Ergashev Nurillo Toxirbek o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Katta hajmli traktor tirkamasi tormoz tizimi parametrlarini asoslash”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5469 
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xankelov Tavbay Karshievich, texnika fanlari doktori, professor; Astanaqulov Komil Do‘llievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy ishlab chiqarilgan katta hajmli traktor tirkamasi tormoz tizimining parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta hajmli traktor tirkamasi uchun tormozlanish jarayonida tayanch yuzaning normal reaksiya kuchlari qayta taqsimlanishini baholash imkonini beradigan tormozlash samaradorligining empirik koeffisienti qiymatlari aniqlangan;
katta hajmli traktor tirkamasi tormoz yuritmasining ishlash jarayonini o‘tkazuvchi quvur va tormoz kamerasi diametrlariga bog‘liq ravishda o‘qlarining tormozlashini sinxron bo‘lmagan holda ishlashini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
katta hajmli traktor tirkamasi tormoz tizimini funksional tugallangan elementlar usuli asosida hisoblash modeli ishlab chiqilgan;
katta hajmli traktor tirkamasi tormoz tizimi ish jarayonini tashqi ta’sir, yuritmalar tizimi, boshqaruv ta’siri, tormoz kuchining o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishini hisobga oluvchi sonli hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuk ko‘taruvchanligi oshirilgan, katta hajmli traktor tirkamasi tormoz tizimining parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy natijalar joriy etilgan:
katta hajmli traktor tirkamasining tormozlash samaradorligini empirik koeffisienti qiymatlari “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2024 yil 18 yanvardagi 17/07-25-2011-son ma’lumotnomasi). Natijada, katta hajmli traktor tirkamasi uchun tormozlanish jarayonida tayanch yuzaning normal reaksiya kuchlari qayta taqsimlanishini baholash imkonini bergan;
ilmiy asoslangan katta hajmli traktor tirkamasi tormoz yuritmasining ishlash jarayonini o‘tkazuvchi quvur diametri va tormoz kamerasi diametrlariga bog‘liq holda o‘qlarining tormozlashini sinxron bo‘lmagan holda ishlashini hisoblash uslubi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2024 yil 18 yanvardagi 17/07-25-2011-son ma’lumotnomasi). Natijada, tirkamaning orqa o‘qlari g‘ildiraklari oldingi o‘q g‘ildiraklaridan tezroq tormozlash hisobiga turg‘un tormozlanishi ta’minlangan;
katta hajmli traktor tirkamasi tormoz tizimini funksional tugallangan elementlar usuli asosida hisoblash modeli “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2024 yil 18 yanvardagi 17/07-25-2011-son ma’lumotnomasi). Natijada tormoz tizimining elementlari paramertlari asoslangan;
tirkamalar tormoz tizimi ish jarayonini sonli hisoblash uslubi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2024 yil 18 yanvardagi 17/07-25-2011-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash-konstruktorlik ishlari, tajriba va sanoat nusxalarini ishlab chiqarishning samaradorligini 25% ga oshirishga erishilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi orqali ishlab chiqilgan katta hajmli traktor tirkamasidan foydalanishda, bir yil mobaynida kutilayotgan iqtisodiy samara 42,5 mln. so‘m ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish