Alimova Durdona Dil`muratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda polipoz rinosinusitlarning tashxislash, davolash va kechishini prognozlashni takomillashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.2.DSc/Tib837.
Ilmiy rahbar: Amonov Aminjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraev Jamolbek Abdukaxxarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Chaglar Batman, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya).
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik, bakteriologik, patomorfologik, genetik va fenotipik omillarni o‘rganish asosida tashxislash va davolash algoritmlarni ishlab chiqish bilan bolalarda polipoz rinosinusitlarning tashxislash, davolash va kechishini prognozlashni yaxshilashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nafas yo‘llari shilliq qavatlarini himoya qilishning fundamental mexanizmlarini ilmiy asoslangan ochib berish natijasida zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida polipoz rinosinusit va uning shakllarini rivojlanish sabablari va mexanizmlari isbotlangan;
kompyuter tomografiyasida g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblash bolalarda polipoz rinosinusitning rivojlanishini taxmin qilish imkonini berib, olingan ma’lumotlarga ko‘ra, KTda g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblashning diagnostik o‘ziga xosligi, sezgirlik va diagnostik samaradorligi isbotlangan;
bemorlarda PRSni g‘alvirsimon bo‘shliqning maydoniga qarab FESS usuli yordamida jarrohlik davolash uchun ilmiy yondashuv ishlab chiqilib, bunda jarrohlik vaqtida g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirish zarurligi isbotlangan;
inson organizmining individual immun xususiyatlarini va zararlangan burun yondosh bo‘shliqlarining mikroflorasini hisobga olgan holda rinosinusit assotsiatsiyasini shakllantirishning ilmiy mexanizmlari aniqlangan va residivlarni oldini olishning samarali usulini tanlashga differensial yondashuvning yuqori samaradorligi isbotlangan;
bolalarda polipoz rinosinusitda burun obstruksiyasi qaytalanishining oldini olishda leykotrien reseptorlari dori vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bilan isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bolalarda polipoz rinosinusitlarning tashxislash, davolash va kechishini prognozlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: nafas yo‘llari shilliq qavatlarini himoya qilishning fundamental mexanizmlarini ilmiy asoslangan ochib berish natijasida zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida polipoz rinosinusit va uning shakllarini rivojlanish sabablari va mexanizmlarini ochib berishga imkon bergan va Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasining 25.03.2024 yildagi 57-sonli buyrug‘i, Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.03.2024 yildagi 83-sonli buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 16 apreldagi 16/04-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: PRSning erta tashxisoti uchun taqdim etilgan usul tashxisot jarayonini optimallashtirish va kasallikning klinik-anamnestik, mikrobiologik, immunologik va patomorfologik xususiyatlarini sinchkovlik bilan qilingan tahliliga asoslangan davolash taktikasini tanlashga, tashxisotda invaziv usullarini zarururiyatini minimallashtirishga va bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: polipoz rinosinusitning fenotiplarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan diagnostik algoritmi bemorlarni davolashda ijobiy tibbiy nazoratni ta’minlaydi. Algoritmdan foydalanish polipoz rinosinusit bilan bemorlar sonini 70% dan 36,8% gacha kamaytirish imkonini bergan, bu esa diagnostik jarayon narxini 35% ga kamaytirdi va 52 bemorga yiliga 19 500 000 so‘m xarajatlarni tashkil qilgan. Xulosa: polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni diagnostikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm har bir bemor uchun 67 932 so‘mga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblash bilan kompyuter tomografiyasini o‘tkazish bolalarda polipoz rinosinusitning rivojlanishini taxmin qilish imkonini bergan; olingan ma’lumotlarga ko‘ra, KTda g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblashning diagnostik o‘ziga xosligi 93,7%, sezgirlik - 95,0% va diagnostik samaradorligi - 94,4%ni tashkil etgan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.03.2024 yildagi 21 - I/CH-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yilning 26-sonli buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 16 apreldagi 16/04-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda PRSni erta tashxislash va oldini olish uchun tavsiya etilgan g‘alvirsimon labirint maydonini KT tekshiruvi yordamida hisoblash kasallikning takroriy epizodlari sonini kamaytirishi, bolalarda PRSning residiv kechishini tashxislash va aniqlashni yaxshilash, davolash muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 112 bemordan 106 tasida KT tekshiruvi yordamida g‘alvirsimon labirint maydoni hisoblanib, davolash algoritmiga muvofiq davolash amalga oshirildi, bu esa kasallik epizodlarini takroriy rivojlanishini oldini olib, 1196280 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan bilan og‘rigan bemorlarda KT tekshiruvi yordamida g‘alvirsimon labirint maydonini hisoblash joriy etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm har bir bemor uchun 67 932 so‘mga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda PRSni g‘alvirsimon bo‘shliqning maydoniga qarab FESS usuli yordamida jarrohlik davolash uchun ilmiy yondashuv ishlab chiqildi, bunda jarrohlik vaqtida g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirilgan va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yildagi 49 - I/CH-sonli buyrug‘i, OOO “HAPPY LIFE MEDICAL CENTRE” tibbiyot markazining 05.03.2024 yilning 6-sonli buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 16 apreldagi 16/04-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: statsionar-poliklinika va ambulatoriya sharoitida bolalarda PRSni boshqarishning kompleks tizimini joriy etish, davolanishning barcha bosqichlarida uzluksizlikni ta’minlashga va ota-onalarning tibbiy yordamdan qoniqishini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 40ta bemorda KT tekshiruvi yordamida g‘alvirsimon bo‘shliqning maydoniga qarab, FESS usulida jarrohlik davolashda g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirildi, bu esa residivlar vaqtni uzaytirish yoki oldini olish va davolash kurslarini qisqartirib, 47851200 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan bilan og‘rigan bemorlarda FESS usulida jarrohlik davolashda g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirish har bir bemor uchun 1196280 so‘mga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: inson organizmining individual immun xususiyatlarini va zararlangan burun yondosh bo‘shliqlarining mikroflorasini hisobga olgan holda rinosinusit assotsiatsiyasini shakllantirishning ilmiy mexanizmlari aniqlanib, residivlarni oldini olishning samarali usulini tanlashga differensial yondashuv ishlab chiqilgan va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yildagi 49 - I/CH-sonli buyrug‘i, OOO “HAPPY LIFE MEDICAL CENTRE” tibbiyot markazining 05.03.2024 yilning 6-sonli buyrug‘i asosida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 16 apreldagi 16/04-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda PRSni erta tashxislash va oldini olish uchun tavsiya etilgan immunologik mezonlar kasallikning takroriy epizodlari sonini kamaytirishi, kasallikning residiv kechishini tashxislash va aniqlashni yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 68 bemordan 17tasida TNF-α rs1800629 genining G/A genotipi va TLR6 rs5743810 geni Pro/Pro genotipining assotsiatsiyalari bo‘lgan bolalar PRS residiviga olib keluvchi yuqori xavf guruhiga kiritilib, kasallikni prognozlash orqali bolalarda polipoz rinosinusitning rivojlanishini taxmin qilish imkonini berib, 20336760 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan kasallangan bolalarda TNF-α rs1800629 genining G/A genotipi va TLR6 rs5743810 geni Pro/Pro genotipining assotsiatsiyalari bo‘lgan bolalarda residiv kechishini o‘z vaqtida aniqlash va rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini berdi, bu esa har bir bemor uchun 1196280 so‘mga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bolalarda burun obstruksiyasining qaytalanishining oldini olishda leykotrien reseptorlari dori vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bilan isbotlangan va Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasining 25.03.2024 yildagi 57-sonli buyrug‘i, Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.03.2024 yildagi 83-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 16 apreldagi 16/04-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 40ta bemorda bolalarda PRSning qaytalanishining oldini olishda individual davo usullarini qo‘llashga yondashuv bolaning hayot sifatini yaxshilashi, kasallikning residiv shakllari sonini kamaytirishi, kasallikning prognozini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda PRSni jarrohlik usulida davolashdan keyin leykotrien reseptorlari blokatorlarini qo‘llash klinik belgilarni kamaytirish, residivlar sonini 3,2 barobarga qisqartirishga olib kelgan va bu 47851200 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan so‘ng leykotrien reseptorlari blokatorlarini qo‘llash har bir bemor uchun 1196280 so‘mga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish