Jabborova Dilafruz Xo‘jamurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishida me’da osti bezi steatozining ahamiyati va metabolik buzilishlarni korreksiyasi” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3505.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.  Tadqiqotning maqsadi: me’da osti bezi steatozi negizida fonida jigar noalkogol yog‘li kasalligining klinik xususiyatlarini o‘rganish va aniqlangan metabolik buzilishlarni davolash usullarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jigar noalkogol yog‘li kasalligini me’da osti bezi steatozisiz xamda uning steatozi bilan birga kechishidagi o‘ziga xos klinik-funksional xususiyatlari o‘rganilgan va jarayonni erta belgilarini tashxislash usullari ishlab chiqilgan;
jigar noalkogol yog‘li kasalligining  me’da osti bezi steatozi bilan kechuvchi hamda uningsiz kechuvchi turlarida elastaza testi natijalari qiyosiy tahlil qilingan va me’da osti bezi steatozi bilan kechuvchi  jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda me’da osti bezi ekzokrin etishmovchiligi ko‘proq uchrashi, bu esa steatozning erta klinik ko‘rinishi ekanligi isbotlangan; 
jigar noalkogol yog‘li kasalligi va me’da osti bezi steatozi birgalikda kechishi bemorlarning metabolik holatida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi, bu uglevod va lipidlar almashinuvi buzilishi hamda gormonal fon o‘zgarishlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi aniqlangan;    
jigar noalkogol yog‘li kasalligi va me’da osti bezi steatozi mavjud bemorlarni olib borish tamoyillari algoritmni qo‘llash davolash samaradorligini oshirishi, turli xil gormonal va metabolik buzilishlarni bartaraf qilishi xamda kasallik rivojlanishining pasayishiga olib kelishi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar noalkogol yog‘li kasalligini me’da osti bezi steatozi va uningsiz kechuvchi turlarini tashxislash va metabolik buzilishlarni davolash usullarini ishlab chiqish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:  
birinchi ilmiy yangilik: jigar noalgogol yog‘li kasalligini me’da osti bezi steatozi hamda uningsiz kechuvchi turlarini o‘ziga xos klinik-funksional xususiyatlarini o‘rganish va kompyuter tomografiya tekshiruviga ko‘ra, uning erta belgilarini tashxislash bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 2024 yil 18 apreldagi 55-sonli va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 6 maydagi 5–sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 9-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda me’da osti bezi steatozini erta tashxislash metabolik buzilishlar xamda xavfli asoratlarni oldini olish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi jigar noalkogol yog‘li kasalligi va me’da osti bezi steatozini davolash  chora-tadbirlariga safrlanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar noalkogol yog‘li kasalligida elastaza testi yordamida me’da osti bezi ekzokrin etishmovchiligini erta aniqlash nafaqat me’da osti bezi steatozi rivojlanishini oldini olish, balki me’da osti bezi endokrin etishmovchiligini (insulinga rezistentlik, 2- tur qandli diabet) ham oldini olishi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 2024 yil 18 apreldagi 55-sonli va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 6 maydagi 5–sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 9-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan erta tashxislash usulini joriy etish bemorlarda me’da osti bezi steatozi (abdominal semizlik) va endokrin buzilishlarni (insulinga rezistentlik va 2- tur qandli diabet) rivojlanishini  oldini olish xamda kasallanish darajasini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu kasallik bilan  xastalangan bemorlarni tashxislash samaradorligini oshirish orqali me’da osti bezi endokrin buzilishlarini bartaraf etilishi  bemorlarni kasalxonada yotib davolanishlar sonini kamayishiga olib kelgan.  
uchinchi ilmiy yangilik: jigar noalkogol yog‘li kasalligi me’da osti bezi steatozi bilan birga kechganda uglevodlar va  lipidlar almashinuvi buzilishi, shu bilan birga gormonal fon (adipotsit: leptin) o‘zgarishi yaqqol namoyon bo‘lishi isbotlanganligi xamda ushbu patologiyani tashxislash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 2024 yil 18 apreldagi 55-sonli va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 6 maydagi 5–sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 9-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda uglevodlar, lipidlar va adipotsit (leptin) almashinuvi buzilishini erta aniqlash, nafaqat kasallik rivojlanishini oldini olish, balki metabolik buzilishlar bilan bog‘liq xavfli asoratlarni bartaraf etish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu patologiyali bemorlarda uglevodlar, lipidlar va leptin almashinuvi buzilishini tashxislash samaradorligini oshirish orqali metabolik  buzilishlar bilan bog‘liq xavfli asoratlarni oldini olish xamda kasalxonada yotib davolanishlar sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar noalkogol yog‘li kasalligi va me’da osti bezi steatozi mavjud bemorlarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu algoritmni qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish imkoniyati asoslanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikaning 2024 yil 18 apreldagi 55-sonli va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 6 maydagi 5–sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 9-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmga ko‘ra, jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda  me’da osti bezi steatozini erta tashxislab, samarali davolash usullarini qo‘llash turli xil metabolik buzilishlar bilan bog‘liq xavfli asoratlarni bartaraf etish xamda bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu patologiya bilan kasallangan har bir bemorga taklif etilgan davoni qo‘llash kasalxonada yotib davolanishni 5 kunga qisqartirishga, ya’ni har bir bemordan 1750000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan. Shu bilan birga mehnatga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini oshishiga yordam beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish