Xolmatova Saida Voxobjonovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik oliy ta’lim muassasalari transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmasini  rivojlantirish metodikasi” (Umumiy pedagogika fani misolida) 13.00.02 – Ta’limva tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7575
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temurbek Islamovich, Pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldasheva Maxmuda Nurmatjonovna Namangan davlat pedagogika instituti dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori; Samatov Dilshodjon Toxirjonovich Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim muassasalarida kechayotgan transformatsiya jarayonlarida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish indikatorlari, didaktik faoliyat shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv jarayonlarida muayyan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan o‘quv faoliyatini boshqarish, mashg‘ulotlarni uyushtirish va o‘tkazish jarayoni uyg‘unligini ta’minlash shartlariga asosan takomillashtirilgan;
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va qayta aloqani ta’minlash imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlari indikatorlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘z faoliyatini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uyg‘unlashtira olish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti, talabalarning ijodiy va analitik fikrlashni rivolantirish, innovatsion pedagogikani jadal o‘zlashtirish va amaliyotga tatbiq qilishni tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida:
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish indikatorlari didaktik faoliyat shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv jarayonlarida muayyan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan o‘quv faoliyatini boshqarish, mashg‘ulotlarni uyushtirish va o‘tkazish jarayoni uyg‘unligini ta’minlash shartlariga asosan takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-y1l 25-avgustdagi 391-son buyrug‘iga asosan berilgan № 391458-raqamli nashr ruxsatnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 28-dekabrdagi №11-05-7550/04- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlashjarayonlarini baholashning diagnostik vositalari ishlab chiqilgan; 
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va qayta aloqani ta’minlash imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlari indikatorlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘zbekiston oliy ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish” (561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2020-3722/001-001) nomli loyihasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” DMning madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining 2024-yil yanvar-iyun oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz”  dastur va ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” 2024-yil 10-iyundagi 04-36-828-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning maxsus kurs dasturi ishlab chiqilgan;
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘z faoliyatini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uyg‘unlashtira olish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish “Pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish” nomli elektron o‘quv qo‘llanma (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 2-martdagi №89-03-921- sonli ma’lumotnomasi) va “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘iga asosan berilgan № 391458-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlab chiqilgan;
pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti, talabalarning ijodiy va analitik fikrlashni rivojlantirish, innovatsion pedagogikani jadal o‘zlashtirish va amaliyotga tatbiq qilishni tizimli qo‘llash asosida takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar “Umumiy psixologiya” nomli (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘iga asosan berilgan №149013-raqamli nashr ruxsatnomasi) va “Bolalar pedagogikasi” nomli darsliklar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘iga asosan berilgan №149013-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim transformatsiyasi jarayonlarida talabalarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening mashg‘ulotlari majmui ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish