Olimov Hamid Haydarovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zani bostirib sug‘orish uchun ko‘ndalang pollarni hosil qilish va buzishni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnik echimlari”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T765.
Ilmiy maslahatchi: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xudoyarov Anvar Nazirjonovich; texnika fanlari doktori, professor Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich; texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Abdulxaev Xurshed G‘afurovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za qatorlari oralarida ko‘ndalang pollarni hosil qilish va ularni buzish jarayonlarini mexanizatsiyalash yo‘li bilan paxta etishtirishda mehnat sarfini kamaytirish va ish unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
energiya va resurs tejamkorlikni ta’minlash uchun ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalarning konstruktiv sxemalari ko‘ndalang pollarni hosil qilish jarayoni g‘o‘za qatorlari oralarida sug‘orish egatlarini ochish bilan birgalikda va ularni buzish jarayoni g‘o‘za qatorlari oralariga sug‘orishdan keyin ishlov berish bilan birgalikda bajarilishi shartidan ishlab chiqilgan;
ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalar ishchi qismlari parametrlarining o‘zgarish chegaralari g‘o‘za qatorlari oralari tuprog‘ining fizik-mexanik xossalari va agregat harakat tezligini hisobga olingan holda keltirib chiqarilgan analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
g‘o‘za qatorlari oralaridagi ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalar ishchi qismlarining turlari tuproqni talablar darajasida uvalanishi, g‘o‘za nihollariga shikast etkazilmasligi, energiya sarfi minimal bo‘lishi hisobga olingan holda aniqlangan;
g‘o‘za qator oralaridagi ko‘ndalang pollarni buzadigan moslamaning yuqorigi va pastki o‘qyoysimon panjalar orasidagi tik masofa pol balandligini hisobga olgan holda, o‘qyoysimon panjalarning qamrash kengliklari ular g‘o‘za nihollari shikastlanmasligi, o‘qyoysimon panjalar orasidagi bo‘ylama masofa esa ular orasiga tuproq tiqilib qolmasligi shartlaridan ishchi qismlarning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zani bostirib sug‘orish uchun ko‘ndalang pollarni hosil qilish va buzishni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘za bostirib sug‘oriladigan hududlarda ko‘ndalang pollarni buzadigan moslamaga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining foydali modelga patenti olingan (“Chopiq agregati”, FAP 02229 – 2023 y.) hamda g‘o‘za qatorlari oralarida ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalar bilan jihozlangan paxtachilik kultivatoriga dastlabki talablar hamda ularing konstruksiyalarini yaratish uchun texnik torshiriqlar ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtachilik kultivatorlari uchun ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan g‘o‘za qatorlari oralarida ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalar bilan jihozlangan paxtachilik kultivatorlari Buxoro viloyatining Vobkent, Buxoro va G‘ijduvon tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘ndalang pollarni hosil qilishda mehnat sarfi 3,9 marta va boshqa xarajatlar 11,2 foizga kamayishiga hamda ularni buzishda esa mehnat sarfi 3,8 marta va boshqa xarajatlar 13,1 foizga kamaygan;
paxtachilik kultivatorlari uchun g‘o‘za qatorlari oralarida ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalarning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun ularning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriqlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-369-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtachilik kultivatori uchun g‘o‘za qatorlari oralarida ko‘ndalang pollarni hosil qiladigan va ularni buzadigan moslamalarni sanoat usulda ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish