Mansurova Surayyo Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni gender yondashuv asosida ta’limiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped3290.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurboev Quvondiq Mirzanovich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy hududiy bo‘limi rais o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari nomzodi, pedagogika fanlari bo‘yicha katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, p.f.d. (DSc), professor, Hurvalieva Tarmiza Latipovna p.f.d. (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarni gender yondashuv asosida ta’limiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limiy faoliyatini gender yondashuv asosida tashkil etishning metodik tizimi tarbiyalanuvchilarni gender xususiyatlariga e’tibor berish bilan birga ularni gender identifikatsiyalash identitet yondashuv asosida takomillashtirilgan;
ta’limiy faoliyatini gender yondashuv asosida tashkil etishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayonini loyihalashtirishda integratsion-rivojlantiruvchi maqsadlarga ijtimoiy-pedagogik ustuvorlikka yo‘naltirilgan holda aniqlashtirilgan;
ta’limiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik jarayon modeli bolalarni bilish jarayonlari hamda gender streoteplarini identifikatsiyalash asosida ularni individual laterallik profiliga pedagog-tarbiyachi pedagogik uslubini moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender yondashuv asosida ta’limiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi tarbiyalanuvchilarni bilish faolligi, ularni ijtimoiy xulq-atvorini rivojlantirishga qaratilgan muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini gender o‘ziga xos xususiyatlari, idrok etish jarayonlarini turlicha kechishi hamda o‘z imkoniyat va ehtiyojlarini anglashi, ularni gender identifikatsiyalash orqali ta’limiy faoliyatini tashkil etishga oid metodik va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan:
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ta’limiy faoliyatini gender yondashuv asosida tashkil etishning metodik tizimi tarbiyalanuvchilarni gender xususiyatlariga e’tibor berish bilan birga ularni gender identifikatsiyalash identitet yondashuv asosida takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2023-yil 6-martdagi 01-03/2-145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatida gender yondashuvni tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
ta’limiy faoliyatini gender yondashuv asosida tashkil etishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayonini loyihalashtirishda integratsion-rivojlantiruvchi maqsadlarga ijtimoiy-pedagogik ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalar berilgan. (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2023-yil 6-martdagi 01-03/2-145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlar integratsiyasi samaradorligi oshishga xizmat qilgan.
ta’limiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik jarayon modeli bolalarni bilish jarayonlari hamda gender streoteplarini identifikatsiyalash asosida ularni individual laterallik profiliga pedagog-tarbiyachi pedagogik uslubini moslashtirishga doir taklif va tavsiyalar berilgan. (“Bolalarni gender farqlarini hisobga olib elementar matematikani o‘qitish” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashrga tavsiya etilgan). Natijada katta yoshdagi bolalarda “Men” konsepsiyasini rivojlantirishni pedagogik jarayon modeli ishlab chiqilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender yondashuv asosida ta’limiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi tarbiyalanuvchilarni bilish faolligi, ularni ijtimoiy xulq-atvorini rivojlantirishga qaratilgan muhitni yaratish oid taklif va tavsiyalar berilgan. (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2023-yil 6-martdagi 01-03/2-145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada katta yoshdagi bolalarda bilish faolligini oshirish bilan birga ularni gender streotiplarini identifikatsiyalashga xizmat qilgan.