Muxtarov Farrux Muxammadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot xuruji davrida “Kiberxavfsizlik” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1116.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sultanov Ugiloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari himoya qilish usullarining qonuniylikka mos ravishda kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan yagona yondashuv muhitini shakllantirish hamda kibertahdidlar sharoitida talabalarning kiberetika madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy tamoyillarni tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minoti mazmuni xavfsizlik terminlarning semantik tuzilmasini ta’limiy maqsadlarga mosligini aniqlash, shifrlash-kodlash, kriptografik algoritmlar, tarmoq xavfsizligi va ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha zamonaviy himoya usullarini kiritish hamda foydalanuvchi interfeysini identifikatsiya, autentifikatsiya va konfidensiallik jarayonlariga proporsional mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitish jarayonida talabalar kiberetika madaniyatini shakllantirish modeli axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolarini darajalash, axborot va kiberxavfsizlikning o‘ziga xos differensial xususiyatlarini kolloboratsiyalash hamda global muammolar echimini tizimli-tuzulmaviy tahlil qilish va argumentlash, uzlyuksizlik, fanlararo aloqadorlik tamoyillarini informativ, kontekstli, integrativ, faoliyatli yondashuvlarga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotni joriy etish metodikasi interaktiv usullar, virtual makonda axborot tahdidlari va kiberhujum strategiyalariga tezkor javob berish imkonini beruvchi audiovizual axborot, blokcheyn, bulut texnologiyalar, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘qish bilan bog‘liq derivativ, assotsiativ birliklarni raqamli ta’lim vositalarga moslashtirish hamda kiberetika madaniyatining rivojlanganligini asoslovchi komponentlarni ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitish jarayonida talabalar kiberetika madaniyatini shakllantirish samaradorligi axborot xavfsizligini ta’minlash, dasturiy va texnik vositlardan maqsadli foydalanish, tarmoqlararo klassifikatsiyasini aniqlashtirish hamda axborot xurujining ta’lim jarayoniga ta’sir jihatlarini o‘rganish va talabalarda kibertahdidlarga qarshilik ko‘rsatishning o‘quv kognitiv, kommunikativ tafakkur qilish, integrativ-kreativ ko‘nikmalarni barqaror rivojlantirish darajalariga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari himoya qilish usullarining qonuniylikka mos ravishda kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan yagona yondashuv muhitini shakllantirish hamda kibertahdidlar sharoitida talabalarning kiberetika madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy tamoyillarni tasniflash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Kiberxavfsizlik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7601/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitish mazmuni kengaytirilgan;
axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minoti mazmuni xavfsizlik terminlarning semantik tuzilmasini ta’limiy maqsadlarga mosligini aniqlash, shifrlash-kodlash, kriptografik algoritmlar, tarmoq xavfsizligi va ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha zamonaviy himoya usullarini kiritish hamda foydalanuvchi interfeysini identifikatsiya, autentifikatsiya va konfidensiallik jarayonlariga proporsional mosligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kiberxavfsizlik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7601/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti mazmuni kengaytirilgan;
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitish jarayonida talabalar kiberetika madaniyatini shakllantirish modeli axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolarini darajalash, axborot va kiberxavfsizlikning o‘ziga xos differensial xususiyatlarini kolloboratsiyalash hamda global muammolar echimini tizimli-tuzulmaviy tahlil qilish va argumentlash, uzlyuksizlik, fanlararo aloqadorlik tamoyillarini informativ, kontekstli, integrativ, faoliyatli yondashuvlarga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kiberxavfsizlik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7601/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalardan axborot xavfsizligini ta’minlash va kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarb muammolarini aniqlashga erishilgan;
axborotlar xuruji davrida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotni joriy etish metodikasi interaktiv usullar, virtual makonda axborot tahdidlari va kiberhujum strategiyalariga tezkor javob berish imkonini beruvchi audiovizual axborot, blokcheyn, bulut texnologiyalar, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘qish bilan bog‘liq derivativ, assotsiativ birliklarni raqamli ta’lim vositalarga moslashtirish hamda kiberetika madaniyatining rivojlanganligini asoslovchi komponentlarni ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kiberxavfsizlik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. Natijada “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘zlajtirishning ijobiy natijalariga erishilgan.
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o‘qitish jarayonida talabalar kiberetika madaniyatini shakllantirish samaradorligi axborot xavfsizligini ta’minlash, dasturiy va texnik vositlardan maqsadli foydalanish, tarmoqlararo klassifikatsiyasini aniqlashtirish hamda axborot xurujining ta’lim jarayoniga ta’sir jihatlarini o‘rganish va talabalarda kibertahdidlarga qarshilik ko‘rsatishning o‘quv kognitiv, kommunikativ tafakkur qilish, integrativ-kreativ ko‘nikmalarni barqaror rivojlantirish darajalariga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kiberxavfsizlik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7601/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada axborotlar xuruji davrida talabalarda kiberetika madaniyatini shakllantirishning aspektlari aniqlashtirilgan.