Karimova Zilola Mahmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Piroliz jarayoni ikkilamchi xomashyosi asosida ion almashinish smolalari olish texnologiyasi va qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2776.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonkul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Muzaffar Abdugapparovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ikkilamchi mahsuloti hisoblangan “tar-mahsulot” tarkibidagi antratsen gomologlari asosida kuchsiz kislotali kationit sintez qilish, texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorodlar pirolizi ikkilamchi mahsuloti hisoblangan tar-mahsulot tarkibidan antrasen gomologlarini ajratib olish va qayta kristallash orqali tozalash usuli ishlab chiqilgan;
uglevodorodlarni pirolizlab olingan antrasen gomologlarini oksidlash orqali antrasen karbon kislotalar sintezi ilmiy jihatdan asoslangan, jarayonga oksidlovchilar tabiati ta’siri aniqlangan;
antrasen gomologlarini HNO3 va H2SO4 ishtirokida oksidlab antrasen karbon kislotalarni olish jarayoni mexanizmi tavsiya etilgan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
antrasen karbon kislotalarni formaldegid bilan polikondensasiya reaksiyasi natijasida chiziqli va fazoviy tuzulishli polimetilenantrasen karbon kislota sintez qilingan va jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
tar-mahsulot tarkibidagi antrasen gomologlarini oksidlash orqali sintez qilingan chiziqli tuzulishli polimetilenantrasenkarbon kislotani sanoat oqava suvlari namunalarini metall kationlaridan tozalash usuli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustyurt gaz kimyo majmuasi ikkilamchi mahsuloti hisoblangan tar-mahsulot tarkibidan ko‘p yadroli arenlarni ajratib olish va ular asosida kuchsiz kislotali kationit sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tar-maxsulot tarkibidan ajratib olingan antrasen gomologlari asosida fazoviy tuzulishga ega polimetilenantrasen karbon kislota olish usuli “Uz-Kor Gaz Chemical” MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan (“Uz-Kor Gaz Chemical” MChJ QKning 2024 yil 12 sentyabrdagi 01-5/12-357-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyo asosida import o‘rnini bosuvchi kationit olish imkonini bergan;
sintez qilingan polimetilenantrasen karbon kislota sanoat oqava suvlarini tozalashda kationit sifatida ”Uz-Kor Gaz Chemical” MChJda qo‘llanilgan (“Uz-Kor Gaz Chemical” MChJ Qkning 2024 yil 12 sentyabrdagi 01-5/12-357-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada foydalaniladigan texnik suvning pH ko‘satkichini 9.2 dan 7.5 gacha, umumiy qattiqligini 9.3 dan 0,27 mg-ekv/l gacha, Ca+2 ionlari miqdorini 5.0 dan 0,27 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan.