Kevorkova Marina Anatol`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovid-19 pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlarning klinik-dinamik xususiyatlari», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2824.
Ilmiy rahbar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/15.12.2022.Tib.154.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imamov Akbar Xodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgandan so‘ng kuzatiladigan nevrotik buzilishlarning klinika va dinamikasini, konstitusional-biologik, ijtimoiy-psixologik ta’sir kiluvchi omillarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19 pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlardagi klinik patoxarakterologik o‘zgarishlar kasallikning og‘irlik darajasi o‘zaro ijtimoiy omillarga bog‘liqligi isbotlangan;
koronavirus pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlar shaxsning premorbid rivojlanishiga, chegaraviy ruxiy buzilishlarning nasliy kelib chiqishiga hamda anamnezdagi nevrotik buzilishlarga bog‘liqligi asoslangan;
COVID-19 pandemiyasi davridagi salbiy axborot manbalarining ta’siri nevrotik buzilishlarning og‘ir va davomiy, o‘zgaruvchan bo‘lishi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasidan so‘ng cho‘zilgan nevrotik buzilishlarni oldini olishga qaratilgan birlamchi tibbiy yordam sharoitida sifat skriningi va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
COVID-19 pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlarning klinik dinamik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlardagi klinik patoxarakterologik o‘zgarishlar kasallikning og‘irlik darajasi o‘zaro ijtimoiy omillarga bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda №03-24/288-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedenie patsientov s nevroticheskimi rasstroystvami posle perenesennogo COVID-19 v usloviyax pervichnogo zvena» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Chirchiq shahar Toshkent viloyat psixonevrologik dispanseri 15.07.2024 yil №68 sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyati filiali 18.11.2024 yil №140-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrda №10/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish jadalligidagi izchil pasayish maromining buzilishi, kasallik surunkali tus olishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni bartaraf etishga qaratilgan: oilaviy poliklinika sharoitida nevrotik buzilishlarni erta aniqlash, ularni korreksiya qilish imkoniga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pandemiyasidan so‘ng shakllangan nevrotik buzilishlar erta tashxislash natijasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasallikning og‘irlik darajasiga o‘zaro bog‘liqligi ijtimoiy omillarning kuchayishi psixologik jixatdan salbiy ta’sir etishlari bilan tavsiflandi va Chirchiq shahar Toshkent viloyat psixonevrologik dispanseri xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyati filialida 194000 so‘mni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlar shaxsning premorbid rivojlanishiga, chegaraviy ruxiy buzilishlarning nasliy kelib chiqishiga hamda anamnezdagi nevrotik buzilishlarga bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda №03-24/288-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedenie patsientov s nevroticheskimi rasstroystvami posle perenesennogo COVID-19 v usloviyax pervichnogo zvena» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Chirchiq shahar Toshkent viloyat psixonevrologik dispanseri 15.07.2024 yil №68 sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyati filiali 18.11.2024 yil №140-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrda №10/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavf mavjud bo‘lgan chegaraviy nasliy kasalliklari bo‘lgan shaxslarda xamda nevrotik buzilishlarni rivojlanishini erta aniqlash va davolash borasidagi tadbirlar tibbiy-ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirilgan resurslarni inobatga olgan xolda 2020 yilda 270000 so‘mdan 2022 yil kasallanish darajasi 120000 so‘mga kamaytirildi. Iqtisodiy yangiligi: naslida chegaraviy kasalliklari bo‘lgan bemorlarda shaxsning premorbid shakllanishini inobatga olgan xolda nevrotik buzilishlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan klini-ijtimoiy chora-tadbirlar natijasida 194000 so‘mni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davridagi salbiy axborot manbalarining ta’siri nevrotik buzilishlarning og‘ir va davomiy, o‘zgaruvchan bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda №03-24/288-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedenie patsientov s nevroticheskimi rasstroystvami posle perenesennogo COVID-19 v usloviyax pervichnogo zvena» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Chirchiq shahar Toshkent viloyat psixonevrologik dispanseri 15.07.2024 yil №68 sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyati filiali 18.11.2024 yil №140-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrda №10/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nevrotik buzilishlarning og‘irlashuvi xamda kasallik dinamikasining prognozini belgilashda salbiy axborot manbalarining ta’siri va izolyasiyaning kuchayishi inobatga olinishi kasallanish darajasi 2020 yilda 270000 so‘mdan 2022 yil kasallanish darajasi 120000 so‘mga kamayishi erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: nevrotik buzilishlar kuzatilgan shaxslarda salbiy axborot manbalari, kuchaytirilgan izolyasiyalarning ta’siri isbotlangan, nevrotik buzilishlar kuzatilgan bemorlarni olib borishda xamda kasallik dinamikasini prognozini belgilashda kasallik ohirlashuvining klinik-epidemiologik belgilarini inobatga olgan xoldagi yondashuvga asoslangan chora tadbirlar 2020 yilda 270000 so‘mdan 2022 yil kasallanish darajasi 120000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasidan so‘ng cho‘zilgan nevrotik buzilishlarni oldini olishga qaratilgan birlamchi tibbiy yordam sharoitida sifat skriningi va davolash algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda №03-24/288-t son bilan tasdiqlangan «Metodika vedenie patsientov s nevroticheskimi rasstroystvami posle perenesennogo COVID-19 v usloviyax pervichnogo zvena» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Chirchiq shahar Toshkent viloyat psixonevrologik dispanseri 15.07.2024 yil №68 sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyati filiali 18.11.2024 yil №140-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrda №10/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nevrotik buzilishlarning shakllanishiga ko‘maklashuvchi, xavf omillarini erta aniqlash, kasallik kechishini belgilovchi va kasallik cho‘zilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi biologik, ijtimoiy-demografik, klinik-psixologik determinantlar skriningi asosida 2022 yil kasallanish darajasi 2020 yilda 270000 so‘mdan 2022 yil kasallanish darajasi 120000 so‘mga kamayishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlar bevosita tibbiy xarajatlar sarfi 194000 so‘mga kamaygan. COVID-19 pandemiyasi davridagi nevrotik buzilishlar cho‘zilishini oldini olish, ijtimoiy omillar ta’siri, shaxs xususiyatlarining sifat skriningi ishlab chiqishga qaratilgan biologik, ijtimoiy-demografik, klinik-psixologik determinantlarni aniqlash borasidagi tadqiqotlar nevrotik buzilishlar cho‘zilishiga qarshi amalga oshirish zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish