Matjonov Bekjon Ravshonbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD/Iqt4002.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Daniyarov Saylaubay Saparbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va iste’molchilarga etkazib berish jarayonlarida mikrobiologik, kimyoviy va fizik xavflarni oldini olish orqali sog‘lom, xavfsiz va sifatli mahsulotlarni ta’minlash jarayoniga qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat xavfsizligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan mahsulotlar sifatini doimiy nazorat qilish va iste’molchilarni ma’lumot bilan ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan;
Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasining KAP (Knowledge, Attitudes, Practices) tahlil usuli yordamida fermerlarning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha “bilim va amaliyotning yuqori darajasi”da (FSI > 50) sifatni yanada takomillashtirish, “bilim va amaliyotning o‘rtacha darajasi”da (40 < FSI ≤ 50) qo‘shimcha trening va texnologik qo‘llab-quvvatlash, “bilim va amaliyotning past darajasi”da (FSI ≤ 40) xabardorlikni oshirish va ilg‘or usullarni joriy etish tadbirlarining o‘zaro muvofiqligi asoslangan; 
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari ekinlarini ko‘p variantli ssenariylarga ko‘ra baholash orqali asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlar miqdori prognoz qiymatlarini hisoblash uchun ishlab chiqilgan modellar asosida 2028 yilga qadar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jihatidan muhim bo‘lgan mahsulotlarning prognoz qiymatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va iste’molchilarga etkazib berish jarayonlarida mikrobiologik, kimyoviy va fizik xavflarni oldini olish orqali sog‘lom, xavfsiz va sifatli mahsulotlarni ta’minlash jarayoniga qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat xavfsizligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan mahsulotlar sifatini doimiy nazorat qilish va iste’molchilarni ma’lumot bilan ta’minlash jihatidan takomillashtirishning nazariy-uslubiy materiallaridan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2024 yil 24 iyundagi 117-son buyrug‘i). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorida yuzaga keluvchi xatarlarni bartaraf qilish orqali iste’molchilarga sog‘lom, xavfsiz va sifatli mahsulotlarni etkazib berishni hamda mahsulotlar sifatini nazorati va iste’molchilarni xabardor qilishni nazarda tutuvchi innovatsion rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasining mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasining KAP (Knowledge, Attitudes, Practices) tahlil usuli yordamida fermerlarning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha “bilim va amaliyotning yuqori darajasi”da (FSI > 50) sifatni yanada takomillashtirish, “bilim va amaliyotning o‘rtacha darajasi”da (40 < FSI ≤ 50) qo‘shimcha trening va texnologik qo‘llab-quvvatlash, “bilim va amaliyotning past darajasi”da (FSI ≤ 40) xabardorlikni oshirish va ilg‘or usullarni joriy etish tadbirlarining o‘zaro muvofiqligi asoslangan takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 5 maydagi 05-09-4880-son ma’lumotnomasi). Bu taklifni amaliyotda qo‘llash esa sohani innovatsion rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning miqdoriy ko‘rsatkichlarini yanada aniqroq hisoblashga erishilgan;
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari ekinlarini ko‘p variantli ssenariylarga ko‘ra baholash orqali asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 5 maydagi 05-09-4880-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida Xorazm viloyatida 2028 yilgacha bo‘lgan davrga asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
Xorazm viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlar miqdori prognoz qiymatlarini hisoblash uchun ishlab chiqilgan modellar asosida 2028-yilga qadar baholangan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jihatidan muhim bo‘lgan mahsulotlarning prognoz qiymatlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 5 maydagi 05-09-4880-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida Xorazm viloyatida 2028 yilgacha bo‘lgan davrga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jihatidan muhim bo‘lgan mahsulotlarning prognoz qiymatlari asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish