Nosirova Umida Mizrobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish
(Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt2843 .2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Rahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Farhod Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ichki turizm infratuzilmasi bo‘yicha aholi hamda turistlarning xabardorliginita’minlash imkonini beruvchi, shuningdek, texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Tourist Map” interaktiv portalini sinov tariqasida Samarqand shahrining xalqaro aeroportida ishga tushirish asosida aeroport, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, tarixiy, madaniy, ko‘ngilochar, ovqatlanish va shu kabi joylar hamda ularga etib borish marshrutlari haqida ma’lumot taqdim etish, aholi va turistlarning sayohat qilish muddati va qiziqishidan kelib chiqib, sayohat rejasini tuzib berish va matrisali shtrix kod “QR-kod-Samarqand” orqali mobil qurilmaga o‘tkazib olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflar asoslangan;
xorijiy va mahalliy turistlar uchun qulaylik yaratish maqsadida masofadan turib joylashtirish vositalarini band qilish, turoperator hamda turagentlar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, avtotransport vositalarining ijara xizmati, gid-tarjimon va taksi xizmatlari hamda turizm sohasidagi boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi “Milliy turizm yagona platformasi”ni ishlab chiqishda xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish asosida turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish kontentini yaratish bo‘yicha takliflar asoslangan;
respublika ichki turizmini ommalashtirish va unga aholining keng jalb qilinishini ta’minlash, turizm sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlarning mahsulotlarini turistlarga taqdim qilish uchun “To‘rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi tashkil etilishi asosida har yili mart va avgust oylarida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) respublika hududlarida hamda dekabr oyida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) respublika miqyosida ichki turizm yarmarkalarini o‘tkazish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar dalillangan;
Samarqand viloyati turizm xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda turistik korxonalarni innovatsion rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida turistik xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilgacha o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqandviloyati misolida)” dissertatsiyasida olingan olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki turizm infratuzilmasi bo‘yicha aholi hamda turistlarning xabardorliginita’minlash imkonini beruvchi, shuningdek, texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Tourist Map” interaktiv portalini sinov tariqasida Samarqand shahrining xalqaro aeroportida ishga tushirish asosida aeroport, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar,tarixiy, madaniy, ko‘ngilochar, ovqatlanish va shu kabi joylar hamda ularga etibborish marshrutlari haqida ma’lumot taqdim etish, aholi va turistlarning sayohat qilish muddati va qiziqishidan kelib chiqib, sayohat rejasini tuzib berish va matrisali shtrix kod “QR-kod-Samarqand” orqali mobil qurilmaga o‘tkazib olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 18-sentyabrdagi 582-son “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”gi “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 19-dekabrdagi 03-11-17-649-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda turizm sohasi rivojlanishi jadallashib, innovatsion iqtisodiyot tamoyillariga muvofiq raqamlashtirish tizimi takomillashadi hamda turistik obektlarda matrisali shtrix kod “QR-kod-Samarqand” orqali mobil qurilmaga rioya qilish samaradorligi 25 %ga oshgan;
xorijiy va mahalliy turistlar uchun qulaylik yaratish maqsadida masofadan turib joylashtirish vositalarini band qilish, turoperator hamda turagentlar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, avtotransport vositalarining ijara xizmati, gid-tarjimon va taksi xizmatlari hamda turizm sohasidagi boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi “Milliy turizm yagona platformasi”ni ishlab chiqishda xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish asosida turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish kontentini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 7-dekabrdagi 820-son “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 19-dekabrdagi 03-11-17-649-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm bilan bog‘liq turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish kontentini ishga tushirish orqali ma’lumotlar bazasining samaradorligini 15%ga oshirishga imkon yaratadi;
respublika ichki turizmini ommalashtirish va unga aholining keng jalb qilinishini ta’minlash, turizm sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlarning mahsulotlarini turistlarga taqdim qilish uchun “To‘rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi tashkil etilishi asosida har yili mart va avgust oylarida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) respublika hududlarida hamda dekabr oyida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) respublika miqyosida ichki turizm yarmarkalarini o‘tkazish mexanizmlari bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 7-oktyabrdagi 646-son “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil! ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 19-dekabrdagi 03-11-17-649-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm subektlarining iqtisodiy samaradorligi 12 %ga oshishiga erishildi;
Samarqand viloyati turizm xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda turistik korxonalarni innovatsion rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida turistik xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilgacha o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2028 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 19-dekabrdagi 03-11-17-649-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda, xususan Samarqand viloyatida turizmga bo‘lgan talabni aniqlash orqali xorijiy turistlar sonining 30 %ga oshishi dalillangan.