Ulashov Jonibek Zaynitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Butalgan shox-shabbalarni maydalash qurilmasi parametrlarini asoslash”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4891
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxamadjanov Maxamat Ibraxim Axmatjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi, nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi butalgan daraxt shox-shabbalarni belgilangan talablar darajasida maydalashga mo‘ljallangan, kam material va energiya sarfiga ega maydalash qurilmasini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik jarayonda butalgan shox-shabbalarni qamrab olish, qirqish va tashqariga chiqarib berish jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan shnekli maydalash apparatiga ega energiya va material sig‘imi ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan ixcham konstruksiyali maydalash qurilmasi ishlab chiqilgan;
butalgan daraxt shox-shabbalarni maydalash apparatiga qulay uzatish va maydalash apparati bilan ishonchli qamrab olinishini ta’minlash uchun uzatish novi va maydalash shnegining o‘zaro joylashish sxemasi asoslangan;
maydalash shnegi o‘ramlarining joylashish burchagi, ya’ni o‘ramlarning vint chizig‘i bo‘yicha ko‘tarilish burchagi maydalash apparatiga uzatib berilayotgan shox-shabbalarni ishonchli qamrab olib, maydalash zonasiga olib kirish hamda sirpanib kesishni ta’minlash shartidan aniqlangan:
maydalash shnegi o‘ramlari qadami qurilma texnologik ish jarayonida shox-shabbalarni maydalash uzunligini belgilangan talablar darajasida bo‘lishini ta’minlashni hisobga olgan holda, kesuvchi shnek o‘ramlari balandligi esa maydalanadigan shox-shabbalar diametridan katta bo‘lish shartidan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Butalgan daraxt shox-shabbalarni maydalash qurilmasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
modellashtirish usuli asosida energiya va material sig‘imi ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan va yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan maydalash qurilmasining konstruksiyasi Toshkent viloyatining Parkent tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-514-sonli ma’lumotnomasi). Natijada energiya va material sig‘imi ko‘rsatkichlari 1,1-1,2 marta kam bo‘lgan maydalash qurilmasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
butalgan daraxt shox-shabbalarini maydalash qurilmasi va uning parametrlarini aniqlash kompyuter dasturi Toshkent shahri Yunusobod tumani “Obodonlashtirish boshqarmasi”da joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 29 oktyabrdagi 03-03/3-10628-sonli ma’lumotnomasi). Natijada butalgan daraxt shox-shabbalarini maydalashda mavjud maydalash qurilmalariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,2 martagacha kamayishiga erishilgan;
tajribalarni rejalashtirish nazariyasi uslubi Toshkent shahri Mirobod tumani “Maxsustrans boshqarmasi”da joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 29 oktyabrdagi 03-03/3-10628-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ish unumdorligini 12-15 % ga oshirish va mehnat sarfini 1,2 martagacha kamaytirish imkonini bergan;
butalgan daraxt shox-shabbalarni maydalash qurilmasini o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari Toshkent viloyatining Zangiota tumani “DON MAHSULOT SAVDO” oilaviy korxonasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-514-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, butalgan daraxt shox-shabbalarni maydalash uchun metall va materialhajmdorligi kam bo‘lish bilan birga ularni talab etilgan o‘lchamda maydalab beradigan qurilmani ishlab chiqarish va tijoratlashtirish imkoniyati yaratilgan.