Safieva Nigora Nurmuxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilishni takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/Iqt3703.
Ilmiy rahbar: Altiev Abdurashid Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Rasulov Sodiq Sa’dullaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yonalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida er resurslaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilishni takomillashtirish  bo‘yicha ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalar, agroekologik differensiatsiya va investision rag‘batlantirish asosida er resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, agrotexnologik va institusional mexanizmlarni takomillashtiruvchi innovatsion islohotlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishni ta’minlashdagi institusional mexanizmni shakllantirishda er resurslarining tabiiy-miqdoriy cheklanganligi, qaytarilmasligi va hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kamida 80% ekspluatatsiya samaradorligiga erishishni ko‘zda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi iqtisodiy mexanizm taklif etilgan;
 Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish iqtisodiy mexanizmi erlar hosildorligiga ta’sir etuvchi asosiy agroiqtisodiy (suv ta’minoti 85-100%, mineral o‘g‘itlar qo‘llash me’yori 120-160 kg/ga, agrotexnika qoidalariga rioya etish darajasi ≥90%)  va tabiiy (er resurslarining gumus miqdori ≥2%, tuproq namlik miqdori  60–80%) omillar sharoitida hosildorlikni 20-30% ga oshirishga xizmat qiluvchi investisiyaviy qo‘llab quvvatlashni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
 qishloq xo‘jaligi er resurslaridan foydalanishda ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish asosida qishloq xo‘jaligi er resurslari unumdorligining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalar, agro’kologik differensiatsiya va investision rag‘batlantirish asosida er resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, agrotexnologik va institusional mexanizmlarni takomillashtiruvchi innovatsion islohotlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalar Respublika agroxizmatlar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika agroxizmatlar markazining 2025 yil 14 apreldagi 01/03-02-189 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida er resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, agrotexnologik va institusional mexanizmlarni takomillashtiruvchi innovatsion islohotlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilish tushunchasiga oid nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishni ta’minlashdagi institusional mexanizmni shakllantirishda er resurslarining tabiiy-miqdoriy cheklanganligi, qaytarilmasligi va hududiy hususiyatlarini hisobga olgan holda kamida 80% ekspluatatsiya samaradorligiga erishishni ko‘zda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi iqtisodiy mexanizm taklifi Respublika agroxizmatlar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika agroxizmatlar markazining 2025 yil 14 apreldagi 01/03-02-189 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan er resurslarining xususiyatlaridan kelib chiqgan holda erning har bir toifasi bo‘yicha aniq me’zonlar bo‘yicha tizimlashtirilishiga erishilgan;
Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish iqtisodiy mexanizmi erlar hosildorligiga ta’sir etuvchi asosiy agroiqtisodiy (suv ta’minoti 85-100%, mineral o‘g‘itlar qo‘llash me’yori 120-160 kg/ga, agrotexnika qoidalariga rioya etish darajasi ≥90%)  va tabiiy (er resurslarining gumus miqdori ≥2%, tuproq namlik miqdori  60–80%) omillar sharoitida hosildorlikni 20-30% ga oshirishga xizmat qiluvchi investisiyaviy qo‘llab quvvatlashni joriy etish asosida takomillashtirish taklifi Respublika agroxizmatlar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika agroxizmatlar markazining 2025 yil 14 apreldagi 01/03-02-189 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan foydalanishda  davlat boshqaruvi va foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi erlarini muomalaga kiritishda ilmiy asoslangan ijobiy natijalarga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi er resurslaridan foydalanishda ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish asosida qishloq xo‘jaligi er resurslari unumdorligining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Respublika agroxizmatlar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika agroxizmatlar markazining 2025 yil 14 apreldagi 01/03-02-189 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida er resurslari hosildorligining 2030 yilgacha barqaror o‘sib borishi va qishloq xo‘jaligida uzoq muddatli rivojlanish ta’minlanishiga erishilishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish