Mirraximov Jamshid Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kamqonlik kasalligi profilaktikasi va uni xalq tabobati usullari bilan davolash”, 14.00.41 – Xalq tabobati, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1277.
Ilmiy maslahatchilar: Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.11.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Fattaxov Nusratulla Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mo‘minova Guyoxon Alidjonovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anemiya kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan, tarkibida biologik faol makro- va mikroelementlar, antibiotiklar saqlagan, tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibini asoslash, hamda mazkur kasalliklar profilaktikasining xalq tabobati bilan uyg‘unlashgan usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anemiyaga qarshi kurashuvchi komponentlar saqlagan mahalliy dorivor o‘simliklar asosida “Shifo” nomli yangi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasining optimal tarkibi asoslangan, hamda uning eritrotsitlarni hosil qilish orqali gemoglabin miqdorini ko‘paytirish xususiyati xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirgan holda isbotlangan;
“Shifo” yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi avenatsin, kversetin, amentoflavon tabiiy dorivor flavonoidlari qondagi eritrotsitlarni parchalovchi zararli moddalarni parchalash hamda organizm immunitetini oshirish orqali gemoglabin miqdorini ko‘paytirishi va yangi qon to‘qimalarini hosil qilishi aniqlangan;
kamqonlik, yurak ishemik va gipertoniya kasalliklari profilaktikasida “Shifo” yangi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant, antiradikal komponentlari, bemor qoni tarkibidagi eritrotsitlar parchalanishidan hosil bo‘luvchi toksik bilirubinlarni parchalab, zararsizlantirishi isbotlangan;
tabiiy antibiotiklar saqlagan dorivor o‘simliklardan iborat yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi eritrotsit hujayralarini hosil qilish orqali gemoglabin miqdorini oshirishga yordam beruvchi tabiiy makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan olazmali optik emission spektrofotometr yordamida aniqlangan;
kamqonlik, yurak ishemik va gipertoniya kasalliklarini fitoterapiya va an’anaviy tibbiyot usullarini uyg‘unlashgan holda davolash, an’anviy va xalq tabobati usullarini alohida qo‘llagan holda davolashga nisbatan 2-3 barobar yuqoriroq tibbiy samara berishi klinik tadqiqotlar natijasida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Anemiya va yurak qon-tomir kasalliklarini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, hamda mazkur kasalliklar profilaktikasi usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: anemiya, yurak ishemiyasi va gipertoniya kasalliklarini davolash va oldini olish xususiyatiga ega komponentlar saqlagan mahalliy dorivor giyohlar asosida “Shifo” nomli yangi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasining asoslangan optimal tarkibi, texnologik yo‘riqnoma va texnik shart O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib (TI23424257-01:2020; TU23424257-01:2020), viloyatlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244 son ma’lumotnomasi, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/20 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kamqonlik, ishemiya va gipertoniya kasalliklarini tarqalishini oldini olishni xalq tabobati bilan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish hamda kasallikka chalingan bemorlar qonidagi bilirubin miqdori sintetik vositalarga nisbatan 4-5 barobarga kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “Shifo” nomli yangi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasi yordamida xalq tabobati usullari bilan uyg‘unlashgan holda anemiya, yurak ishemiyasi va gipertoniya kasalliklariga chalingan bemorlarni bir oy davomida davolashda amalda qo‘llanilayotgan sintetik dori vositalariga nisbatan bir nafar bemor uchun 623110 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: “Shifo” yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi avenatsin, kversetin, amentoflavon tabiiy dorivor flavonoidlari qondagi eritrotsitlarni parchalovchi zararli moddalarni parchalash hamda organizm immunitetini oshirish orqali gemoglabin miqdorini ko‘paytirishi va yangi qon to‘qimalarini hosil qilishi bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan resept va tashkilot standarti tasdiqlanib, viloyatlar markazlaridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 0008400-son, 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244-son, 2020 yil 2 oktyabrdagi 06-8/1447-son ma’lumotnomalari, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/20 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tarkibida kuchli tabiiy antibiotiklar saqlagan mahalliy o‘simliklar asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish asosida zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati uyg‘unligiga ko‘ra davolash samaradorligini oshirishnga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “Shifo” yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi avenatsin, kversetin, amentoflavon tabiiy dorivor flavonoidlari qondagi gemoglabin miqdorini sezilarli darajada oshirishi hisobiga bir nafar bemorni bir oy davomida davolash uchun sintetik preparatlarga nisbatan 623110 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: kamqonlik, yurak ishemik va gipertoniya kasalliklari profilaktikasida “Shifo” yangi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant, antiradikal komponentlari, bemor qoni tarkibidagi eritrotsitlar parchalanishidan hosil bo‘luvchi toksik bilirubinlarni parchalab, zararsizlantirishi bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akade-miyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib, viloyatlardagi oilaviy poliklinikalar amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244 son ma’lumotnomasi, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/20 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot uyg‘unligi asosida aholi orasida anemiya kasalligini dastlabki bosqichida oldini olish va davolash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha “Shifo” oziq-ovqat qo‘shilmasining yuqori antioksidant, antiradikal, hamda bemor qoni tarkibidagi eritrotsitlar parchalanishidan hosil bo‘luvchi toksik bilirubinlarni yo‘q qilishi hisobiga kamqonlik, yurak ishemik va gipertoniya kasalliklari profilaktikasida undan foydalanishda ayrim sintetik preparatlariga nisbatan bir nafar bemor uchun bir oy vaqt davomida 623110 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tabiiy antibiotiklar saqlagan dorivor o‘simliklardan iborat yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi eritrotsit hujayralarini hosil qilish orqali gemoglabin miqdorini oshirishga yordam beruvchi tabiiy makro- va mikroelementlar ta’siri natijasida kamqonlik va boshqa qon aylanish tizimi kasalliklarining xavf omillari va asoratlarni oldini olish bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib, viloyatlardagi oilaviy polikli-nikalar amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 000840-son xulosasi, 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244-sonma’lumotnomasi, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/20 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xalq tabobati va profilaktik tibbiyot uyg‘unligi asosida kamqonlik kasalligiga chalingan o‘rta va katta yoshli aholi orasida kuchli asoratlarni yuzaga kelishi 3-4 barobarga kamaygan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha tabiiy antibiotiklar, foydali makro- va mikroelementlar saqlagan dorivor o‘simliklardan iborat yangi “Shifo” oziq-ovqat qo‘shilmasi yordamida kamqonlik va boshqa qon aylanish tizimi kasalliklarining xavf omillari va asoratlarni oldini olishda bir nafar bemor uchun bir oy vaqt davomida amalda qo‘llanilayotgan preparatlarga nisbatan 623110 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan;
 beshinchi ilmiy yangilik: kamqonlik, yurak ishemik va gipertoniya kasalliklarini fitoterapiya va an’anaviy tibbiyot usullarini uyg‘unlashgan holda davolash, an’anviy va xalq tabobati usullarini alohida qo‘llagan holda davolashga nisbatan 2-3 barobar yuqoriroq tibbiy samara berishi bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib, viloyatlardagi oilaviy poliklinikalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tiziminig 2021 yil 24 maydagi UZ.SMT.01.378.70229385-son muvofiqlik sertifikati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244-son ma’lumotnomasi, Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/20 son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:  xalq tabobati va zamonaviy profilaktik tibbiyot uyg‘unligi asosida bemorlarning qon to‘qimalari yangilanishini 3 barobarga oshirib, asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha kamqonlik kasalligiga chalingan bemorlarni bir oy davomida fitoterapiya va an’anaviy tibbiyot usullarini uyg‘unlashtirgan holda davolash natijasida, an’anviy va xalq tabobati usullarini alohida qo‘llagan holda davolashga nisbatan bir nafar bemor uchun 623110 so‘m byudjet iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish