Qudratov Xikmatulla Norboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qo‘shimcha Ca kirishmasi kiritilgan va radiatsiya bilan hosil qilinlgan ranglanish markazilari bo‘lgan lyutesiy ortasilikati sintillyatoridagi seriyning rekombinatsiyaviy lyuminessensiyasi”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/FM1110
Ilmiy rahbar: Islamov Axatkul Xayitovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Malika Anvarovna, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Atabaev Baxtiyor Gafurovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi lyutesiy oksiortosilikati sintillyator monokristallarida yutilgan energiyani seriy aktivator ionlariga o‘tkazishda kalsiy ishtirok etadigan va ishtirok etmaydigan radiatsiya bilan generatsiya qilingan ranglanish markazlarining ta’siri mexanizmini yoritishdan iborat:
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5·104 Gr dozalargacha gamma-nurlantirishdan so‘ng kristallni o‘stirishda vujudga kelgan nuqsonlari bo‘lgan va elektron tutqichlar vazifasini bajaruvchi neytral Lu1−VO5- markazlarining konsentratsiyasi elektronlarni qamrab olish tufayli kamayishi, hosil bo‘lgan zaryadlangan markazlar 300 K haroratda noturg‘un ekanligi aniqlangan;
LSO:Ce sintillyatorida xona harratida vujudga keladigan qoldiq lyuminessensiya mexanizmi zaryadlangan Lu1−VO5- markazlardan elektrjnlarning ketishi va ularning Se4+ kavak markazlarida rekombinatsiyasi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
5·104 Gr dan yuqori dozalar bilan nurlantirilganda LSO:Ce kristalli strukturasida Si−VO4 (213 nm), Lu1−F−Si (238 nm), Ce3+/F+(295 nm) xususiy nuqsonlar va Ce3+/Ce4+(263 nm) kirishma nuqsonlari generatsiyasidan tashqari, kristall uchun xos bo‘lgan sariq rangni keltirib chiqaruvchi yangi Ce4++VO (422 nm) nuqson markazlari hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan;
LSO:Ce sintillyatorini 5·104 Gr dan yuqori dozalarda gamma-nurlanishi va tez neytronlarning 1015 cm-2 dan yuqori flyuenslari bilan nurlantirilganda hosil bo‘ladigan xususiy va kirishma nuqsonlar rekombinatsion jarayonlarda Ce4+ lyuminessensiya markazlari bilan electron qamrash jarayonida raqobatlashishi va Se3+ aktivator lyuminessensiyasini qisman qayta yutishi (rebsorbsiya) aniqlangan;
0.1 at. % Ce va 0.1 at.% Ca konsentratsiyali LSO:Ce, Ca kristallarini o‘stirishda kompleks cho‘zinchoq {CaLu+VO +∙−−∙Ce4+Lu} nuqsonlar hosil bo‘lishi aniqlangan, ular 310 K haroratda 107Gr gacha bo‘lgan gamma-nurlanish ta’sirida kristallarning binafsha rangini keltirib chiqaradi va Ce4+ aktivator lyuminessensiyaning rekombinatsiya jarayonlarini barqarorlashtiradi, qayta yutilishni bartaraf etadi va sintillyasiya sohasida optikaviy shaffoflikni ta’minlaydi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qo‘shimcha Ca kirishmasi kiritilgan va radiatsiya bilan hosil qilingan ranglanish markazlari bo‘lgan lyutisiy ortasilikati sintillyatoridagi seriyning rekombinatsiyaviy lyuminessensiyasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
5‧104 Gr dan yuqori gamma-nurlanish dozalarida kristallarning xarakterli sariq rangi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi yangi Ce4++VO nuqson markazlarini generatsiyalash; gamma-nurlanish ta’sirida kristallarning binafsha rangini keltirib chiqaruvchi va Ce4+ aktivator nurlanishining rekombinatsion jarayonlarini barqarorlashtiruvchi, sintillyasiya sohasida optik shaffoflikni ta’minlovchi murakkab cho‘zilgan nuqsonlarni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: LSO:Ce sintillyatorida nurlanishdan keyingi nurlanishning paydo bo‘lish mexanizmi “Biotibbiyot muhandisligi” va “Tibbiy biologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari doirasida o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (“Tibbiy elektronika” darsligi, S.X. Umarov, Buxoro: Durdona, 2024.), (Buxoro davlat tibbiyot institutining 21.02.2025-yildagi 230-son xati). Olingan natijalardan foydalanish talabalarning optik kristallarning xususiyatlarini hisobga olgan holda gamma-kvantlar ta’sirida ishlaydigan pozitron emission tomografiya va yagona fotonli emission kompyuter tomografiyasi tizimlari uchun sintillyasion detektorlarni tanlash motivatsiyasi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga yordam bergan.