Jo‘raev Ibroxim Boxodir o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv-mashq bosqichida tog‘ chang‘ichilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8875.
Ilmiy rahbar: Davletmuratov Sultanbek Ruzimovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Akramov Jasur Anvarovich pedagogika pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashq bosqichidagi tog‘ chang‘ichilarini maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv-mashq bosqichidagi tog‘ chang‘ichilarining kalendar reja asosida o‘tkaziladigan musobaqalarga tayyorlash uchun na’munaviy yillik rejani takomillashtirish bilan texnik-taktik harakatlarni rivojlantiruvchi uskunani turli tayyorgarlik bosqichlarida qo‘llash hisobiga mashg‘ulot yuklamalari optimallashtirilgan;
tog‘ chang‘ichilarni qishki mavsumga tayyorlash maqsadida hafta kunlarida tabiiy sharoit va uskunalardan foydalanib oyoq mushaklar uchun burilish, darvozadan o‘tish harakatlarini turli darajadagi tezlik, burilishlarga moslashtirib qisqa vaqtda masofani o‘zgartirib bosib o‘tish hisobiga tezkor burilish texnik harakatini xatolarsiz bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quv-mashq bosqichidagi tog‘ chang‘ichilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun mavsumdan tashqari davrda ishlab chiqilgan “Sky-tech” uskunasi yordamida turli yo‘nalishdagi darvozalardan o‘tish ko‘rinishida chap va o‘nga egilib bajariladigan harakatlarning eng yuqori qarshilikda tezlikni oshirib bajarish hisobiga burilishlardagi immitatsion harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
tog‘ chang‘ichilarining maxsus jismoniy sifatlarni oshirish uchun ishlab chiqilgan murakkab-koordinatsion harakatlarni musobaqaning turli bosqichlarida bajarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar metodikasi yordamida oraliq masofani o‘zgartirish bilan uchish tezligini vaqtida boshqarib harakatlanish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘quv-mashq bosqichidagi tog‘ chang‘ichilarini maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqot natijalar asosida:
o‘quv-mashq bosqichidagi tog‘ chang‘ichilarining na’munaviy yillik rejasini takomillashtirish maqsadida davrda texnik-taktik harakatlarni rivojlantiruvchi uskunani turli tayyorgarlik bosqichlarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Zimnie vidi sporta” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 6-oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q-522-124 raqamli guvohnomasi) Natijada, o‘quv-mashq guruhidagi tog‘ chang‘ichilarning funksional tayyorgarligi 15,2 % ga yaxshilanishga erishilgan;
tog‘ chang‘ichilarni qishki mavsumga tayyorlash maqsadida hafta kunlarida tabiiy sharoit va uskunalardan foydalanib oyoq mushaklar uchun burilish, darvozadan o‘tish harakatlarini turli darajadagi tezlik, burilishlarga moslashtirib qisqa vaqtda masofani o‘zgartirib bosib o‘tish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha takliflar Respublika Oliy sport mahorati maktabi tog‘ chang‘ichilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 22-fevraldagi 02-16/1837-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ chang‘ichilarni texnik tayyorgarligi 13,8%ga yaxshilangan;
o‘quv-mashq bosqichidagi tog‘ chang‘ichilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun mavsumdan tashqari davrda ishlab chiqilgan “Sky-tech” uskunasi yordamida turli yo‘nalishdagi darvozalardan o‘tish ko‘rinishida chap va o‘nga egilib bajariladigan harakatlarning eng yuqori qarshilikda tezlikni oshirib bajarish bo‘yicha takliflar Respublika Oliy sport mahorati maktabi tog‘ chang‘ichilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 22-fevraldagi 02-16/1837-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ chang‘ichilarni maxsus jismoniy tayyorgarligi umumiy hisobda 16,7 % ga oshgan;
tog‘ chang‘ichilarining maxsus jismoniy sifatlarni oshirish uchun ishlab chiqilgan murakkab-koordinatsion harakatlarni musobaqaning turli bosqichlarida bajarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar metodikasi bo‘yicha takliflar Respublika Oliy sport mahorati maktabi tog‘ chang‘ichilari mashg‘uloti va musobaqa jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 22-fevraldagi 02-16/1837-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ chang‘ichilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy hisobda o‘rtacha 14,3 % ga yaxshilanishga erishilgan.