Ismailova Ma’rifat Baxrambek qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.    Umumiy ma’lumotlar
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda B2 darajadagi talabalarning strategik kompetensiyasini muammoli texnologiya asosida takomillashtirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili),(pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7453
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Obidova Gulmira Kuzibaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til va adabiyoti bo‘lgan B2 darajadagi talabalarning strategik kompetensiyasini muammoli texnologiya asosida takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 Muloqot jarayonining interaktivlik xususiyati asosida shakllanuvchi kommunikativ strategiyalar tipologiyasi strategik kompetensiyaning ijro (execution) komponentini PBLning Kategoriya → Maqsad → Strategik vosita blok-sxemasiga funksional joylashtirish natijasida talabaning tezkor reaksiya bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish zaruriyatiga ko‘ra takomillashtirilgan.
 PTPLUR ta’lim jarayonining tayyorlovchi bosqichi muloqotdagi fossilizatsiya (qotib qolish) elementlarini muammoga asoslangan til o‘qitishning SSPS modelidagi “situation” komponentiga biriktirish asosida kompensator strategiyalarni ongli qo‘llash mezoniga ko‘ra takomillashtirilgan.
 Talabalarning strategik kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi STRATEGO ta’lim mexanizmining samaradorligi integral-faoliyat bloklar tarkibini mazmuniy-imitatsion topshiriqlarga integratsiya qilish doirasida semantik-aniqlikka ustunlik berish asosida dalillangan.
 Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari strategik kompetensiyasining didaktik ta’minoti zamonaviy PPSI texnologiyasining “strategic interaction” komponentini muloqot texnikasi (axborot, maqsad, ishtirokchilar)ga gorizontal integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
muloqot jarayonining interaktivlik xususiyati asosida shakllanuvchi kommunikativ strategiyalar tipologiyasi strategik kompetensiyaning ijro (execution) komponentini PBLning Kategoriya → Maqsad → Strategik vosita blok-sxemasiga funksional joylashtirish natijasida talabaning tezkor reaksiya bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish zaruriyatiga ko‘ra takomillashtiruvchi asoslardan “O‘zbekiston talabasi” jurnalining 2024-yil 3-sonidagi “Xorijda tahsil: grant yutib olgunuch va olgach..”, 5-sonidagi “Avval test, so‘ng tanlov tamoyili qanday ishlaydi?”, “Kredit-modul tizimi, talab va taklif ”, 6-sonidagi  ingliz tilidagi “A letter to freshmen from graduated student”, 7-sonidagi “Sleep problems in studens”, “Gates Cambridge scholarship” kabi maqolalarda talabalarning real-hayotiy vaziyatlarda muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha tavsiyalar keltirilgan. (“Integration Center Umid” ma’suliyati cheklangan jamiyat, “O‘zbekiston talabasi” jurnali 2024-yil avgust oyidagi №01/33 ma’lumotnomasi)
PTPLUR ta’lim jarayonining tayyorlovchi bosqichi muloqotdagi fossilizatsiya (qotib qolish) elementlarini muammoga asoslangan til o‘qitishning SSPS modelidagi “situation” komponentiga biriktirish asosida kompensator strategiyalarni ongli qo‘llash mezoniga ko‘ra takomillashtirilgan natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Evropa Ittifoqi tomonidan 2022-2025 yillarda “Erasmus+ International KA107 Credit mobility Key action 1-Mobility for learners and staff- Higher education student and staff mobility” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. (Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti №04/1-2869, 2024-yil 15-oktyabr ma’lumotnomasi)
talabalarning strategik kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi STRATEGO ta’lim mexanizmining samaradorligi integral-faoliyat bloklar tarkibini mazmuniy-imitatsion topshiriqlarga integratsiya qilish doirasida semantik-aniqlikka ustunlik berish asosida dalillangan natijalardan Urganch davlat universitetida amalga oshirilgan S-UZ800-20-GR-0038 raqamli “ACCESS MICROSChOLORShIP PROGRAM” nomli amaliy loyiha doirasida unumli foydalanilgan. (Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi, Urganch Davlat Universiteti №06-22/1, 20.11.2024 yil ma’lumotnomasi)
xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari strategik kompetensiyasining didaktik ta’minoti zamonaviy PPSI texnologiyasining “strategic interaction” komponentini muloqot texnikasi (axborot, maqsad, ishtirokchilar)ga gorizontal integratsiyasi doirasida takomillashtirilgan asoslardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bajarilgan HHM Radiotexnika qo‘shinlari o‘quv terminologik lug‘ati “Erudit” shifrli maqsadli innovatsion loyihani bajarishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil, 18-martdagi № 10/559-son ma’lumotnomasi)

Yangiliklarga obuna bo‘lish