Xasanov Abduraxim Vaxapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Idoraviy xuquq ijodkorligini takomillashtirish (ichki ishlar vazirligi misolida)”, 12.00.01. – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1401
Ilmiy rahbar: yuridik fanlar doktori, professor Sattarov Abdug‘ofur Xamidovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Muxamedov Utkirbek Xazratkulovich; yuridik fanlari nomzodi, professor Utemuratov Maxmud Ajimuratovich
Yetakchi tashkilot: Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi idoraviy huquq ijodkorligini mazkur ichki ishlar organlari yuridik faoliyati misolida kompleks tahlil qilishdan hamda sohani qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
idoralar nomidan qaror qabul qilish ularning kollegial organlari tomonidan amalga oshirilganda normativ-huquqiy hujjat turini aniqlash zarurligi asoslangan;
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarini boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilish tartibini belgilash zarurligi asoslab berilgan;
vazirlik yoki idora qayta nomlangan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qayta nomlanishiga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartirishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi qayta nomlangan vazirlikka yoki idoraga nisbatan to‘liq hajmda tatbiq etilishi zarurligi asoslangan;
agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil maqomdagi boshqa vazirlik yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqorirok yuridik kuchga ega bo‘lishi haqida qoida zarurligi asoslab berilgan;
vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanishi zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra qo‘yidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi:
idoralarning kollegial organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni nomlash zarurligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonuni 14-moddasi to‘rtinchi qismiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19- martdagi №01/q-08-37-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ushbu turdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomini aniqlashtirishga, shuningdek idoralar kollegial organlarining huquq ijodkorligi vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarini boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilish tartibini belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonuni 14-moddasi beshinchi qismiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-martdagi №01/q-08-37-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni kelishish tartibini, shuningdek, idoralarning huquq ijodkorligi vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
vazirlik yoki idora qayta nomlangan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qayta nomlanishiga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonuni 15-moddasi uchinchi qismiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024- yil 19-martdagi №01/q-08-37-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi vazirlik va idoralar qayta tashkil etilgan yoki qayta nomlanganda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati hamda tartibi aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lgan organ tomonidan qabul qilingan hujjat bir hil maqomdagi boshqa vazirlik yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lishini belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonuni 18-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-martdagi №01/q-08-37-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi turli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha nisbatini aniqlashtirishga, shuningdek ularni qo‘llash amaliyotining qonuniyligi va bir xilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga muvofiqligi prokuror nazorati predmeti hisoblanishini belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni 20-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 1992-yil 9-dekabrdagi №01/q-08-37-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinayotgan idoraviy normativ-hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.