Nurova Zarnigor Xikmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kardioembolik insul`tning erta nevrologik asoratlarini tashxislash va davolashni optimallashtirish» 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib.2264.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kardioembolik insul`tning erta davrida nevrologik asoratlar rivojlanishi, kechishi, tashxislashdagi farqli jihatlarni o‘rganish va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kardioembolik insul`tning yuqori xavf omili bo‘lgan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi rivojlanishida yosh va jinsga bog‘liq xususiyatlari asosida erkaklarda nisbatan erta yoshda kuzatilishi va ayollarda kasallikning og‘ir kechishi xamda bemordagi komorbid xolatlar (arterial gipertenziya, qandli diabet, semizlik) etiologik ahamiyatli ekanligi asoslangan;
ishemik insul`tning bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan kechishida o‘rta miya arteriyasi ko‘proq shikastlanishi kuzatilgani asosida kardioembolik insul`t rivojlanishida braxiotsefal arteriyalardagi stenoz, yurak ritmi o‘zgarishi xamda ishemiya o‘chog‘i orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
kardioembolik insul`tda kognitiv o‘zgarishlarning yurak ritmi buzilishi klinik shakli bilan bog‘liqligi aniqlanib, bo‘lmachalar fibrillyasiyasining doimiy turida yaqqol kognitiv disfunksiya namoyon bo‘lishi isbotlangan;
bo‘lmachalar fibrillyasiyasi fonida kardioembolik insul`tni keltirib chiqaruvchi xavf omillarni inobatga olgan holda, peroral antikoagulyant terapiyani qo‘llash va nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 6-sentyabrdagi №04/7552-sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: kardioembolik insul`tning yuqori xavf omili bo‘lgan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi rivojlanishida yosh va jinsga bog‘liq xususiyatlari asosida erkaklarda nisbatan erta yoshda kuzatilishi va ayollarda kasallikning og‘ir kechishi xamda bemordagi komorbid xolatlar (arterial gipertenziya, qandli diabet, semizlik) etiologik ahamiyatli ekanligi asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2024 yil 9 sentyabrdagi 90-sonli, Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi 1650-2-42-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: kardioembolik insul`tni keltirib chiqaruvchi yetakchi omil bo‘lmachalar fibrillyasiyasi xisoblanadi, bemordagi komrbid xolatlar (arterial gipertenziya, qandli diabet, semizlik)ni erta aniqlab bartaraf etish natijasida kasallikning og‘ir kechishini va undan kelib chiqadigan nevrologik asoratlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi aniqlangan bemorlarda komrbid xolatlar (arterial gipertenziya, qandli diabet, semizlik) bilan birgalikda uchraganda kardioembolik insul`t rivojlanishini erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish muddati kamayishi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 354500 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kardioembolik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda komrbid xolatlar (arterial gipertenziya, qandli diabet, semizlik)ni erta aniqlash ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik:ishemik insul`tning bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan kechishida o‘rta miya arteriyasi ko‘proq shikastlanishi kuzatilgani asosida kardioembolik insul`t rivojlanishida braxiotsefal arteriyalardagi stenoz, yurak ritmi o‘zgarishi xamda ishemiya o‘chog‘i orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2024 yil 9 sentyabrdagi 90-sonli, Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi 1650-2-42-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda kardioembolik insul`t bilan kasallangan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida erta nevrologik asoratlar orasida korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. Ushbu korrelyasion bog‘liqlikni o‘rganish insul`tning erta davrida bemorda yuzaga keluvchi- insul`tning qaytalanishi, kognitiv buzilishlar, ishemik insul`tning gemorragik transformatsiyasi ehtimolini aniqlashning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida nevrologik asoratlarni erta tashxislash, nogironlik va o‘lim rivojlanishining oldini olish choralarini belgilangan hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kardioembolik insul`t bilan kasallangan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida nevrologik asoratlarni rivojlanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib olib borilgan patogenetik davo natijasida bemorlarning statsionarda bo‘lishi o‘rtacha 5 kunga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 520400 so‘m, byudjetdan tashqari 658000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: kardioembolik insul`tda kognitiv o‘zgarishlarning yurak ritmi buzilishi klinik shakli bilan bog‘liqligi aniqlanib, bo‘lmachalar fibrillyasiyasining doimiy turida yaqqol kognitiv disfunksiya namoyon bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2024 yil 9 sentyabrdagi 90-sonli, Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi 1650-2-42-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda kardioembolik insul`t bilan kasallangan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida bo‘lmachalar fibrillyasiyasi hamda kognitiv buzilishlar namoyon bo‘lishi orasida korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. Ushbu korrelyasion bog‘liqlikni o‘rganish insul`tning erta davrida bemorda yuzaga keluvchi- xotira va diqqat pasayishi ehtimolini aniqlashning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida nevrologik asoratlarni erta tashxislash, nogironlik va o‘lim rivojlanishining oldini olish choralarini belgilagan hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kardioembolik insul`t bilan kasallangan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida bo‘lmachalar fibrillyasiyasi hamda nevrologik asoratlarni rivojlanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib olib borilgan patogenetik davo natijasida bemorlarning statsionarda bo‘lishi o‘rtacha 8 kunga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 960800 so‘m, byudjetdan tashqari 465000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kardioembolik insul`t bilan kasallangan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida BF hamda nevrologik asoratlarni rivojlanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosida ishlab chiqilgan tashhisot mezonlaridan foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 1425800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi fonida kardioembolik insul`tni keltirib chiqaruvchi xavf omillarni inobatga olgan holda, peroral antikoagulyant terapiyani qo‘llash va nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 2024 yil 9 sentyabrdagi 90-sonli, Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi 1650-2-42-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: kardioembolik insul`tning o‘tkir davrida nevrologik buzilishlar hamda koagulogramma ko‘rsatkichlari (MNO, AChTV, fibrinogen va D-dimer) orasida bog‘liq mavjudligi asoslangan va oldini olish tadbirlari takomilashtirishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kardioembolik insul`t o‘tqazgan bemorlarda gemostaz buzilishlarini korreksiyasi orqali nevrologik asoratlar rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1660000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kardioembolik insul`tning o‘tkir davrida gemostaz ko‘rsatkichlari korreksiyasi orqali nevrologik asoratlar rivojlanishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Nurova Zarnigor Xikmatovnaning «Kardiembolik insul`tning erta nevrologik asoratlarini tashxislash va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 6-sentyabrdagi №04/7552-sonli xati yuborilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26-noyabrdagi 9-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha xulosa olingan.