Pulatova Dilfuza Azamkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aralash ta’lim sharoitida maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyalari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7220.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Botirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximova Xurshida Sodiqovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi aralash ta’lim sharoitida maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aralash ta’lim sharoitida talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning eksperimental-bibliografik mazmuni manbalar bilan ishlashga ustuvorlik berish, ma’lumotlarni qiyosiy-mazmunli tahlil qilish, yakuniy xulosa chiqarishga qaratilgan ijodiy-faol muhitni yaratish asosida aniqlashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning integrativ modeli bolalardagi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalashning kompensatsion tamoyilini Blended Learning, Distance Education, E-Learning kabi ta’limni tashkil etish shakllarini ustoz-shogird a’nanalariga bosqichma-bosqich adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tadqiqotchilikka tayyorlashning kombinatsion texnologiyalari akademik-ijtimoiy motivatsiyani kuchaytiruvchi o‘quv-grafikli topshiriqlarni korreksion-pedagogik dizaynga muvofiq xronologik tasniflash hamda qayta aloqaga kirishish mobilligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida talaba-yoshlarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorligini rivojlantirish samaradorligi “Logo-Scientist” elektron laboratoriya resurslarini differensiatsiyalashgan o‘quv muhitida reglamentli filtrlash, hamda muayyan sohaga oid yangi bilimlarni izlash, ilmiy mehnat qilish elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Maxsus pedagogika (Logopediya)” ta’lim yo‘nalishi talabalarini tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

aralash ta’lim sharoitida talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning eksperimental-bibliografik mazmuni manbalar bilan ishlashga ustuvorlik berish, ma’lumotlarni qiyosiy-mazmunli tahlil qilish, yakuniy xulosa chiqarishga qaratilgan ijodiy-faol muhitni yaratishga oid takliflari  “Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-080-son guvohnomasi). Natijada talabalar kasbiy faoliyatini ilmiy yo‘nalganlikda modellashtirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning integrativ modeli bolalardagi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalashning kompensatsion tamoyilini Blended Learning, Distance Education, E-Learning kabi ta’limni tashkil etish shakllarini ustoz-shogird a’nanalariga bosqichma-bosqich adaptivlashtirishga doir takliflari “Surdopsixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i va № 68-776-guvohnomasi). Natijada talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga maqsadli tayyorlashning kasbiy axborot muhiti yaratilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tadqiqotchilikka tayyorlashning kombinatsion texnologiyalari akademik-ijtimoiy motivatsiyani kuchaytiruvchi o‘quv-grafikli topshiriqlarni korreksion-pedagogik dizaynga muvofiq xronologik tasniflash hamda qayta aloqaga kirishish mobilligini oshirishga doir tavsiyalari “Mujassam nuqsonli bolalar bilan korreksion ish tizimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i va № 55353-guvohnomasi). Natijada aralash ta’lim sharoitida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini ratsional va obektiv baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish