Murodova Farangis G‘anisherovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish texnologiyasini milliy ma’naviy meros vositasida takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7306
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Hilola Maxmutovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Xo‘jamberdieva Shahnoza Ko‘paysinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish texnologiyasini milliy ma’naviy meros vositasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining faollik darajasi va xotira imkoniyatlari eʼtiborni uzoq vaqt ushlab turishga mo‘ljallangan xronologik barqaror eslab qolish dinamikasidan foydalanib mantiqiy ketma-ketlikda ma’lumotlarni tasvirlar bilan bog‘lash texnikasi asosida madaniy qadriyatlarni yetkazish orqali  aniqlashtirilgan; 
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini milliy ma’naviy meros vositasida rivojlantirish jarayoni modeli bolalar o‘rtasida kommunikativ interaksiyani ta’limiy kvestlar kombinatsiyasi orqali ijodiy jarayonda differensial darajada bosqichma-bosqich stimullashtirish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy faoliyatda foydalanishga yo‘naltirilgan “Event” texnologiyasi nutqning fonologik tizimini shakllantirishga va  so‘z boyligini izchil kengaytirishga qaratilgan “Jumboqli ertak”, “Sirli xarita”, “Voqealar zanjiri”, “Tovushlar musobaqasi” kabi interfaol metodlarni qamrab oluvchi qisqa va uzoq muddatli turlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
milliy ma’naviy merοs vοsitasida takοmillashtirilgan “Event” texnologiyasi orqali maktabgacha katta yoshdagi bοlalar nutqining rivοjlanganlik darajasini baholash mezonlari ma’naviy-axloqiy, intellektual, nutq ravonligi, lug‘at boyligi, muloqot ko‘nikmalari kabi nutqiy rivojlanishni o‘lchash indikatorlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish texnologiyasini milliy ma’naviy meros vositasida takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ertaklar, hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar, topishmoqlar, tez aytishlar, maqollar, matallar, o‘yinlar, qo‘shiqlar vositasida nutqni samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlar, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqiy imkoniyatlarini kengaytirishning pedagogik-psixologik jihatlari o‘rganilgan, tarbiyalanuvchilar nutqining faollik darajasi va xotira imkoniyatlari aniqlangan va “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining zamonaviy metodik ta’minotini takomillashtirish” amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 1-maydagi 03-03/1-418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha ta’lim jarayoni mazmunini boyitish asosida bolalarda nutqni rivojlantirish imkoniyatlari (oddiylik, badiiylik, ravonlik, tushunarlilik, faollik darajalari) hamda milliy dunyoqarash, tasavvurni kengaytirish kabi imkoniyatlari aniqlangan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini milliy ma’naviy meros vositasida rivojlantirish jarayoni modeli bolalar o‘rtasida kommunikativ interaksiyani ta’limiy kvestlar kombinatsiyasi orqali ijodiy jarayonda differensial darajada bosqichma-bosqich stimullashtirishga oid tavsiyalar “Milliy ma’naviy meros vositasida bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va metodikasi” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilganva  amaliyotiga tadbiq etilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 1-maydagi 03-03/1-418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy, kommunikativ, monologik va diologik nutqni va og‘zaki muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilar uchun  bolalarni nutqini har tomonlama rivojlantirishda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar haqida ma’lumotlar keltirilganligi, ularni qo‘llanilishidagi imkoniyatlari aniqlangan. Bundan tashqari, milliy ma’naviy meros namunalarining tarbiyalanuvchilarda nutqiy imkoniyatlarni kengaytirishdagi ahamiyati belgilangan;  
tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy faoliyatda foydalanishga yo‘naltirilgan “Event” texnologiyasi nutqning fonologik tizimini shakllantirishga va  so‘z boyligini izchil kengaytirishga qaratilgan “Jumboqli ertak”, “Sirli xarita”, “Voqealar zanjiri”, “Tovushlar musobaqasi” kabi interfaol metodlarni qamrab oluvchi qisqa va uzoq muddatli turlarini integratsiyalashga oid ma’lumotlar “Maqollar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 1-maydagi 03-03/1-418-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun ta’limiy faoliyat jarayonilarida ma’naviy-axloqiy, nutqiy va  intellektual rivojlantirish jarayoni samaradorligi oshgan;
milliy ma’naviy merοs vοsitasida takοmillashtirilgan “Event” texnologiyasi orqali maktabgacha katta yoshdagi bοlalar nutqining rivοjlanganlik darajasini baholash mezonlari ma’naviy-axloqiy, intellektual, nutq ravonligi, lug‘at boyligi, muloqot ko‘nikmalari kabi nutqiy rivojlanishni o‘lchash indikatorlariga oid g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 4-dekabrdagi 3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonida individuallashtirilgan va integrativ ta’limni qo‘llash orqali maktabgacha katta yoshdagi bolalarda – “men” konsepsiyasi hamda nutq ko‘nikmalarini shakllantirish asosida adabiy nutqni tarkib topganligini baholash mezon ko‘rsatkichlari va darajalari (yuqori,  o‘rta, past) aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish