Pattoxov Aziz Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘lak bezlari o‘smalarini KT/MRT radiomik taxlili», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3588.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi, DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01.
Rasmiy opponentlar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Akbar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashina o‘rganish usullari asosida ishlab chiqilgan KT/MRT bashoratli modellarning qo‘llagan holda so‘lak bezlari o‘smalarini operatsiyadan oldin tashxislashni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba sun’iy intellekt va mashina o‘qitish algoritmlarini kullagan xolda so‘lak bezlarning xavfli va xavfsiz o‘smalarini differensiyalash uchun KT va MRT ma`lumotlariga asoslangan bashorat qiluvchi modellari ishlab chiqilgan;
tasvirlarni sub’ektiv baholash usuliga qo‘shimcha ravishda skoring va radiomik modellardan foydalanish KT va MRT tashxislash va prognozlash samaradorligini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan;
birinchi marta skoring va radiomik modellarning birlashtirilishi KT va MRT tasvirlarini an’anaviy vizual baholash usuliga qo‘shimcha sifatida eng aniq tashxislash ma’lumotlarni taqdim etilishi asoslangan;
skoring va radiomik modellarni diffuziya-vaznli MRT usuli yordamida o‘simta sohasida o‘lchanadigan diffuziya koeffisienti bilan birgalikda qullanilganda, so‘lak bezlari usmalarni tabiatini aniq bashorat qilish samaradorligini yuqori darajada ta’minlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
So‘lak bezlari o‘smalarini kompyuter tomografiya va magnit-rezonans tomografiya tasvirlarni radiomik tahlil qilish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba sun’iy intellekt va mashina o‘qitish algoritmlarini kullagan xolda so‘lak bezlarning xavfli va xavfsiz o‘smalarini differensiyalash uchun KT va MRT ma`lumotlariga asoslangan bashorat qiluvchi modellari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04r/111-son bilan tasdiqlangan «So‘lak bezlari xavfli va xavfsiz o‘smalarini MRT-tasvirlarini radiomik tahlil asosida ajratish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali buyicha 28.02.2024 yildagi 22-son xamda Toshkent shaxri filiali buyicha 06.03.2024 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sun’iy intellekt usullariga asoslangan yangi yondashuv so‘lak bezlari o‘smalarining xavfli va xavfsiz ekanligini aniqroq va tezroq aniqlash imkonini beradi, va davolanishni o‘z vaqtida boshlash va asoratlar xavfini kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 78000-1400000 so‘m byudjet mablag‘lari kompyuter va magnit-rezonans tomografiya tasvirlarini radiomik tahlili orqali bemor qimmat bo‘lgan boshqa nurli tashxis tekshiruvlari, ya`ni KT va MRT kontrast modda bilan tekshirish va yupqa-igna aspiratsion biopsiyadan voz kechishi natijasida mumkin iktisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tasvirlarni sub’ektiv baholash usuliga qo‘shimcha ravishda skoring va radiomik modellardan foydalanish KT va MRT tashxislash va prognozlash samaradorligini sezilarli darajada oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04r/111-son bilan tasdiqlangan «So‘lak bezlari xavfli va xavfsiz o‘smalarini MRT-tasvirlarini radiomik tahlil asosida ajratish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali buyicha 28.02.2024 yildagi 22-son xamda Toshkent shaxri filiali buyicha 06.03.2024 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diagnostika jarayonini avtomatizatsiyalashtirish shifokorlarga klinika amaliyotning yanada murakkab jihatlariga e’tibor qaratish imkonini beradi, bu esa davolanish sifatini yaxshilash va bemorlarning qoniqishini oshirishga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 78000-1400000 so‘m byudjet mablag‘lari kompyuter va magnit-rezonans tomografiya tasvirlarini radiomik tahlili orqali bemor qimmat bo‘lgan boshqa nurli tashxis tekshiruvlari, ya`ni KT va MRT kontrast modda bilan tekshirish va yupqa-igna aspiratsion biopsiyadan voz kechishi natijasida mumkin iktisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: birinchi marta skoring va radiomik modellarning birlashtirilishi KT va MRT tasvirlarini an’anaviy vizual baholash usuliga qo‘shimcha sifatida eng aniq tashxislash ma’lumotlarni taqdim etilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04r/111-son bilan tasdiqlangan «So‘lak bezlari xavfli va xavfsiz o‘smalarini MRT-tasvirlarini radiomik tahlil asosida ajratish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali buyicha 28.02.2024 yildagi 22-son xamda Toshkent shaxri filiali buyicha 06.03.2024 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlashtirilgan skoring va radiomik KT va MRT modellarining yuqori aniqligi so‘lak bezlarining xavfli o‘smalarini o‘z vaqtida aniqlash va bemorlar uchun yaxshi prognoz qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 78000-1400000 so‘m byudjet mablag‘lari kompyuter va magnit-rezonans tomografiya tasvirlarini radiomik tahlili orqali bemor qimmat bo‘lgan boshqa nurli tashxis tekshiruvlari, ya`ni KT va MRT kontrast modda bilan tekshirish va yupqa-igna aspiratsion biopsiyadan voz kechishi natijasida mumkin iktisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: skoring va radiomik modellarni diffuziya-vaznli MRT usuli yordamida o‘simta sohasida o‘lchanadigan diffuziya koeffisienti bilan birgalikda qullanilganda, so‘lak bezlari usmalarni tabiatini aniq bashorat qilish samaradorligini yuqori darajada ta’minlanishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04r/111-son bilan tasdiqlangan «So‘lak bezlari xavfli va xavfsiz o‘smalarini MRT-tasvirlarini radiomik tahlil asosida ajratish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali buyicha 28.02.2024 yildagi 22-son xamda Toshkent shaxri filiali buyicha 06.03.2024 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MRT skoring va radiomik MRT modellarining diffuziya koeffisienti bilan kombinatsiyasining katta aniqligi bemorning davolash taktikasi va jarrohlik amaliyoti hajmiga ta’sir etadigan so‘lak bezlarning xavfli o‘smalarini operatsiya oldidan o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 78000-1400000 so‘m byudjet mablag‘lari kompyuter va magnit-rezonans tomografiya tasvirlarini radiomik tahlili orqali bemor qimmat bo‘lgan boshqa nurli tashxis tekshiruvlari, ya`ni KT va MRT kontrast modda bilan tekshirish va yupqa-igna aspiratsion biopsiyadan voz kechishi natijasida mumkin iktisod qilinadi.