Ismatov Jumaniez Fayzullaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Engil avtomobil dvigatellari chiqindi gazlarida uglerod emissiyasini minimallashtirish uchun benzin-vodorod yonilg‘isini qo‘llashning ilmiy asoslari”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T191.
Ilmiy maslahatchi: Qodirov Sarvar Muqadirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Kadir Aydin professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi benzin-vodorod yonilg‘isidan foydalangan holda engil avtomobil dvigatellari chiqindi gazlarida uglerod emissiyasini minimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
interpolyasiya usulidan foydalanib, Otto siklida benzin-vodorod yonilg‘isida ishlaydigan dvigatelining ish siklining samaradorligini baholash va chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod emissiyalarini kamaytirish imkoniyatini nazariy jihatdan asoslash uslublari, yonish jarayonining faollashuv energiyasini oshirishni inobatga olgan holda takomillashtirilgan;   
grafik-analitik usuldan foydalangan holda, dvigatelning yonilg‘i-havo aralashmasiga beriladigan vodorod miqdorini hisobga olgan holda engil avtomobil dvigatelining keng diapazondagi tezlik va yuklanish rejimlarida samarali yonishini ta’minlovchi benzin-vodorod yonilg‘isining benar aralashmasi tarkibini hisoblash uslubi takomillashtirilgan;
dvigatelning ishlash rejimlarini hisobga olgan holda eksprimental tadqiqot usullaridan foydalanib, dvigatel yonish fazasining davomiyligini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;  
yonish jarayoning asosiy yonish fazasida korrelyasion-regression tahlil usuli yordamida, benzin-vodorod yonilg‘isining yonish issiqligidan samarali foydalanish darajasini baholash usuli takomillashtirilgan;  
uchqundan o‘t oladigan dvigatel benzin-vodorod yonilg‘isida ishlaganda, ish jarayonining samaradorligi va chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod emissiyalarini kamayishi eksperimental usullar yordamida asoslangan; 
dvigatelga benzin-vodorod yonilg‘isidan fodalanganda, yonish fazalarining davomiyligini baholash mezonlari yonuvchi aralashma tarkibidagi vodorod miqdori inobatga olinib, eksperimental usullar yordamida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqod natijalarining joriy qilinishi. Yonilg‘i samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshirish va ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan engil avtomobillarda chiqindi gazlarining uglerod emissiyalarini, benzin-vodorod benar yonilg‘isini berish orqali minimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqoti natijalari asosida:
Otto siklida benzin-vodorod yonilg‘isida ishlaydigan dvigatelining ish siklining samaradorligini baholash va chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod emissiyalarini kamaytirish imkoniyatini nazariy jihatdan asoslashning takomillashtirilgan uslublari Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil “24” - aprel 03-03/1-03/3-3999-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, benzin-vodorod yonilg‘isi bilan ishlaydigan turli xil transport vositalarida, xususan, uchqundan o‘t oladigan ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan engil avtomobilda yonilg‘i tejamkorligi 11% gacha energiya tejamkorligiga erishilib, ekologik muammolarini kamayishiga olib kelgan;
engil avtomobil dvigatelining keng diapazondagi tezlik va yuklanish rejimlarida samarali yonishini ta’minlovchi benzin-vodorod yonilg‘isining benar aralashmasi tarkibini hisoblashning takomillashtirilgan uslubi Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil “24” - aprel 03-03/1-03/3-3999-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, benzin-havo aralashmasiga vodorod berish orqali o‘tqazilgan poligon sinovi davomida 120 km/soat tezlikda-11,17%, 90 km/soat tezlikda-11,06% va shahar siklida-6,29% yonilg‘i tejamkorligiga erishilgan;
eksprimental tadqiqot usullaridan foydalanib, dvigatelning yonish fazasining davomiyligini aniqlash uslubi Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil “24” - aprel 03-03/1-03/3-3999-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, benzin-vodorod yonilg‘isi bilan yonish fazasining davomiyligi 50 dan 70 gacha kamayishga erishildi, bu aralashmaning to‘liq yonishiga olib keladi; 
asosiy yonish fazasida benzin-vodorod yonilg‘isining yonish issiqligidan samarali foydalanish darajasini dvigatelning ish rejimini baholashning takomillashtirilgan usuli Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil “24” - aprel 03-03/1-03/3-3999-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahri avtomobil yo‘llarida o‘tkazilgan shahar siklida sinov natijalariga ko‘ra yonilg‘i 7% tejalgan. O‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra, benzin bilan uglerod oksidi 0,7 foiz, hajmi bo‘yicha uglerod 129 mil-1; uglerod oksidi benzin-vodorod yonilg‘isi bilan 0,33 foiz, uglerod hajmi bo‘yicha 97 mil-1 tashkil etgani aniqlandi; 
benzin-vodorod yonilg‘isida dvigatelining ish jarayonining samaradorligi, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod emissiyalarini kamaytirishi hisob-analitik va eksperimental usullar yordamida asoslanishi Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil “24” - aprel 03-03/1-03/3-3999-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, benzin-havo aralashmasiga vodorod qo‘shilganda, silindrga quyiladigan yonilg‘i miqdori 15% gacha kamaydi.  Olingan tashqi tezlik xususiyatlari, dvigatelning turli rejimlari, benzin va benzin-vodorod yonilg‘isi bilan ekologik baholash CO 30-50%, Ch 6-20%, NOx 5-12% va issiqxona gazlari, karbonat angidrid CO2 15-30% miqdoridagi zararli chiqindilarni kamaytirishiga olib keladi;
yonuvchi aralashma tarkibidagi vodorod miqdori inobatga olinib, eksperimental usullar yordamida ishlab chiqilgan, benzin-vodorod yonilg‘isida ishlaganda dvigatelning yonish fazalarining davomiyligini baholash mezonlari Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil “24” - aprel 03-03/1-03/3-3999-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Benzin-vodorod yonilg‘isidan foydalanish iqtisodiy jihatdan asosli bo‘lib, bir litr benzin uchun 2610 so‘mgacha bo‘lib, dvigatelning turli ish rejimlarida quvvatini 5 dan 10 foizgacha oshiradi. Natijada,  bitta engil avtomobilni benzin-vodorod yonilg‘isi bilan ekspluatatsiya qilishning yillik energiya va ekologik samaradorligi 2,9 mln. so‘mni tashkil etib, yillar davomida bartaraf etilishi kerak bo‘lgan atrof-muhitga etkaziladigan zarar 98,7 ming so‘mni tashkil etishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish