Yusupov Risnazar Orazbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston poliz ekinlari biotsenozida ikki qanotlilarning rivojlanish bioekologiyasi va zararkunanda turlariga qarshi kurash tadbirlarini ilmiy asoslash”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Qx129.
Ilmiy rahbar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xaytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sadullaev Sanjarbek Madiyarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poliz ekinlari biotsenozida uchraydigan ikki qanotlilar (Diptera) turkumi vakillarini bioekologik rivojlanish xususiyatiga bog‘liq turlarga ajratish, zararkunanda turlarining zarar keltirish darajasini, tabiiy kushandalarning ahamiyatini tadqiq etgan holda qarshi kurash usullarining samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston hududi poliz ekinlari biotsenozida yoz oylarida havo harorati boshqa o‘simlik turlariga nisbatan 4,9-6,5 °C ga past, nisbiy namlik 3,1-5,9 %ga yuqori bo‘lishi, qulay mikroiqlim sharoitlarining vujudga kelishida asosiy abiotik omillar sifatida belgilangan;
poliz ekinlari dalalarida tarqalgan ikki qanotlilar turkumi vakillaridan: zararkunandalar hisobida qovun pashsha - Myiopardalis pardalina Big, g‘ovaklovchi pashsha - Liriomyza bryoniae (Kaltenbach), entomofaglardan sirfid pashsha - Scaeva pyrastri L., taxina pashsha - Clytiomyia helluo F., gallis afidimiza - Aphidoletes aphidimyza Rand.,  ikkilamchi turlardan karam pashsha - Delia floralis., qora pashsha - Musca  domestica., haqiqiy chivin - Culex  pipiens., drozofila meva pashsha- Drosophila melanogaster., kulrang mayda pashsha - Simulium argyreatum., shercha-xameleon pashsha - Stratiomys chamaeleon., yashil yaltiroq pashsha - Lucilia sericata., kulrang go‘sht pashshalar - Sarcophaga carnaria biotsenozning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ekanligi aniqlangan;
qovun pashshaning rivojlanish bioekologiyasidagi asosiy xususiyatlaridan biri, qo‘yi chegarasi 10 °C hisoblanganda: o‘rtacha tuxumiga 55,6°C, qurtiga 213,3°C, g‘umbagiga 244,6°C, jami 513,5°C talab etilganligi va qishlovga ketgan g‘umbaklari kelgusi yili kuz oyida 3,1 %, ikki yildan so‘ng 1,1 % chiqish imkoniyati mavjud ekanligi, mazkur agroiqlim sharoitida to‘la moslashganligini isbotlangan;
g‘ovaklovchi pashsha hudud sharoitida so‘nggi yillari paydo bo‘lib, bugungi kunda qovunda 17,4-22,7%, tarvuzda-10,5-16,2%, qovoqda-15,3-26,1% va bodring o‘simligining 16,5-31,4% barglarida qurtlarning rivojlanganligi hisobga olinib, qovunning bir bargida 5,1-10,4 donadan 26,3-37,8 donagacha qurtlari rivojlanganda, tuptagi mevalar vazni 0,5-1,9 kg, qovoqda 9,4-46,1 donasi 0,4-1,5 kg hosilni  kamaytirib, sifatiga salbiy ta’sir etganligi ilmiy asoslangan;
ikki qanotlilar turkumi zararkunandalarining qurt va g‘umbaklarini stafilinid, yirtqich qo‘ng‘iz va chumolilar tomonidan va o‘rgimchak tuzoqlariga ilinib, etuk zotlarining kamayganligi, turlar sonini boshqarishda ayrim agrotexnik usullarning samaradorligi baholangan;
qovun pashsha etuk zotining tarqalishini aniqlashda feromon tutqichlarni qo‘llash, kimyoviy preparatlarning zararkunanda pashshalarga va entomofaglarga ta’siri hamda ularning poliz ekinlarini himoya qilishda biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poliz ekinlari biotsenozida ikki qanotlilar turkumi zararkunanda turlarining biologik va ekologik rivojlanish xususiyatlari, keltiradigan zararini o‘rganib, ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
hudud sharoitida poliz ekinlarini etishtiradigan fermer xo‘jaliklari uchun «Qaraqalpaqstan sharayatinda paliz eginlerinde eki qanatlilar topariniң bioekologiyaliq rao‘ajlanio‘ өzgesheligi, qarsi gүres ilajlari», «Poliz ekinlaridan qovun, tarvuzni zararli omillardan himoya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar», «Paliz eginlerindegi eki qanatlilar topari ziyankeslerine qarsi gүres ilajlarin shөlkemlestirio‘ boyinsha usinislar» nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 sentyabr 03/017-3852-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar bugungi kunda fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari tomonidan amaliy faoliyatida foydalanib kelinmoqda;
qovun pashshasiga qarshi kurashda agrotexnik tadbirlarni olib borish, mevaga tuxum qo‘yishning oldini olish uchun himoyalovchi vositalardan foydalanish, etuk zotiga qarshi ertalabdan kimyoviy usulni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar 2350 gektarda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 sentyabr 03/017-3852-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrotexnik tadbirlarning biologik samaradorligi 70,5-93,2%ni, himoyalovchi vositalar 94,7-97,3%ni, kimyoviy preparatlar 96,3-98,9%ni tashkil qilgan, gektaridan 145,3-155,7 sentner hosil himoya qilinib, 306,0-337,1% rentabellik darajasiga erishilgan;
poliz dalalarida so‘nggi yillari paydo bo‘lib, barglarga zarar keltiradigan g‘ovaklovchi pashsha turiga qarshi kurash uslublari 112 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 sentyabr 03/017-3852-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 so‘m 1,3-4,0 baravar qoplanganligi aniqlangan;
ishlab chiqarishga tavsiya etilgan kimyoviy preparatlardan qovun pashshaga qarshi Param 55% em.k., Defentoks 2,5% em.k., Enjio 24,7% sus.k., Dalate 5% em.k. preparatlari qo‘llanilib, 3256 gektarga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 sentyabr 03/017-3852-son ma’lumotnomasi). Natijada, 97,4-98,9% biologik samaradorlikka erishilib, tadbirning xo‘jalik samaradorligi 195,3-207,4 s/ga.ni tashkil qilgan va gektariga 18493,8-19166,1 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
qovun va qovoq ekinida g‘ovaklovchi pashshaga qarshi Desis, 2,5% em.k., Konfidor, 20% em.k., Mospilan, 20% n.kuk., Vertimek, 1,8% em.k. preparatlar qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 sentyabr 03/017-3852-son ma’lumotnomasi). Natijada, 91,0-96,0% biologik samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish