Alimova Nargiza Muminovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaqin Sharqdagi yangi geosiyosiy vaziyat sharoitida Islom hamkorlik tashkilotining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi 23.00.04 – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ss648.
Ilmiy rahbar: Yovqochev Shuxrat Akmalovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlari doktori, professor.
Soipov Behzod Ikrombekovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IHTning Yaqin Sharqd mintaqasidagi roli, uning ko‘p tomonlama hamkorlik holatini tahlil qilishi va uning tuzilmalari faoliyatining istiqbollarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yaqin Sharq mintaqasida sodir bo‘layotgan keng ko‘lamli siyosiy, savdo-iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi o‘zgarishlar holatidan kelib chiqib, ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda islom omilining o‘rni va roliga ko‘ra mavjud yondashuvlarni takomillashtirish, Yaqin Sharq mintaqasidagi nizo va ziddiyatlarni preventiv diplomatiya, tenglik va islom birdamligi asosida hal etishda mintaqaviy institusional islom tashkilotlarining faoliyat samaradorligini kuchaytirish maqsadga muvofiqligi “Islomiy identizm” konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Islom hamkorlik tashkilotining musulmon hamjamiyatini qamrab oluvchi universal mintaqaviy tashkilot sifatidagi maqomini oshirish, uning a’zolari o‘rtasida kompromis va konsensusga kelish jarayonlarini ovozga qo‘yish va teng huquqlilik asosida muvofiqlashtirish, ushbu tashkilotni xalqaro munosabatlarning nufuzli aktorlaridan biriga aylantirish kabi huquqiy-siyosiy o‘zgarishlarda BMT modelidan foydalishni ifoda etuvchi “Islom BMT”si institusional mexanizmini tashkil etish taklifi dalillangan;
Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizlik holatining barqarorlashuvida Islom hamkorlik tashkilotining o‘rni va roli kutilgan darajada ta’sirchan emasligi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi diniy, mazhabiy, energetik va geosiyosiy raqobat muhiti ushbu tashkilotning mustahkam platformaga aylanishiga to‘sqinlik qilayotganligi Islom hamkorlik tashkiloti huzurida Aksilterror va aksilekstremizm tuzilmasini tashkil etish taklifi asosida isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Islom hamkorlik tashkiloti bilan faol va konstruktiv hamkorlik strategiyasi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ekologiya, ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni institusionallashtirish, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish kabi ustuvor maqsad va vazifalar O‘zbekistonda IHTning doimiy faoliyat yurituvchi hamkorlikni muvofiqlashtirish markazini ochish taklifiga ko‘ra asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islom hamkorlik  tashkilotining Yaqin Sharqdagi tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinib, uning ko‘p tomonlama hamkorlik holatini o‘rganishga doir taklif va tavsiyalar ilgari surilgan:
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Islom hamkorlik tashkiloti bilan faol va konstruktiv hamkorlik strategiyasini amalga oshirish, ko‘p tomonlama islom diplomatiyasini hayotga tadbiq etish, O‘zbekiston va IHT o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyalar va texnologiya aloqalarini rivojlantirish bilan bir qatorda ekologiya, ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni institusionallashtirish, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish kabi ustuvor maqsad va vazifalar O‘zbekistonda IHTning doimiy faoliyat yurituvchi hamkorlikni muvofiqlashtirish markazini ochish taklifiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 15/13188-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining IHT bilan hamkorligini kengaytirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar va takliflar tashkilotlar vakillari bilan diplomatik muzokaralar yakunlari bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlashda hisobga olindi.
 Yaqin Sharq mintaqasida sodir bo‘layotgan keng ko‘lamli siyosiy, savdo-iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi o‘zgarishlar holatidan kelib chiqib, ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda islom omilining o‘rni va roliga nisbatan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, Yaqin Sharq mintaqasidagi nizo va ziddiyatlarni preventiv diplomatiya, tenglik va islom birdamligi tamoyillari asosida hal etishda mintaqaviy institusional islom tashkilotlarining faoliyat samaradorligini kuchaytirish “Islomiy identizm” konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etishda, tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 3-apreldagi  02-02/1026-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi xulosalar, taklif va tavsiyalar soxaga oid axborot-taxliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.   
Islom hamkorlik tashkilotining butun musulmon hamjamiyatini qamrab oluvchi universal mintaqaviy tashkilot sifatidagi maqomini oshirish, uning a’zolari o‘rtasida kompromis va konsensusga kelish jarayonlarini ovozga qo‘yish va teng huquqlilik tamoyillari asosida tizimlashtirish, ushbu tashkilotni xalqaro munosabatlarning nufuzli aktorlaridan biriga aylantirish kabi huquqiy-siyosiy o‘zgarishlarda BMT modelidan foydalishni ifoda etuvchi “Islom BMT”si institusional mexanizmini tashkil etish taklifiga oid ilmiy xulosalardan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 13-noyabrdagi №14-07-1764-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi ishlab chiqilgan xulosalar va takliflar sohaga oid axborot-tahliliy bazasini takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
 Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizlik holatining barqarorlashuvida Islom hamkorlik tashkilotining o‘rni va roli kutilgan darajada ta’sirchan emasligi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi diniy, mazhabiy, energetik va geosiyosiy raqobat muhiti ushbu tashkilotning mustahkam platformaga aylanishiga to‘sqinlik qilayotganligi Islom hamkorlik tashkiloti huzurida Aksilterror va aksilekstremizm tuzilmasini tashkil etish taklifi asosida isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiton 24 ijodiy birlashmasi” tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiton 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 4-iyun 2025-yil 06-09-824 sonli malumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi xulosalar, taklif va tavsiyalar soxaga oid axborot-taxliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish