Mamishev Olim Erkinovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uloq-ko‘pkari bilan shug‘illanuvchi chavandozlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8880.
Ilmiy rahbar: Arzikulov Muqum Uralovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxammadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uloq-ko‘pkari bilan shug‘ullanuvchi chavandozlarning jismoniy sifatlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chavandozlarning kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha og‘irlik bilan bajariluvchi maxsus mashqlar majmuasini mikrotsikllarda foydalanish hisobiga musobaqa faoliyatida uzoq vaqt murakkab-texnik harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
turli malakali chavandozlarning tezlik va koordinatsion sifatlarini rivojlantiruvchi (bazaviy, tortuvchi, nazorat-tayyorlov, musobaqa oldi) mezotsikllarida bajariladigan vositalarni o‘zida mujassam etgan mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasini tizimli rivojlantirishga erishilgan;
malakali chavandozlarning ot ustida harakatlanishdagi maxsus chidamliligini oshirish, yillik tayyorgarlik rejasini takomillashtirish maqsadida musobaqa faoliyatini inobatga olgan holga bloklarga ratsion taqsimlangan dasturni ishlab chiqish orqali musobaqa jarayonidagi taktik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
yuqori malakali chavandozlarning musobaqa vaqtidagi raqiblar tomonidan bajariladigan turli taktik harakatlarga qarshi tezkor kombinatsion usullarni qo‘llash uchun ishlab chiqilgan maqsadli-model yordamida tayyorlanish hisobiga ot ustida muvozanatni saqlash, qisqa vaqt ichida strategik qaror qabul qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. uloq-ko‘pkari bilan shug‘ullanuvchi chavandozlarning jismoniy sifatlarini oshirishga yo‘naltirilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
chavandozlarning kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha og‘irlik bilan bajariluvchi maxsus mashqlar majmuasini mikrotsikllarda foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Chavandozlar maktabida o‘tkazilgan sport mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 25-martdagi 
02-16/2905-son ma’lumotnomasi). Natijada, egiluvchanlik bo‘yicha yakuniy ko‘rsatkichlar boshlang‘ich ko‘rsatkichlarga nisbatan 33% ga oshgan;
turli malakali chavandozlarning tezlik va koordinatsion sifatlarini rivojlantiruvchi (bazaviy, tortuvchi, nazorat-tayyorlov, musobaqa oldi) mezotsikllarida bajariladigan vositalarni o‘zida mujassam etgan mashg‘ulot dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati Chavandozlar maktabida o‘tkazilgan sport mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 25-martdagi 02-16/2905-son ma’lumotnomasi). Natijada, chavandozlarning chaqqonlik ko‘rsatkichlari 11 % ga rivojlangan;
malakali chavandozlarning ot ustida harakatlanishdagi maxsus chidamliligini oshirish, yillik tayyorgarlik rejasini takomillashtirish maqsadida musobaqa faoliyatini inobatga olgan holga bloklarga ratsion taqsimlangan dastur bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar Chavandozlar maktabiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 25-martdagi 02-16/2905-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning tezlik ko‘rsatkichlari boshlang‘ich ko‘rsatkichlarga nisbatan 18%ga oshgan;
yuqori malakali chavandozlarning musobaqa vaqtidagi raqiblar tomonidan bajariladigan turli taktik harakatlarga qarshi tezkor kombinatsion usullarni qo‘llash uchun ishlab chiqilgan maqsadli-model bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oluvchi talabalarning amaliy mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 
25-martdagi 02-16/2905-son ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqa mobaynida bajariladigan texnik-taktik harakatlar natijadorligi 28,2%ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish