Igamberdieva Dilafruz Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda tashxislash usullarini va akusherlik taktikasini takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2347.
Ilmiy raxbar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinbaeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqilgan universal bachadon ichi portidan foydalangan holda uzaytirilgan amnioreduksiya usulining samaradorligi va  xavfsizligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘ir darajadagi ko‘p suvlilik aniqlangan homilador ayollarda amnioreduksiya talab qiluvchi asosiy klinik omillar (idiopatik ko‘p suvlilik, tug‘ma nuqsonlar va feto-fetal transfuziya sindromi) aniqlangan;  
ilk bor og‘ir darajadagi ko‘p suvlilik aniqlangan homiladorlarda amniotik suyuqlikdagi kislota-ishqor muvozanati (pH) pasayganligi, kislorod parsial bosimi (pO₂) pasayganligi va laktat darajasining oshganligi aniqlandi va shu orqali homila gipoksiyasining subklinik bosqichini erta tashxislash va davolash taktikasini korreksiya qilishning samaradorligi isbotlangan; 
ilk bor og‘ir darajadagi ko‘p suvlilik holati kuzatilgan homilador ayollarda universal bachadon ichi porti yordamida amniotik suyuqlikni nazoratli ravishda kamaytirishga qaratilgan takomillashtirilgan amnioreduksiya usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor turli genezli ko‘p suvlilik aniqlangan homiladorlarda faol xirurgik taktika – takomillashtirilgan amnioreduksiya usulini qo‘llash orqali homiladorlikni optimal muddatgacha  uzaytirish va perinatal asoratlar xavfini kamaytirishga qaratilgan homiladorlikni olib borish algoritmi samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 30 martdagi №29 u-t/15 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘ir darajadagi ko‘p suvlilik aniqlangan homilador ayollarda amnioreduksiya talab qiluvchi asosiy klinik omillar (idiopatik ko‘p suvlilik, tug‘ma nuqsonlar va feto-fetal transfuziya sindromi) aniqlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus va Xorazm filiallarining (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 30 martdagi 29 u-t/15 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda amniotik suyuqlikni bakteriologik tekshiruv, kislota ishqor holatini o‘rganish, dopplerometriya va amnioreduksiya kabi tekshiruvlarni amalga oshirish homiladorlikni optimal muddatlargacha o‘zaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda amniotik suyuqlikni bakteriologik tekshiruv 222800 so‘mni, kislota ishqor holatini tekshiruv 145500 so‘mni, homila ultratovush va dopplerometriya tekshiruvi 214200 so‘mni va amnioreduksiya muolajasi 221300 so‘mni tashkil qiladi. Homilada qon aytanishiga baho berish va vaqtidan oldin tug‘ruqni oldini olish maqsadida har bitta bemorga (1marta hisobda) 803800 so‘m tashxis ko‘yish uchun sarflanadi.  Ko‘rsatilgan  tekshiruvlar homila gipoksiyasini aniqlashda bir marta amalga oshirilgan holda 803800 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin (bu tekshiruvlar individual tarizda har bitta o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilagan homilador ayollarda 2-10 martagacha amalga oshirilishi mumkun). O‘rtacha hisobda 5 marta amalga oshirilgan 4019000 so‘mni tashkil qiladi.  Xulosa: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda homila gipoksiyasini tashxislash bir marta amalga oshirilgan hisobda byudjet mablag‘larini  4019000 so‘m tejash imkonini berdi;
  ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘ir darajadagi ko‘p suvlilik aniqlangan homiladorlarda amniotik suyuqlikdagi kislota-ishqor muvozanati (pH) pasayganligi, kislorod parsial bosimi (pO₂) pasayganligi va laktat darajasining oshganligi aniqlandi va shu orqali homila gipoksiyasining subklinik bosqichini erta tashxislash va davolash taktikasini korreksiya qilishning samaradorligi isbotlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus va Xorazm filiallarining (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 30 martdagi 29 u-t/15 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda kislota ishqor holatini o‘zgarish o‘z vaqtida homiladagi gipoksiyasini aniqlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan ayollarda kislota ishqor holatini o‘zgarish homila gipoksiyasini tashxislash imkonini beradi va narxi standart hollarda 145500 so‘mni tashkil qiladi. Homilada qon aytanishiga baho berishda foydalaniladigan ultratovush va dopplerometriya tekshiruv usuli esa 214200 so‘mni (bir marta)  tashkil etadi.  Bu tekshiruvlar homilada dinamikada ko‘p marotaba takroran qilinishi mumkun.  Ko‘rsatilgan  tekshiruvlar homila gipoksiyasini aniqlashda bir marta amalga oshirilgan holda 68500 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin (bu tekshiruvlar individual tarizda har bitta o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilagan homilador ayollarda 2-10 martagacha amalga oshirilishi mumkun).  Xulosa: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda homila gipoksiyasini tashxislash bir marta amalga oshirilgan hisobda byudjet mablag‘larini 68500 so‘m tejash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘ir darajadagi ko‘p suvlilik holati kuzatilgan homilador ayollarda universal bachadon ichi porti yordamida amniotik suyuqlikni nazoratli ravishda kamaytirishga qaratilgan takomillashtirilgan amnioreduksiya usuli ishlab chiqilgan (patent №  FAP 2606; FAP 202440116). Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus va Xorazm filiallarining (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 30 martdagi 29 u-t/15 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda uzoq muddatli takomillashtirilgan amnioreduksiya usulini qo‘llash xorioamnionit xavfini kamaytirishga, qog‘onoq pardasning erta yorilishi va vaqtidan oldin tug‘ilish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda oddiy amnioreduksiya amaliyotini bajarish 221300 so‘mni tashkil qiladi va bu amaliyot har bir bemorda o‘rtacha 8 marta (1770400 so‘m) amalga oshiriladi. O‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda uzoq muddatli takomillashtirilgan amnioreduksiya usulini qo‘llash har bitta bemorda o‘rtacha 3 marta amalga oshiriladi va 663900 so‘m tashkil etadi. Uzoq muddatli takomillashtirilgan amnioreduksi amaliyoti har bitta bemor uchun o‘rtacha 1106500 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.  Xulosa: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarda tashxislash va davolash maqsadida qilingan uzoq muddatli takomillashtirilgan amnioreduksiya byudjet mablag‘larini 1106500 so‘mga tejash imkonini berdi;
 to‘rtinchi ilmiy yangilik ilk bor turli genezli ko‘p suvlilik aniqlangan homiladorlarda faol xirurgik taktika – takomillashtirilgan amnioreduksiya usulini qo‘llash orqali homiladorlikni optimal muddatgacha  uzaytirish va perinatal asoratlar xavfini kamaytirishga qaratilgan homiladorlikni olib borish algoritmi samaradorligi isbotlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan,  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus va Xorazm filiallarining (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 30 martdagi 29 u-t/15 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘p suvlilik kuzatilagan homiladorlikni olib borish algoritmi amaliyotda qo‘llash ona va homila tomonidan kuzatilish ehtimoli bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan ayollarda vaqtidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limida shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 25 kundan 12 kunga (13 kun) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 18730400 so‘mga kamaytirganligi hisobiga iqtisod qilingan (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limi  1 kun qolish 1440800 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon 15000000 so‘mga kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 1500000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘tkir ko‘p suvlilik kuzatilgan homilador ayollarni olib borishda ona va homilaning zahiraviy imkoniyatlarini nazorat qilish va homila uchun xavfli holatlarni o‘z vaqtida tashxislash va amaliyotda qo‘llanilishida bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 18730400 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish