Mirzaeva Gulmera Maxmanazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda xalq hunarmandchiligini o‘rganishda texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7088.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning xalq hunarmandchiligini o‘rganishda texnologik  kompetensiyalarni texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda xalq hunarmandchiligini o‘rganishda texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kreativ psixologik-pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi dizayn-ijodiy, ijodiy-madaniy va kasbiy pedagogik funksiyalariga integratsiyalash, motivatsion, emotsional, kognitiv, amaliy-operatsion, refleksiv omillarni emperik, nazariy, algoritmik va ijodiy darajalarga mosligini ta’minlash hamda samaradorligining oshishiga xizmat qilishga qaratilgan modulli va kasbiy kompetensiyaga asoslangan muhitga moslashtirish asosida aniqlangan;
talabalarda xalq hunarmandchiligiga oid texnologik kompetentligini rivojlantirish modeli pedagogik jarayonlarning qonuniyatlariga ustuvorlik berishda obektiv va subektiv omillarga maqsadli, tashkiliy, mazmunli va natijali komponentlarning ichki integratsiyasini taʻminlash hamda kognitiv, affektiv va psixomotorik o‘quv maqsadlariga mos shaxsiy faoliyatli, integrativ va kompetensiyaviy kabi innovatsion yondashuvlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda xalq hunarmandchiligiga oid texnologik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanini o‘qitish jarayonida modulli, STEAM texnologiyalari va Moursand, AJIL va SAN kabi interfaol metodlarni qo‘llash hamda kichik mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi auditoriyadagi nazariy, amaliy, ko‘rgazmali va mashg‘ulotlarda adekvat mezonlarni texnologik kompetentlikning baholash darajalari bilan uyg‘unlashtirish hamda o‘quv-uslubiy ta’minotini talabalar faoliyatiga to‘g‘ri yo‘naltirish va o‘zaro bog‘liqlikni taʻminlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda xalq hunarmandchiligini o‘rganishda texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda xalq hunarmandchiligini o‘rganishda texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kreativ psixologik-pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi dizayn-ijodiy, ijodiy-madaniy va kasbiy pedagogik funksiyalariga integratsiyalash, motivatsion, emotsional, kognitiv, amaliy-operatsion, refleksiv omillarni emperik, nazariy, algoritmik va ijodiy darajalarga mosligini ta’minlash hamda samaradorligining oshishiga xizmat qilishga qaratilgan modulli va kasbiy kompetensiyaga asoslangan muhitga moslashtirish asosida aniqlashga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o‘qitish texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 20-yanvardagi 02/01-01-6-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda xalq hunarmandchiligini o‘rganishda texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish mazmuni boyitilgan;
talabalarda xalq hunarmandchiligiga oid texnologik kompetentligini rivojlantirish modeli pedagogik jarayonlarning qonuniyatlariga ustuvorlik berishda obektiv va subektiv omillarga maqsadli, tashkiliy, mazmunli va natijali komponentlarning ichki integratsiyasini ta’minlash hamda kognitiv, affektiv va psixomotorik o‘quv maqsadlariga mos shaxsiy faoliyatli, integrativ va kompetensiyaviy kabi innovatsion yondashuvlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o‘qitish texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 20-yanvardagi 02/01-01-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuvlar talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining sifat va samaradorligini ta’minlagan;
talabalarda xalq hunarmandchiligiga oid texnologik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanini o‘qitish jarayonida modulli, STEAM texnologiyalari va Moursand, AJIL va SAN kabi interfaol metodlarni qo‘llash hamda kichik mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o‘qitish texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 20-yanvardagi 02/01-01-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi auditoriyadagi nazariy, amaliy, ko‘rgazmali va mashg‘ulotlarda adekvat mezonlarni texnologik kompetentlikning baholash darajalari bilan uyg‘unlashtirish hamda o‘quv-uslubiy ta’minotini talabalar faoliyatiga to‘g‘ri yo‘naltirish va o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar   “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 20-yanvardagi 02/01-01-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda texnologik kompetentlikka oid kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish