Rajabova Mohichehra Abduxoliqovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida raqamli marketing faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4546
Ilmiy rahbar: Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.1.72.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Murodova Nodira Qulievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarida raqamli marketingni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«raqamli marketing» tushunchasining iqtisodiy mazmuni har qanday elektron qurilma yordamidagi, raqamli bozor modellari asosida marketing konsepsiyalariga asoslangan savdo brendlari hamda mahsulotlarini siljitish va iste’molchilarni jalb qilish uchun onlayn raqamli texnologiyalardan foydalanadigan marketing nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ijtimoiy tarmoqlarda raqamli marketing vositalari yordamida mahsulotlarni ilgari siljitish strategiyasi bunday korxonalar faoliyatida elektron axborot kommunikasiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini 7,73 birlikka (veb-saytning axborot qoplamasi – 1,88; teskari aloqa imkoniyati – 1,35; katalog – 2,5; qo‘shimcha parametrlar -2,0) oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari misolida, uning raqobat ustunliklari darajasi bozordagi raqobat muhitiga turli omillar ta’sirini ifodalovchi «marketing beshburchagi» orqali aniqlanib, har bir omilning miqdoriy me’yorlari (narx (P=0,21), korxona imiji (I=0,13), assortiment (A=0,15), reklama va mahsulotni ilgari surish bo‘yicha aksiyalar (ADB=0,28), mahsulot va xizmat sifati (D=0,18)) ni o‘zaro muvofiqlashtirish orqali raqobatning ko‘zda tutilgan darajasini ta’minlash taklifi ilmiy asoslangan;
raqamli marketingni takomillashtirishning shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari misolidagi infratuzilmasi darajasiga bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar Buxoro viloyati oziq-ovqat sanoatidagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish elektron tijorat hajmining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida sanoat korxonalarining marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
«raqamli marketing» tushunchasining iqtisodiy mazmuni har qanday elektron qurilma yordamidagi, raqamli bozor modellari asosida marketing konsepsiyalariga asoslangan savdo brendlari hamda mahsulotlarini siljitish va iste’molchilarni jalb qilish uchun onlayn raqamli texnologiyalardan foydalanadigan marketing nuqtai nazaridan takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni 2-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-yanvardagi 06-10-33-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirinlik mahsulotlari turlarining kengayishiga xizmat qilib, 2024-yilda sanoat korxonalarining eksport salohiyatini 22 foizga oshirish imkonini ta’minlagan;
shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ijtimoiy tarmoqlarda raqamli marketing vositalari yordamida mahsulotlarni ilgari siljitish strategiyasi bunday korxonalar faoliyatida elektron axborot kommunikasiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini 7,73 birlikka (veb-saytning axborot qoplamasi – 1,88; teskari aloqa imkoniyati – 1,35; katalog – 2,5; qo‘shimcha parametrlar -2,0) oshirish ilmiy asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6079-sonli Farmonning 2.4 - bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-yanvardagi 06-10-33-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirinlik mahsulotlari savdo hajmining oshishiga yordam berib, 2024-yilda sanoat korxonalari foydasini 23,4 foizga oshirish imkonini ta’minlagan;
shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari misolida, uning raqobat ustunliklari darajasi bozordagi raqobat muhitiga turli omillar ta’sirini ifodalovchi «marketing beshburchagi» orqali aniqlanib, har bir omilning miqdoriy me’yorlari (narx (P=0,21), korxona imiji (I=0,13), assortiment (A=0,15), reklama va mahsulotni ilgari surish bo‘yicha aksiyalar (ADB=0,28), mahsulot va xizmat sifati (D=0,18)) ni o‘zaro muvofiqlashtirish orqali raqobatning ko‘zda tutilgan darajasini ta’minlash ilmiy asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-yanvardagi 06-10-33-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda mahalliy shirinlik bozori ulushini 21,2 foizga oshirish imkoniga erishilgan;
raqamli marketingni takomillashtirishning shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari misolidagi infratuzilmasi darajasiga bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar Buxoro viloyati oziq-ovqat sanoatidagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish elektron tijorat hajmining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6079-sonli Farmonning vazifalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-yanvardagi 06-10-33-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron tijorat tizimini yaratish va 2022-2030 yillarga mo‘ljallangan shirinlik mahsulotlari prognoz ko‘rsatkichlari asosida istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.