Bo‘ronov Suhrob Maxammadi o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik transformatsiyasi sharoitida “Tolibon” omili”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ss111
Ilmiy maslahatchi: Mannonov Abdurahim Mutalovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: Haydarov Abdusamad Axatovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor.
Jo‘raev Qodir Asadovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Tolibon” omilining Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Afg‘onistonda “Tolibon” harakatining paydo bo‘lish va rivojlanish evolyusiyasi, uning diniy-g‘oyaviy qarashlari va maslaklari tashqi tomondan uzoq yillar davomida shakllangan va afg‘on jamiyatiga moslashtirishga qaratilgan deobandiylik, vahhobiylik, “Musulmon birodarlari” kabi mafkuraviy ta’limotlar bilan to‘ldirilgani va pushtunlar jamoasi “Tolibon” harakatining etnik negizini tashkil etishi etno-diniy sinkretizm fenomeni asosida hamda bunday qarashlarning transformatsiyaga uchrayotgani Neotolibonizm paradigmasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Markaziy Osiyo, Ko‘rfaz mintaqasi va Janubiy Osiyo mintaqalarini Afg‘oniston orqali o‘zaro bog‘lash maqsadlarini ifoda etuvchi muqobil transport-tranzit yo‘laklarini ishga tushirish, Afg‘oniston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni hal etishga ko‘maklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga keng jalb etishga qaratilgan transport-logistika, energetika va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikning yangi yo‘nalishi sifatida ishlab chiqilgan “Uch mintaqa yoyi” konsepsiyasiga ko‘ra isbotlangan;
Shanxay hamkorlik tashkilotining Afg‘onistonga qo‘shni va daxldor mamlakatlarning barchasini qamrab olgan mintaqadagi yagona va noyob platforma ekanligi, Afg‘onistondagi vaziyat tashqi yirik kuchlar tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan tazyiq ko‘rsatish vositasi sifatida qo‘llanilishini bartaraf etish va mintaqalararo xavfsizlik tizimini mustahkamlash maqsadida Shanxay hamkorlik tashkiloti huzurida Xavfsizlik qo‘mitasini tashkil etish taklifi asoslab berilgan;
Markaziy Osiyo davlatlarining “Tolibon” rahbarlik qilayotgan Afg‘oniston Muvaqqat hukumatiga nisbatan yagona va umumiy yondashuvini ishlab chiqish, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasida yuzaga kelayotgan transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlaridan kelib chiqib birgalikda foydalanish, terrorizm, diniy ekstremizm va etnik separatizm hamda narkotik moddalar savdosi kabi nizoli masalalarni siyosiy muzokaralar orqali muhokama qilish va hal qilishga ko‘mak beruvchi mexanizm sifatida tashqi ishlar vazirlari darajasida “CA+AF” (Markaziy Osiyo va Afg‘oniston) maslahat uchrashuvini tashkil etish taklifi dalillangan;
Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasining jo‘g‘rofiy, etno-tarixiy, diniy va geosiyosiy omillarga ko‘ra muhim tarkibiy qismi ekanligi, O‘zbekistonning Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan faol tashqi siyosiy yondashuvi hamda “Tolibon” omilining mintaqaviy xavfsizlik tizimiga o‘rta muddatli istiqbolda ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda siyosiy-diplomatik, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, shartnomaviy-huquqiy va madaniy-gumanitar chora-tadbirlar mexanizmlarini nazarda tutuvchi “O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha 2025-2035-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ni ishlab chiqish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik transformatsiyasi sharoitida “Tolibon” omili” mavzusi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasining jo‘g‘rofiy, etno-tarixiy, diniy va geosiyosiy omillarga ko‘ra muhim tarkibiy qismi ekanligi, O‘zbekistonning Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan faol tashqi siyosiy yondashuvi hamda “Tolibon” omilining mintaqaviy xavfsizlik tizimiga o‘rta muddatli istiqbolda ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda siyosiy-diplomatik, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, shartnomaviy-huquqiy va madaniy-gumanitar chora-tadbirlar mexanizmlarini nazarda tutuvchi “O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha 2025-2035-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ni ishlab chiqishga oid ilmiy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili xizmati tomonidan Respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili xizmatining 2025-yil 3-maydagi 18-108/11086-sonli dalolatnomasi). Dissertatsiyadan olingan natijalar O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha tashqi siyosatini amalga oshirishda strategik jihatdan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining “Tolibon” rahbarlik qilayotgan Afg‘oniston Muvaqqat hukumatiga nisbatan yagona va umumiy yondashuvini ishlab chiqish, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasida yuzaga kelayotgan transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlaridan kelib chiqib birgalikda foydalanish, terrorizm, diniy ekstremizm va etnik separatizm hamda narkotik moddalar savdosi kabi nizoli masalalarni siyosiy muzokaralar orqali muhokama qilish va hal qilishga ko‘mak beruvchi mexanizm sifatida tashqi ishlar vazirlari darajasida “CA+AF” (Markaziy Osiyo va Afg‘oniston) maslahat uchrashuvini tashkil etishga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tahliliy tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2025-yil 1-maydagi 05-4/555-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar Termiz shahrida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo va Afg‘oniston: umumiy kelajakka nigoh” mavzusidagi xalqaro davra suhbatini tashkil etishga doir axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashga xizmat qilgan.
Afg‘onistonda “Tolibon” harakatining paydo bo‘lish va rivojlanish evolyusiyasi, uning diniy-g‘oyaviy qarashlari va maslaklari tashqi tomondan uzoq yillar davomida shakllangan va afg‘on jamiyatiga moslashtirishga qaratilgan deobandiylik, vahhobiylik, “Musulmon birodarlari” kabi mafkuraviy ta’limotlar bilan to‘ldirilgani va pushtunlar jamoasi “Tolibon” harakatining etnik negizini tashkil etishi etno-diniy sinkretizm fenomeni asosida hamda bunday qarashlarning transformatsiyaga uchrayotgani Neotolibonizm paradigmasiga ko‘ra asoslab berilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Musulmon idorasi tomonidan diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmon idorasining 2025-yil 28-apreldagi 05-03/1141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari, ilmiy natijalari, ilgari surilgan xulosa, taklif va tavsiyalar Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining “Siyosat va din”, “Islom va hozirgi zamon”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi kurash metodlari” va “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanlari o‘quv dasturlarini tuzishda qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanilishiga xizmat qilgan.
O‘zbek va afg‘on xalqlari o‘rtasida millatlararo totuvlik, do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, jumladan Afg‘onistondagi o‘zbek vatandoshlar bilan ishlash hamda ular bilan mustahkam aloqalarni chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha 2025-2035-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasida ilgari surilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi axborot-tahliliy hujjatlari, seminar va davra suhbatlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 25-apreldagi 14-05-137-sonli dalolatnomasi). Dissertatsiya natijalari xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash siyosatini shakllantirishda, ayniqsa, Afg‘oniston va unga yaqin davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni chuqurlashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan axborot-tahliliy materiallar hamda ilmiy-tadqiqot va hamkorlik loyihalari doirasida xalqaro xavfsizlik, ekstremizm va dinlararo totuvlikka oid mavzularda seminar va davra suhbatlari tashkil etishga xizmat qilgan.
Shanxay hamkorlik tashkilotining Afg‘onistonga qo‘shni va daxldor mamlakatlarning barchasini qamrab olgan mintaqadagi yagona va noyob platforma ekanligi, Afg‘onistondagi vaziyat tashqi yirik kuchlar tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan tazyiq ko‘rsatish vositasi sifatida qo‘llanilishini bartaraf etish va mintaqalararo xavfsizlik tizimini mustahkamlash maqsadida Shanxay hamkorlik tashkiloti huzurida Xavfsizlik qo‘mitasini tashkil etishga doir ilmiy xulosa va natijalardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan xalqaro konferensiya tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 28-apreldagi 235/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar, fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar “ShHT kelajagi: hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari” va “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik: siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-huquqiy aspektlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalariga doir axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashga xizmat qilgan.