Mamatalieva Navbahor Xo‘jamberdievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « O‘zbek va ingliz tillaridagi tez aytishlarning chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.DSc/Fil255.
Ilmiy maslahatchi: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori, professor, Xalilova Dilbar Jalilovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi tez aytishlarning chog‘ishtirma tadqiqi orqali ularning mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi tez aytishlarning lingvomadaniy xususiyatlari har ikkala xalq tarixi, milliy mentaliteti, moddiy hamda ma’naviy madaniyati, an’anaviy xo‘jaligi, ijtimoiy kundalik turmush tarzi, qadriyati hamda diniy e’tiqodi, maishiy hayoti va aloqalari, milliy tuyg‘ulari, urf-odatlari, mamlakatlarning geografik joylashuvi kabi omillar ta’sirida shakllanganligi dalillangan;
har ikkala tildagi tez aytishlarning jozibadorlik kasb etish, ta’sir kuchini oshirish, nutqni charxlash, tillarning badiiy imkoniyatlarini kengroq anglashda paronim, paronomaziya, antiteza, epifora, alliteratsiya, assonansiya, anafora, gradatsiya, sinonimiya, antonimiya kabi stilistik vositalarning birlamchi qiymat kasb etishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi tez aytishlarda fonetik xususiyatlari jihatidan alliteratsiya, assonansiya, konsonantizm kabi lisoniy hodisalar ustivorligi aniqlanib, ular talaffuz mahoratini oshirish, artikulyasiya organlarini rivojlantirish va nutq ravonligini yaxshilashga xizmat qilishi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda tez aytishlarning lisoniy sintaktik qolipi S+P (S – ega, P – kesim) strukturali modelda one-member sentence/bir sostav (tarkib)li, two-member sentence/ikki sostav (tarkib)li sodda, incomplete sentence/to‘liqsiz, personal sentence/shaxsli va impersonal sentence/shaxssiz, mazmun-mohiyatiga ko‘ra generalized-personal sentence/shaxsi umumlashgan shakldagi gaplar orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz tilidagi tez aytishlar orasida conjunctive sentence/ bog‘langan qo‘shma gaplar: qiyoslash, biriktiruv, ayiruv, sabab va natija mazmun-munosabatli gaplarda voqelansa, o‘zbek tilida faqat qiyoslash hamda ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap shaklida ifodalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi tez aytishlarning chog‘ishtirma tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi tez aytishlarning lingvomadaniy xususiyatlari har ikkala xalq tarixi, milliy mentaliteti, moddiy hamda ma’naviy madaniyati, an’anaviy xo‘jaligi, ijtimoiy kundalik turmush tarzi, qadriyati hamda diniy e’tiqodi, maishiy hayoti va aloqalari, milliy tuyg‘ulari, urf-odatlari, mamlakatlarning geografik joylashuvi kabi omillar ta’sirida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-yanvardagi №04/01-241-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘plangan paremiologik birliklar ingliz va o‘zbek xalqlarining til boyligini, urf-odatini, mentalitetini, qarashlarini va tarixini o‘rganishda, hamda til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
har ikkala tilda tez aytishlar jozibadorlik kasb etish, ta’sir kuchini oshirish, nutqni charxlash, tillarning badiiy imkoniyatlarini kengroq anglashda paronim, paronomaziya, antiteza, epifora, alliteratsiya, assonansiya, anafora, gradasiya, sinonimiya, antonimiya kabi stilistik vositalarning birlamchi qiymat kasb etishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2023-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-yanvardagi №04/01-348-son ma’lumotnomasi). Natijada paremiologik birliklarda sinonimiya, antonimiya, omonimiya hamda ko‘p ma’nolilik hodisalarining farqli xususiyatlarini batafsil yoritib berishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi fonetik xususiyatlari jihatidan tez aytishlarda alliteratsiya, assonansiya, konsonantizm, urg‘u va intonatsiya o‘zgarishlarning ustivorligi aniqlanib, ular talaffuz mahoratini oshirish, artikulyasiya organlarini rivojlantirish va nutq ravonligini yaxshilashga xizmat qilishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan PZ – 2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-fevraldagi №04/1-501-son ma’lumotnomasi). Natijada til va adabiyotga oid materiallar mazmunan boyitilgan hamda ilmiylik darajasi oshirilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda tez aytishlar S+P (S – ega, P – kesim) strukturali modelda one-member sentence/bir sostav (tarkib)li, two-member sentence/ikki sostav (tarkib)li sodda, incomplete sentence/to‘liqsiz, personal sentence/shaxsli va impersonal sentence/shaxssiz, mazmun-mohiyatiga ko‘ra generalized-personal sentence/shaxsi umumlashgan shakldagi gaplar orqali namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Termiz davlat universitetida 2021-2024 yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 4-yanvardagi 06/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada paremiologik birliklar transformatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan fanlar o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotlar yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan;
ingliz tilidagi tez aytishlar orasida conjunctive sentence/ bog‘langan qo‘shma gaplar: qiyoslash, biriktiruv, ayiruv, sabab va natija mazmun munosabatli gaplarda voqelansa, o‘zbek tilida faqat qiyoslash hamda ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap shaklida ifodalanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasining 2025-yil 13-fevraldagi 05-09-179-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy izlanuvchilarga, talabalarga o‘zbek va ingliz xalqlarining an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini qiyoslash imkoni paydo bo‘lgan, ma’naviy qadriyatlar tizimida alohida o‘rin egallagan marosimlar, xalq og‘zaki ijodi haqidagi matnlar bo‘yicha lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hajmi ko‘paygani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan.