Karimov Doniyor Komilovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Velosiped haydash orqali o‘rta yoshdagi aholi bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining mashq yuklamalarini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped2024.
Ilmiy rahbar: Chernikova Elena Nikolaevna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Niyazova Regina Rustamovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi velosiped haydash orqali o‘rta yoshdagi aholi bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining, mashq yuklamalarini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shosse yo‘nalishidagi havaskor velosipedchilarning funksional holatini yaxshilashga qaratilgan, yuqori intensivlik, turli tezlikda harakatlanish vaqtidagi sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarning pedallarni aylantirish model komponentlarini ishlab chiqish hisobiga organizmning respirator tizimini yaxshilashga erishilgan;
velosiped sporti bilan shug‘ullanuvchi 40-49 yoshli erkaklarning umumiy jismoniy tayyorgarlik holatini oshirishga yo‘naltirilgan, mashg‘ulot vosita va usullaridan foydalangan holda ilmiy-metodik yondashuv asosida bosqichma-bosqich yuklamalarning yillik hajmini ratsion taqsimlash hisobiga salomatlik darajasi yaxshilash imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘rta yoshli velosportchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga mos ravishda turli fasllar ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda metabolizmni faollashtirishga yo‘naltirilgan sog‘lomlashtiruvchi yillik mashg‘ulot dasturi hisobiga organizmning jismoniy ish qobiliyati yaxshilangan;
o‘rta yoshli aholini ishchanlik qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan organizmning muayyan vaqt oralig‘ida tashqi va ichki ta’sirlarga javoban moslashish darajasini aniqlash uchun turli testlardan foydalangan holda, jismoniy mashqlarning ta’sirini baholash hisobiga sog‘lomlashtiruvchi faoliyatning fiziologik imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. velosiped haydash orqali o‘rta yoshdagi aholi bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining mashq yuklamalarini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
shosse yo‘nalishidagi havaskor velosipedchilarning funksional holatini yaxshilashga qaratilgan, yuqori intensivlik, turli tezlikda harakatlanish vaqtidagi sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarning pedallarni aylantirish model komponentlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar o‘rta yoshli velosportchilar bilan olib boriladigan Xorazm viloyati bo‘limiga qarashli sog‘lomlashtiruvchi o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-yanvardagi 06-01/06/13/233-son ma’lumotnoma). Natijada, o’rta yoshli velosipedchilar funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 16,3-19,2 % ga oshgan;
velosiped sporti bilan shug‘ullanuvchi 40-49 yoshdagi erkaklarning umumiy jismoniy tayyorgarlik holatini oshirishga yo‘naltirilgan, mashg‘ulot vosita va usullaridan foydalangan holda ilmiy-metodik yondashuv asosida bosqichma-bosqich yuklamalarning yillik hajmini ratsion taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Velosport nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166 –sonli buyrug‘iga asosan 166-040 raqamli guvohnoma). Natijada, o’rta yoshli velosipedchilar maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 2,4-5,07 % ga yaxshilashga erishilgan;
o‘rta yoshli velosportchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga mos ravishda turli fasllar ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda metabolizmni faollashtirishga yo‘naltirilgan sog‘lomlashtiruvchi yillik mashg‘ulot dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati bo‘limiga qarashli mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-yanvardagi
06-01/06/13/233-son ma’lumotnoma). Natijada, o’rta yoshli velosipedchilar tezkorlik sifati ko‘rsatkichlari 9,41 % ga o‘sgan;
o‘rta yoshli aholini ishchanlik qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan organizmning muayyan vaqt oralig‘ida tashqi va ichki ta’sirlarga javoban moslashish darajasini aniqlash uchun turli testlardan foydalangan holda jismoniy mashqlarning ta’sirini baholash O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasiga qarashli sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulot dasturiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-yanvardagi
06-01/06/13/233-son ma’lumotnoma). Natijada, o’rta yoshli velosipedchilar shatunning uchta aylanish vaqti 6,25 % ga yaxshilangan.