Xakimov Raxshod Xolmiratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pekin karami (Brassica rara subsp. pekinensis L.) ni agrobiologik xususiti va saqlash texnologiyasi”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1562.
Ilmiy rahbar: Sharipov Sulton Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Misirov Shuxrat Xudoyqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pekin karamining agrobiologik xuxusiyatlari va texnologik sifat ko‘rsatkichlari asosida o‘rganish saqlashning texnologik jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pekin karamini sovutgichli omborlarda saqlash uchun eng maqbul Zangori, Mezon va Yuki F1 nav va duragaylari yaroqli ekanligi aniqlangan;
karam boshining tovarboplik hususiyatlari hamda umumiy ballar ko‘rsatkichlari pekin karamining nav va duragaylararo organoleptik baholanganda Zangori navida 81,4 ball, Mezon navida 82,8 ball, Yuki F1 duragayida esa 80,8 ball bo‘lganligi aniqlangan;
pekin karamining karam boshlari nav va duragaylararo kimyoviy tarkibi tahlil etilganda 100 g xom ashyoda o‘rtacha uglevodlar 3,6 %, oqsil 2,5 %, oziqa tolalari 2,4 %, namlik 92 %, yog‘ 0,4 % miqdorda bo‘lishi isbotlangan;
karam boshlari oziq-ovqat plyonkasiga (streych) o‘rab saqlanganda 85 kundan so‘ng tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, mazasi, tovarboplik xususiyatlari va umumiy ball ko‘rsatkichlari nazoratdagi Xibinskaya navida 69,8 ball, Zangori navida 82,5 ball, Mezon navida 83,4 ball, Yuki F1 duragayida esa 81,9 ball bo‘lganligi aniqlangan;
karam boshlarini oziq-ovqat plyonkasiga o‘rab saqlanganda maxsulot sifatli va uzoq muddat (85-90 kungacha, nazoratga nisbatan 25-30 kun uzoq vaqt) saqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pekin karami navlarini agrobiologik va texnologik xususiyatlarini mahsulot saqlanuvchanligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Pekin karamini saqlash texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi 2025-yil 12-martdagi №12-23/03-25 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun pekin karamini sovuqxonalarda saqlash uchun tayanch qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Karam boshlarini 85-90 kun davomida sovutgichli omborxonalarda saqlashda oziq-ovqat plyonkasiga (streych) o‘rab saqlash usuli Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Dilshod Xolmurod Bog‘iston” fermer xo‘jaligining sovutgichli omborxonada amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi 2025-yil 12-martdagi №12-23/03-25 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada karam boshlaridan 86,3% sifatli mahsulot olishga erishilgan. Pekin karamini saqlash davomida tovarboplik va iste’molboplik xususiyatlarini uzoq saqlanishini (85-90 kungacha) ta’minlovchi maqbul saqlash tartibi (harorat +1...+3 ºC, havoning nisbiy namligi 94-96%) va muddati asoslangan hamda karam boshlaridan 86,3% sifatli mahsulot olingan.
Pekin karamini saqlashning takomillashtirilgan texnologiyasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy hududida joylashgan “Moviy Marvarid” ma’sulyati cheklangan jamiyatda sovutgichli omborxonada amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi 2025-yil 12-martdagi №12-23/03-25 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada Pekin karamining “Yuki F1” va “Cha-Cha F1” navini saqlashdan 2 451 000 so‘m sof foyda olishga hamda 115,3 % iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.