Tureniyazova Dilfuza Qulametovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «An’anaviy qoraqalpoq hunarmandchiligining etnoturizmni rivojlantirishdagi ahamiyati», 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3 PhD/Tar1005.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Hakimniyazov Jolmurza Xojabekovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04. 2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Kurbanova Zemfira Ibragimovna, tarix fanlari doktori(DSc), professor.
Tleubergenova Navbaxor Abdukarimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Urganch davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq xalqi an’anaviy hunarmandchiligining etnoturizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: qoraqalpoq an’anaviy hunarmandchiligida hanuzgacha yog‘och piri - Saduakas, temirchilik piri Dovud ota, uyshilar piri - Ibrohim Xalil va ayollar piri - Bibi Patpa kabi hunarmandchilik pirlariga chuqur sinkretik ishonchni aks ettiruvchi bezaklarning ustunligi isbotlangan;
yurtimizga kelgan sayyohlarning hunarmand ustalarni ish jarayonlarini ko‘zatish bilan birga, o‘zlari ham bevosita Chimboy tumanida qora uy yasash, zargarlik buyumlari, To‘pe qishlog‘ida - shiy to‘qish, Kegeyli, Qo‘ng‘irot tumanlari va Nukus shahrida milliy cholg‘u asboblarini yasash, kashtachilik, gilamdo‘zlik, “Ashshi ko‘l”dagi etno ovul, Shumanay tumanida – kigiz ishlash kabi mahsulotlar tayyorlashda ishtiroklari qoraqalpoq xalqi milliy san’ati bo‘yicha ijobiy obraz shakllanishishga katta qo‘shayotganligi aniqlangan;
Qoraqalpog‘istonda an’anaviy hunarmandchilikni saqlash va ommalashtirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Nukusda “Hunarmandlar uyushmasi,” Chimboyda Qora uy ustaxonasi va muzeyi, Shumanayda “Usta-shogird” maktabi, Mo‘ynoq tumanida “Yurta” hunarmandlar markazi, “Hunarmandlar Alleyasi”, Bo‘zatovda “Hunarmandlar Alleyasi” va 10 ta uy muzeylari tashkil etilishi tahlili asosida etnoqishloqlarni tashkil qilish yo‘nalishida istiqbolli imkoniyatlarning mavjudligi ko‘rsatib berilgan;
Qoraqalpog‘istonda azaldan shakllangan hunarmandchilik markazlari – Chimboy tumanida “Qora uy” ustaxonasi, shiy to‘qishga ixtisoslashgan To‘pe qishlogi, qora uyning baw suwlarini to‘quvchilar, egar-jabduǵ tayyorlovshi, beshik ustalari, musiqa asboblarini tayyorlochilar, zargarlar; Shomanay tumanida kiyiz tayyorlovchi, qolda gilam to‘quvchi; Qo‘ngirot tumanida kashta toquvchi va qo‘lda gilam to‘quvchi; Nukus shahrida kashta to‘quvchilar, qo‘lda gilam to‘quvchi, quroq tikuvchilar, suvenirlar, qo‘g‘irchoq va taqinchoqlar tayyorlovchi, musiqa asboblarini tayyorlovchilar manzillari etnoturizmni rivojlantirish bilan birga xalqaro miqyosda qoraqalpoq xalqining milliy hunarmandchiligini tarǵib qilish borasidagi ulushining ham ortganligi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiyaning nazariy va umumlashtiruvchi xulosalari Qoraqalpog‘istondagi turizm tarixini o‘rganuvchi tarix va ijtimoiy gumanitar fan sohalari vakillarining tadqiqotlarini boyitishda, XXI asr Qoraqalpog‘istonning umumiy tarixini, aynicha etnoturizm bilan bolg‘liq bo‘lgan jihatlarini yoritishda, yangi ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Dissertatsiya ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqotda keltirilgan fakt va ma’lumotlar oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari, shuningdek, umumta'lim maktablarida o‘rganilayotgan mutaxassislik bo‘yicha fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishda, jamiyatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti, madaniy qadriyatlar, ma’naviy meros hamda davlatchilik tarixini o‘rganish va asrab-avaylashga qaratilgan maqsadli davlat dasturini amalga oshirishga ham xizmat qiladi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: “An’anaviy qoraqalpoq hunarmandchiligining etnoturizmni rivojlantirishdagi ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpoqlarning an’anaviy hunarmandchiligiga oid ishlab chiqilgan ilmiy qoraqalpoq an’anaviy hunarmandchiligida hanuzgacha yog‘och piri - Saduakas, temirchilik piri Dovud ota, uyshilar piri - Ibrohim Xalil va ayollar piri - Bibi Patpa kabi hunarmandchilik pirlariga sig‘inish mavjudligi isbotlangan. Bu hunarmandchilik pirlari chuqur sinkretik ishonchni aks ettiradi. Etno hunarmandchilik turlari bilan bog‘liq an’analar haqidagi ma’lumotlar 2022-yil 18-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston telekanalining “Assalawma áleykum Qaraqalpaqstan” teleko‘rsatuvida namoyish etildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-dekabrdagi 05-22/742-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur teleko‘rsatuvlar o‘rganilayotgan davrda qoraqalpoq jamiyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar haqida aholining tushunchalarini kengaytirishga xizmat qildi.
yurtimizga kelgan sayyohlarning hunarmand ustalarni ish jarayonlarini ko‘zatish bilan birga, o‘zlari ham bevosita Chimboy tumanida qora uy yasash, zargarlik buyumlari, To‘pe qishlog‘ida - shiy to‘qish, Kegeyli, Qo‘ng‘irot tumanlari va Nukus shahrida milliy cholg‘u asboblarini yasash, kashtachilik, gilamdo‘zlik, “Ashshi ko‘l”dagi etno ovul, Shumanay tumanida – kigiz ishlash kabi mahsulotlar tayyorlashda ishtiroklari, an’anaviy hunarmandchilik sohalari hisoblangan temirchilik, to‘quvchilik, kashtachilik, yog‘och ustachilgi shajaralarining davom etayotgani qoraqalpoq xalqi an’anaviy hunarmandchiligi bo‘yicha ijobiy obraz shakllanishishga katta qo‘shayotganligi haqidagi natijalardan I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyining qoraqalpoq milliy amaliy san’ati ekspozisiyasini tashkil etishda foydalanilgan. (I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi 2023-yil 6-yanvardagi №01/7-9-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar aholining an’anaviy hunarmandchilik madaniyati bilan tanishish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘istonda azaldan shakllangan hunarmandchilik markazlari – Chimboy tumanida “Qora uy” ustaxonasi, shiy to‘qishga ixtisoslashgan To‘pe qishlogi, qora uyning baw suwlarini to‘quvchilar, egar-jabduǵ tayyorlovshi, beshik ustalari, musiqa asboblarini tayyorlochilar, zargarlar; Shomanay tumanida kiyiz tayyorlovchi, qolda gilam to‘quvchi; Qo‘ngirot tumanida kashta toquvchi va qo‘lda gilam to‘quvchi; Nukus shahrida kashta to‘quvchilar, qo‘lda gilam to‘quvchi, quroq tikuvchilar, suvenirlar, qo‘g‘irchoq va taqinchoqlar tayyorlovchi, musiqa asboblarini tayyorlovchilar manzillari etnoturizmni rivojlantirish bilan birga xalqaro miqyosda qoraqalpoq xalqining an’anaviy hunarmandchiligini tarǵib qilish borasidagi ulushining ham ortganligi Qoraqalpog‘istonda turizmning rivojlanishida hunarmandchilikning o‘rni haqidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Jańa kún,” “Sayaxat hám turizm” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-dekabrdagi 05-22/742-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur radio estirishlarr o‘rganilayotgan davrda qoraqalpoq jamiyatida hunarmandchilikning ahamiyati haqida aholining tushunchalarini kengaytirishga xizmat qildi.
Qoraqalpog‘istonda an’anaviy hunarmandchilikni saqlash va ommalashtirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Nukusda “Hunarmandlar uyushmasi,” Chimboyda Qora uy ustaxonasi va muzeyi, Shumanayda “Usta-shogird” maktabi, Mo‘ynoq tumanida “Yurta” hunarmandlar markazi, “Hunarmandlar Alleyasi”, Bo‘zatovda “Hunarmandlar Alleyasi” va 10 ta uy muzeylari tashkil etilishi tahlili asosida etnoqishloqlarni tashkil qilish yo‘nalishida istiqbolli imkoniyatlarning mavjudligi to‘g‘risidagi natijalardan 2022-yil 15-noyabr kuni Nukus shahridagi “Oshchi ko‘l” bo‘yida Qoraqalpoq etno-qishloq sayyohlik obektining ochilishida hunarmandlar ko‘rgazmasini tashkil etishda va etnografik takliflarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 26- dekabrdagi 02-14/04-2366-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi etnoturizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni ilmiy asosda tashkil qilish imkonini bergan.