Ismailova Ra’no Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Osobennosti grajdansko-pravovogo regulirovaniya ispolneniya obyazatel`stv po dogovoru mejdunarodnoy avtomobil`noy perevozki gruzov”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1529.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rahmankulov Mir-Akbar Xojiakbarovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37.27.02:2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Komil Kayumovich – yuridik fanlar doktori, professor; Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna – yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuklarni avtomobilda xalqaro tashish shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va kompleks tahlil qilish, shuningdek, ularni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikaning xalqaro transport koridorlarida ishtirok etish geografiyasini kengaytirish zarurligi asoslab berilgan, shuningdek, yuk tashish jarayonlarini qog‘oz shaklidagi hujjatlar o‘rniga ishonchli xalqaro elektron ma’lumotlar bazasi orqali elektron hujjatlar asosida rasmiylashtirishni joriy etish ehtiyoji qayd etilgan. Shu asosda 1975-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi”ga Qo‘shimcha protokol hamda 1956-yildagi “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi (YuYTK) Konvensiya”ga elektron yuk xatiga (e-CMR) oid Qo‘shimcha protokolga qo‘shilish taklif qilingan;
xorijiy va milliy avtomobil yuk tashuvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali mexanizmini shakllantirish maqsadida xorijiy va milliy tashuvchilarning kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (CMR sug‘urtasi) amaliyotini joriy etish asoslantirilgan;
tashuvchilarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan, tashilayotgan tovarlar va yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, tashuvchining yo‘qotishlar tarixini hisobga olgan holda moslashtirilgan sug‘urta dasturlarini yaratish orqali yuk tashuvchilarning sug‘urta xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
respublikaning xalqaro transport yo‘laklaridagi ishtiroki geografiyasini kengaytirish, shuningdek, yuk tashishni rasmiylashtirishda qog‘oz hujjatlar o‘rniga ishonchli xalqaro elektron ma’lumotlar bazasi orqali elektron hujjatlardan foydalanishni joriy etish hamda shu asosda Xalqaro avtomobil yuk tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi (YuYTK) Konvensiya elektron yuk xatiga (e-CMR) oid Qo‘shimcha protokolga qo‘shilish zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentyabrdagi “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi PF-4842-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021-yil 18-yanvardagi 1/318-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasining xalqaro transport yo‘laklarida ishtirokini kengaytirish va xalqaro yuk tashish sohasida elektron hujjat aylanishiga o‘tishga xizmat qilgan.
xorijiy va milliy avtomobil yuk tashuvchilar uchun majburiy tarzda kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish (CMR sug‘urtasi) amaliyotini joriy etish, milliy avtomobil yuk tashuvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi samarali mexanizmni shakllantirish maqsadida berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-sonli qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 1-apreldagi 2/3547-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kasbiy javobgarlikni majburiy sug‘urtalashni joriy etish orqali milliy avtomobil yuk tashuvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratilishini ta’minlagan.
tashuvchilarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan, tashilayotgan tovarlar va yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tashuvchining yo‘qotishlar tarixi inobatga olingan holda moslashuvchan sug‘urta dasturlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 1-apreldagi 2/3547-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tashilayotgan yuklarning o‘ziga xosligi va yo‘qotishlar tarixini hisobga olgan holda moslashtirilgan sug‘urta dasturlarini joriy etish orqali yuk tashuvchilarning sug‘urta xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qildi.