Axmedov Akbar Qilichbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasining Lagochilus Bunge (Lamiaceae Lindl.) turkumi kamyob va endemik turlarining ontogenetik strukturasi va senopopulyasiyalari holati», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V133.

Ilmiy rahbar: Shomurodov Xabibullo Fayzulloevich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furkat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Azimov Ibraxim Toshpulatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tarqalgan Lagochilus Bunge turkumi kamyob va endem turlari senopopulyasiyalarining hozirgi holatini baholash hamda muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston sharoitida Lagochilus turkumi turlari 26 ta senopopulyasiyalarining ekologik-fitotsenotik tarqalishi aniqlangan;

ilk bor Lagochilus turkumi turlarining ontogenezi bosqichlari va tiplari ochib berilgan va senopopulyasiyalarining xarakterli spektrlari aniqlangan;

turkum turlari senopopulyasiyalarining ontogenetik strukturasi va yoshga ko‘ra tiplari aniqlangan hamda ular holatiga ta’sir etuvchi omillar asoslangan;

organizm va populyasion belgilar tahlili asosida senopopulyasiyalarning zamonaviy holati baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston florasining Lagochilus Bunge (Lamiaceae Lindl.) turkumi kamyob va endem turlarining ontogenetik strukturasi va senopopulyasiyalari holati bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Lagochilus turkumi 6 ta kamyob va endem turlarining yangi o‘sish joylari va senopopulyasiyalarining tarqalish hamda vitalitet holati aks ettirilgan GAT xaritalari Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Bioxilma-xillikni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2018 yil 23 iyuldagi 01-01/12-02-11-1122-son ma’lumotnomasi). Natijada turlar senopopulyasiyalarining hozirgi holatini baholash va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

Lagochilus turkumi turlari urug‘lari unuvchanligini oshirish, ko‘chat tayyorlash va ko‘paytirish usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Bioxilma-xillikni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2018 yil 23 iyuldagi 01-01/12-02-11-1122-son ma’lumotnomasi). Natijada Lagochilus turkumi turlari tabiiy populyasiyalarini qayta tiklash va saqlab qolish hamda tirik kolleksiyalarini yaratish imkonini bergan;

Lagochilus turkumi turlaridan urug‘lik-onalik pitomniklarini tashkil etish yo‘llari bo‘yicha amaliy tavsiyalar Samarqand viloyati Payariq tumani «Otash dalasi» fermer xo‘jaligi erlariga hamda Jizzax viloyati O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Nurota o‘rmon xo‘jaligi hududiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 16 avgustdagi 05/05-3177-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy va xorijiy farmatsevtika bozorida xom ashyosiga talab yuqori bo‘lgan L.inebrians ning urug‘lik-onalik pitomnigini tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish