Karimova Hapizahon Qo‘ldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kitobxonlikka qiziqtirish asosida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdazizov Azizjon Abdusabirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; A’dug‘aniev Ozodjon Tursunbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi kitobxonlikka qiziqtirish asosida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlarni kitobxonlikka qiziqishini va ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari fan sohalariga oid adabiyotlarga qiziqtirish, voqelikni aynan idrok etish, tasavvurlarini boyitish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda hayotiy va obrazli tafakkur yuritish, jamiyat hayotidagi faollik sifatlarini dinamik rivojlantirib borish asosida aniqlangan;
xotin-qizlarni jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirishda AKT dan foydalanishning pedagogik modeli kitob bilan muloqotga kirishish, badiiy asar qahramonlariga baho berish, milliy koloritni his etish, shaxslararo munosabat me’yorini o‘zlashtirishga undash hamda estetik didning samaradorlik darajasi va ehtiyojlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish jarayonlari aqliy va emotsional faollik, umumiy-intellektual va nutqiy ko‘nikmalar, masofaviy axborot ko‘rsatish, mustaqil o‘qigan asarlarini mutolaa qilish teranligini ta’minlash, o‘zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlangan ilovasidan ratsional foydalanish hamda strategik, taktik zamonaviy-davriy yo‘nalishlarni vujudga keltirgan gnesiologik va aksiogen sabablarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
kitobxonlikka qiziqtirish asosida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi badiiy adabiyot namunalariga qiziqish motivlari, oilaviy va mustaqil kitobxonlik, aniqlikka rioya qilish, ovoz chiqarib o‘qish, belgi qo‘yib o‘qish hamda adabiy o‘yinlar, muammoli vaziyatlarni tashkil etish va baholash mezonlarini tadrijiylik prinsipi bo‘yicha aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kitobxonlikka qiziqtirish asosida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar:
xotin-qizlarni kitobxonlikka qiziqishini va ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari fan sohalariga oid adabiyotlarga qiziqtirish, voqelikni aynan idrok etish, tasavvurlarini boyitish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda hayotiy va obrazli tafakkur yuritish, jamiyat hayotidagi faollik sifatlarini dinamik rivojlantirib borish asosida aniqlashga oid takliflar tavsiyalar “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1- maydagi 11-05-2786/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarda, yosh onalarimizda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan.
xotin-qizlarni jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirishda AKT dan foydalanishning pedagogik modeli kitob bilan muloqotga kirishish, badiiy asar qahramonlariga baho berish, milliy koloritni his etish, shaxslararo munosabat me’yorini o‘zlashtirishga undash hamda estetik didning samaradorlik darajasi va ehtiyojlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kutubxonalarning innovatsion faoliyati” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1- maydagi 11-05-2786/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda badiiy asarlarni baxolash estetik didlarini rivojlantirish sifatlari takomillashtirilgan.  
xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish jarayonlari aqliy va emotsional faollik, umumiy-intellektual va nutqiy ko‘nikmalar, masofaviy axborot ko‘rsatish, mustaqil o‘qigan asarlarini mutolaa qilish teranligini ta’minlash, o‘zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlangan ilovasidan ratsional foydalanish hamda strategik, taktik zamonaviy-davriy yo‘nalishlarni vujudga keltirgan gnesiologik va aksiogen sabablarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1- maydagi 11-05-2786/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarni kitobxonlikka qiziqtirish asosida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi jarayonining pedagogik-psixologik  jihatlarini aniqlash imkoni oshirilgan. 
kitobxonlikka qiziqtirish asosida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi badiiy adabiyot namunalariga qiziqish motivlari, oilaviy va mustaqil kitobxonlik, aniqlikka rioya qilish, ovoz chiqarib o‘qish, belgi qo‘yib o‘qish hamda adabiy o‘yinlar, muammoli vaziyatlarni tashkil etish va baxolash mezonlarini tadrijiylik prinsipi bo‘yicha aniqlashtirish asosida dalillashga oid tavsiyalar “Kutubxonalarning innovatsion faoliyati” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1- maydagi 11-05-2786/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning bilimlarini baxolash mezonlari takomillashtirilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish