiqilgan;
paxta tozalash korxonalari texnologik jarayoni xususiyatidan kelib chiqib, energetik servis tizimini joriy etish asosida elektr energiyasi iste’molini kamaytirishning matematik modeli mahsulot ishlab chiqarish hajmini saqlagan holda oddiy va integral ko‘rinishidagi chegaraviy shartlarni hisobga olib ishlab chiqilgan;
paxta tozalash korxonalarida energetik servis tizimi samaradorligini oshirishda elektr uskunalarning texnik holatini baholash usuli va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. paxta tozalash korxonalarida energetik servis tizimi samaradorligini oshirish mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida: 
elektr uskunalarining ish rejimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash usuli va algoritmi “BCT Cluster Agrokompleks”ga qarashli paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 28 oktyabrdagi №02/22-347 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta-tozalash korxonalarida elektr uskunalarining ish rejimiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni hisobga olish asosida hisoblash aniqligini 3%gacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
elektr uskunalarining ishdan chiqishini, ularning texnik holatini va ishlatish samaradorligini baholash imkonini beruvchi prognozlash usuli “BCT Cluster Agrokompleks”ga qarashli paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 28 oktyabrdagi №02/22-347 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uskunalarning ishdan chiqish vaqtini prognozlash yordamida ularning to‘xtab turish vaqtini 25,8% ga yoki 2650 soatga qisqartirish hamda ularning ishdan chiqishini, texnik holatini va ishlatish samaradorligini to‘g‘ri baholash yordamida ishdan chiqishlar sonini yil davomida o‘rtacha 21 tadan 14 taga, ya’ni 33%ga yoki 7 taga, ishdan chiqish ko‘rsatkichi esa 2,6 dan 1,7 taga, ya’ni 35% ga yoki 0,9 taga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
elektr energiyasi iste’molini kamaytirishning matematik modeli “BCT Cluster Agrokompleks”ga qarashli paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 28 oktyabrdagi №02/22-347  sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor maxsulot ishlab chiqarishda korxona tomonidan belgilangan rejani bajarishda rejalashtirilgan va optimallashtirilgan elektr energiyasi o‘rtasidagi farq 8,176·104·kVt·sni tashkil etib, maxsulot ishlab chiqarish hajmini saqlagan holda rejaga nisbatan 2,5%ga kam elektr energiyasini sarflash imkoniyati yaratilgan;
elektr uskunalarning texnik holatini monitoring qilish va baholashning dasturiy ta’minoti hamda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi “BCT Cluster Agrokompleks”ga qarashli paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 28 oktyabrdagi №02/22-347 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, energetik servis faoliyatini amalga oshirishda dasturiy ta’minot natijalari asosida qabul qilingan qarorlar yordamida  yiliga qo‘shimcha 27,72 tonna paxta tolasi yoki shunga mos ravishda 526 680 000 so‘mlik paxta tolasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish