Ro‘ziqulov Davlatbek Nazaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dorivor tirnoqgul (Calendula Officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalari bioekologiyasini o‘rganish asosida ularning miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqish”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx 1034.
Ilmiy rahbar: Xolliev Asamiddin Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Ruzumboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Akromov Baxtiyar Akmalovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.) o‘simligining zararkunandalarini tur tarkibi, bioekologik rivojlanish hususiyatlari, zarari va tarqalishini o‘rganish asosida ularni miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarining dorivor tirnoqgul (Calendula Officinalis L.) o‘simligida zararkunandalarning 20 ta turi  aniqlanib, ulardan asosiylarini qarsildoq va qora qo‘ng‘izlar, ildiz kemiruvchi tunlamlar, shiralar, oqqanotlar, qandalalar, tripslarlarning tarqalishi, zarari hamda bioekologik rivojlanish hususiyatlari aniqlangan;
dorivor tirnoqgul o‘simligining entomofag hasharotlarning 7 oilaga mansub 9 turi uchrashi aniqlangan, g‘o‘za tunlami va kuzgi tunlam qurtlariga qarshi brakon entomofagini 1:5, 1:10, 1:15 nisbatlarda qo‘llanilganda 65-70% biologik samaradorlikga erishilishi isbotlangan; 
dorivor tirnoqgul ekinida kemiruvchi zararkunandalarga qarshi mikrobiologik preparatlardan Lepidotsid BF-3000 (0,8-1,0 kg/ga), Prestej, suyuq (1,5-2,0 l/ga), Helitec, SC (0,25-0,33 l/ga) preparatlari qo‘llanilgan variantlarda esa 78,6-83,2% gacha biologik samaradorlik aniqlangan;
dorivor tirnoqgul (Calendula Officinalis L.) o‘simligining so‘ruvchi zararkunandalaridan, o‘rgimchakkana, shiralar, tripslar, oqqanotlar, o‘simlikxo‘r qandalalarga qarshi Bioslip BV suyuq. (2,5-3,0 l/ga),  Bioslip BT kuk. (1,0-1,2 kg/ga) preparatlari qo‘llanilganda biologik samaradorlik 76,5-84,2% ni, chigirtkalar, temirchaklarga qarshi Novakrid, n.kuk. (0,025-0,030 kg/ga) preparatlari bo‘yicha tadqiqot olib borilganda 80-85% gacha biologik samaradorlik aniqlangan;
dorivor tirnoqgul o‘simligining agrotexnik tadbir sifatida fosforli-kaliyli o‘g‘itlar bilan ekishdan oldin erga ishlov berilganda, nazoratga nisbatan o‘simlik shiralarining populyasiyasi soni 26,1-32,1% gacha, beda qandalasini soni 18,3-35,9% gacha va o‘rgimchakkana 16,4-32,5% gacha kamayganligi, qator oralari 30 sm oraliqda ekilgan joylarda namsevar  zararkunandalar zichligi yuqori va ko‘p zararlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dorivor tirnoqgul o‘simligining asosiy zararkunandalarini miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
dorivor tirnoqgul ekinlar etishtiradigan agroklaster va fermer xo‘jaliklari uchun o‘simligining “Dorivor tirnoqgul (Salendula officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalarini bioekologiyasini o‘rganish asosida ularni miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgust 05/06-04-388-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dorivor o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashgan agroklaster va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
dorivor tirnoqgul (Salendula officinalis L.) o‘simligining kemiruvchi zararkunandalaridan g‘o‘za tunlami, kuzgi tunlam qurtlariga qarshi brakon entomofagini biologik samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar Toshkent viloyati Qibray tumani, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi "Axborot-maslahat markazi"da, X.K."Gerbofarm"da, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida hamda BBU-AZAMAT MChJning 19,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgust 05/06-04-388-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 65-70% ni tashkil etgan;
dorivor tirnoqgul (Salendula officinalis L.) o‘simligining co‘ruvchi zararkunandalardan, o‘rgimchakkana, shiralar, tripslar, oqqanotlar, o‘simlikxo‘r qandalalarga qarshi Bioslip BV suyuq. (2,5-3,0 l/ga),  Bioslip BT kuk. (1,0-1,2 kg/ga), preparatlari Toshkent viloyati Qibray tumani, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi "Axborot-maslahat markazi"da, X.K."Gerbofarm"da, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida hamda BBU-AZAMAT MChJning 15,0 gektar maydonida joriy etilgan. Dorivor tirnoqgul (Salendula officinalis L.) o‘simligining kemiruvchi zararkunandalarga qarshi mikrobiologik preparatlardan Lepidotsid BF-3000 (0,8-1,0 kg/ga), Prestij, suyuq (1,5-2,0 l/ga), Helitec, SC (0,25-0,33 l/ga), preparatlari Toshkent viloyati Qibray tumani, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Axborot-maslahat markazi”da, X.K."Gerbofarm"da, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida  hamda BBU-AZAMAT MChJning 17,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgust 05/06-04-388-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 78,6-83,2% ni tashkil etgan;
dorivor tirnoqgul (Salendula officinalis L.) o‘simligining kemiruvchi chigirtkalar, temirchaklarga qarshi Novakrid, n.kuk. (0,025-0,030 kg/ga) preparatlari Toshkent viloyati Qibray tumani, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Axborot-maslahat markazi”da, X.K."Gerbofarm"da, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida hamda BBU-AZAMAT MChJning 10,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgust 05/06-04-388-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 80-85% erishilgan va gektaridan 22-30% gacha hosil saqlab qolingan.
    
Bosh ilmiy kotib
A.Shermuxamedov    Bosh inspektor
U.Abduraxmanov    bosh mutaxassis 
Yu.Inoyatova     Markaz
 boshlig‘i
Z.Tadjixodjaev    Veb-sayt administratori
O.Mahmonov

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish