O‘lmasov Zikrillo Obidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umurtqalararo disk churrasini davolash va profilaktikasida dochim hamda girudoterapiya kombinatsiyasining samaradorligini baholash”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib5036.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Dilnozaxon Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karimova Muqimaxon Muhammadsidiqovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘riqni kamaytirish, bel umurtqalararo disk churrasi hajmini kamaytirish, bemorlarning funksional holatini yaxshilash va degenerativ jarayonlarning residivning oldini olish uchun girudoterapiya va dochim usullarini birgalikda qo‘llash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dochim va girudoterapiya usulini ketma-ket qo‘llashda mahalliy qon aylanishini yaxshilanishi og‘riq sindromini Borg shkalasi bo‘yicha 93,9% ga maksimal pasayishini ta’minlaydi, natijada statistik va klinik jihatdan standart terapiya va ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash samaradorligi asoslangan;
ilk bor dochim va girudoterapiya usulini birgalikda qo‘llash va bel umurtqalararo disk churrasi morfologik tuzilishi 19,5% ga sezilarli darajada kichrayishi o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlik aniqlanib, girudoterapiya va dochim usullarining alohida qo‘llanilishidan farqli ravishda ularning birgalikda ta’siri regenerativ potensiali asoslangan;
standart terapiya, dochim hamda girudoterapiyani birgalikda olgan bemorlarining 96% umumiy holati va aktivlikni yaxshilashni ta’minlaydigan sinergiya, yallig‘lanish va degenerativ jarayonlarga chuqurroq ta’sir qilish tufayli standart terapiya samaradorligidan sezilarli darajada oshganligi aniqlangan; 
ilk bor dochim va girudoterapiya usulini birgalikda qo‘llash umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklarining residivni sezilarli darajada kamaytirishi, uning profilaktik ta’sirini va uzoq muddatli terapiyaning eng samarali usuli sifatida qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024-yil 28-noyabrdagi 212-son buyrug‘i asosida bel umurtqalararo disk churra davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor dochim va girudoterapiya usulini ketma-ket qo‘llashda mahalliy qon aylanishini yaxshilanishi og‘riq sindromini Borg shkalasi bo‘yicha 93,9% ga maksimal pasayishini ta’minlaydi, natijada statistik va klinik jihatdan standart terapiya va ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 31.10.2024 yildagi 01-02/u-t-33-son qarori bilan tasdiqlangan "Disk churra residivning oldini olish usuli" metodik tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiyanoma Marg‘ilon shahridagi 6-poliklinika amaliyotiga 03.12.2024 yildagi 58-son buyruq bilan, Arirang O‘zbek klinikasi amaliyotiga 16.12.2024 yildagi 14-son buyruq va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinikasiga kiritilgan.. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u og‘riqni kamaytirish, umurtqa pog‘onasining funksional holatini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, mehnat salohiyatini oshirish va kasallik bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish orqali, churrasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: umurtqalararo churraning qaytalanishini davolash va oldini olishga kompleks yondashuv katta iqtisodiy foyda keltiradi. Umumiy tejash taxminan 2043000000 so‘mni (172600 AQSh dollari) tashkil etdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor dochim va girudoterapiya usulini birgalikda qo‘llash va bel umurtqalararo disk churrasi morfologik tuzilishi 19,5% ga sezilarli darajada kichrayishi o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlik aniqlanib, girudoterapiya va dochim usullarining alohida qo‘llanilishidan farqli ravishda ularning birgalikda ta’siri regenerativ potensiali asoslangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 31.10.2024 yildagi 01-02/u-t-33-son qarori bilan tasdiqlangan "Disk churra residivning oldini olish usuli" metodik tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiyanoma Marg‘ilon shahridagi 6-poliklinika amaliyotiga 03.12.2024 yildagi 58-son buyruq bilan, Arirang O‘zbek klinikasi amaliyotiga 16.12.2024 yildagi 14-son buyruq va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinikasiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u og‘riqni kamaytirish, umurtqa pog‘onasining funksional holatini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, mehnat salohiyatini oshirish va kasallik bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish orqali churrasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: umurtqalararo churraning qaytalanishini davolash va oldini olishga kompleks yondashuv katta iqtisodiy foyda keltiradi. Umumiy tejash taxminan 2043000000 so‘mni (172600 AQSh dollari) tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: standart terapiya, dochim hamda girudoterapiyani birgalikda olgan bemorlarining 96% umumiy holati va aktivlikni yaxshilashni ta’minlaydigan sinergiya, yallig‘lanish va degenerativ jarayonlarga chuqurroq ta’sir qilish tufayli standart terapiya samaradorligidan sezilarli darajada oshganligi aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 31.10.2024 yildagi 01-02/u-t-33-son qarori bilan tasdiqlangan "Disk churra residivning oldini olish usuli" metodik tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiyanoma Marg‘ilon shahridagi 6-poliklinika amaliyotiga 03.12.2024 yildagi 58-son buyruq bilan, Arirang O‘zbek klinikasi amaliyotiga 16.12.2024 yildagi 14-son buyruq va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinikasiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u og‘riqni kamaytirish, umurtqa pog‘onasining funksional holatini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, mehnat qobiliyatini oshirish va kasallik bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish orqali churrasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: umurtqalararo churraning qaytalanishini davolash va oldini olishga kompleks yondashuv katta iqtisodiy foyda keltiradi. Umumiy tejash taxminan 2043000000 so‘mni (172 600 AQSh dollari) tashkil etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor dochim va girudoterapiya usulini birgalikda qo‘llash umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklarining residivni sezilarli darajada kamaytirishi, uning profilaktik ta’sirini va uzoq muddatli terapiyaning eng samarali usuli sifatida qo‘llanilishi asoslangan. Ushbu ma’lumotlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 31.10.2024 yildagi 01-02/u-t-33-son qarori bilan tasdiqlangan "Disk churra residivning oldini olish usuli" metodik tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ushbu tavsiyanoma Marg‘ilon shahridagi 6-poliklinika amaliyotiga 03.12.2024 yildagi 58-son buyruq bilan, Arirang O‘zbek klinikasi amaliyotiga 16.12.2024 yildagi 14-son buyruq va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinikasiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u og‘riqni kamaytirish, umurtqa pog‘onasining funksional holatini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, mehnat qobiliyatini oshirish va kasallik bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish orqali bel churrasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: umurtqalararo churraning resdivni davolash va oldini olishga kompleks yondashuv katta iqtisodiy foyda keltiradi. Umumiy tejash taxminan 2043000000 so‘mni (172 600 AQSh dollari) tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish